Iqtisod

Xitoy Oʻzbekistonda 1000 kishi ishlaydigan toʻqimachilik korxonalari quradi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishTekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryo va Toshkentda 1000 kishi ishlaydigan korxonalar qurishga tayyor.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Xitoyning yirik xalqaro korporatsiyasi Qarshqadaryo va Toshkent viloyatlarida toʻqimachilik korxonalari qurmoqda, deb xabar qildi OʻzA.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi toʻqimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

2017 – 2017 yillarda “Jinsheng Group” Qashqadaryo viloyatida umumiy qiymati 109 million dollar boʻlgan yuqori texnologiyali toʻqmachilik majmuasi qurib bitkazdi. Korxonada 700 kishi ishlaydi.

Ayni damda ushbu loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlari amalga oshirilmoqda. Unda 100 million dollar evaziga Qashqadaryo viloyatida zamonaviy toʻqimachilik majmuasi quriladi.

Korxona 2020 yilning birinchi soragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Uning umumiy quvvati 15 000 tonna aralash ip va 10 million metr kvadrat matolar.

Tekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari eksport hajmini 7 mlrd. dollarga yetkazmoqchi

Jinsheng Group delegatsiyasining Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi davomida “Oʻztoʻqimasanoat” va Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari hokimiyatlarida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Xitoy kompaniyasi 2019 – 2022 yillar davomida Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hududida paxta-toʻqimachilik klasterini ishga tushirishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

“Jinsheng Group” – bu toʻqimachilik sohasiga ixtisoslashgan, bir necha korxonadan iborat ishlab chiqarish guruhidir. Uning tarkibiga 77ta kompaniya kiradi. Kompaniyalar Germaniya, Shveytsariya, XXR va boshqa davlatlar hududlarida joylashgan. Ularning yilik umumiy oboroti 3 milliard dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala