Analitika

MDH oʻz shengeni. Rossiya chegaralarida nima oʻzgarishi mumkin?

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVvedeniye bezvizovogo rejima Ukrainы s YES
Vvedeniye bezvizovogo rejima Ukrainы s YES - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev MDH uchun Shengenga oʻxshash yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Qardosh respublikalarning "Hamdoʻstlik vizasi"ga qanchalik ehtiyoji bor RIA Novosti materialida oʻqing.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik, Anton Lisitsыn. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev MDH uchun Shengenga oʻxshash yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Agar bu gʻoya amalga oshsa, Rossiya Hamdoʻstlikning ayrim davlatlari bilan umumiy chegaralarga ega boʻladi. Hozircha hatto Ittifoq davlatlari doirasida bu amalga oshirilgani yoʻq. Minsk 2017-yilda 80ta davlat fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etgan boʻlib, bu oʻzaro norozilikka olib kelgan edi. Qardosh respublikalarning "Hamdoʻstlik vizasi"ga qanchalik ehtiyoji bor RIA Novosti materialida oʻqing.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Dariga Nazarbayeva Oʻzbekiston bilan "shengen" viza tartibini oʻrnatishni taklif qildi

Yaqin va turfa qoʻshnilar

Tokayev "MDH vizasi"ni taklif etar ekan, bunga sabab qilib turizmni rivojlantirish zaruriyatini koʻrsatgan edi. "Hamdoʻstlikning har bir davlati oʻz noyob dam olish zonasi, tabiiy-landshafti va tarixiy obʼyektlariga ega", - degandi u.

Tokayevdan oldingi prezident Nursulton Nazarboyev sobiq SSSR sarhadlaridagi integrallashuvning gʻoyaviy ilhomchisi boʻlgan. Ammo gap bu yerda faqatgina anʼanani davom ettirishdamas: Qozogʻistonning ikkinchi prezidenti — kadrovik diplomat va u faqatgina davomli narsalar haqida gapiradi. Aslida, respublika rahbari, bu singari loyihaning amalga oshishiga halal berayotgan toʻsiqlarga ham ishora qildi. "Taassufki, MDH davlatlari milliy viza va migratsiya qonunchiligida sezilarli farqlar saqlanib qolmoqda", - dedi Tokayev.

Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yoʻli vizasi" joriy etilishini qoʻllab-quvvatladi

Aslida yoʻq chegara

Haqiqatda masalan, Qozogʻiston, bir necha oʻnlab mamlakatlarga - Avstriya va Avstraliyadan tortib AQSH va Filippinga qadar - oʻz hududiga vizasiz kirish imkonini taqdim etdi. Lekin hammasi javobsiz — "dunyo hamjamiyati" va "rivojlangan davlatlar" Nur-Sultonga bu tashabbusga yarasha javob qaytarmadilar. Qozogʻiston fuqarolari standart taomillardan oʻta turib, viza olishlari shart. Sobiq SSSR respublikasi shunchaki potentsial investorlar hayotini yengillashtirib, kirish turizmini qoʻllab-quvvatlamoqda. Uning boshqa davlatlar bilan yagona migratsiya maydoni yoʻqligi tufayli, muammolar paydo boʻlishi mumkin emas. Lekin agar mamlakatlar oʻrtasida chegara nazorati yoʻq ekan, ularning chegaralari umumiyga aylanadi.

Rossiya va Belarus shunday muammoga duch kelishgan edi. 2017-yil fevral oyida Minsk 80ta davlat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi. Bir tarafdan bu respublikaning suveren huquqi edi. Boshqa tomondan — 1997-yildan Rossiya va Belarusni Ittifoqdosh davlatlar toʻgʻrisidagi kelishuv birlashtirib turadi. 2017-yilga qadar chegarani kesib oʻtish ikki davlat oʻrtasida shunchaki rasmiyatchilik edi xolos, ikkala qoʻshni ham umumiy chegaraga ega ekanliklarini ommaga eʼlon qilgandilar.

Vizы, priglasheniya, propiska: novoye polojeniye ot Pravitelstva Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Qozogʻiston prezidenti MDH uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

Shu bois, Moskva Belarus qaroriga munosabat bildirmasligi mumkin emasdi — Kreml vizasiz tartib faqatgina Belarusning oʻziga tegishli ekanini qayd etdi. Shu bilan Rossiya oldindan ittifoqdoshi bilan butun chegara boʻylab chegara oldi zonasi tartibini kiritdi. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) fuqarolar va transport vositalarini nazorat qilish postlarini oʻrnatdi. Belarusdan keladigan aviareyslar aeroportlarning xalqaro terminallariga koʻchirildi, yoʻlovchilarning hujjatlari tekshirila boshlandi.

Belarus hukumatiga bu yoqmadi. Respublika TIV matbuot-kotibi Dmitriy Mironchik Rossiya chegara oldi zonalarini tashkil etib, Belarus fuqarolarini chet elliklarga tenglashtirdi, deya bayonot qildi. Aleksandr Lukashenko ittifoqdosh harakatlarida ittifoqlik shartnomasi buzilganini ilgʻadi.

"Davlatlararo kelishuvlar, bitimlar mavjud. Vazirlardan biri esa, u kuchli "efesbeshnik"lardan va hokazo, (Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov. — tahr.) bir qalam tortib, oʻz buyrugʻi bilan barcha kelishuvlarga nuqta qoʻydi. Bu nima, normal holatmi?" — deya eʼtiroz bildirardi Belarus prezidenti. Minsk Moskva harakatlari asosli ekanligini tushunishdan voz kechgan boʻlsa-da, ish achchiq eʼtirozlardan nariga oʻtmadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududida pasportdagi ruxsatnoma faqat Turkmanistonga borilganda kerak boʻladi. MDHning boshqa aʼzolari bunday choralarni Ashxobodga nisbatan ham qoʻllashgan.

2008-yilgi mojarodan keyin Rossiya va Gruziya oʻzaro viza tartibini oʻrnatdilar, soʻngra 2012-yilda, Tbilisi rossiyalik turistlar oqimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida cheklovlarni bekor qildi. 2018-yilgacha Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari bir-birlarinikiga borish uchun viza olishlari kerak edi.

Viza v pasporte - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza kiritmaydi

"Koʻproq ishlagan yaxshi"

Iqtisodiyot oliy maktabi jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekani oʻrinbosari Andrey Suzdaltsev Hamdoʻstlik davlatlari umumiy vizasi gʻoyasiga ishonchsizlik bilan qaraydi. "MDHning qator davlatlari atrof dunyo bilan oʻzaro munosabatda alohida tartibga ega. Misol uchun, Turkmanistonni olaylik, u nafaqat suvereniteti haqida taʼkidlamoqda, balki Hamdoʻstlikning boshqa davlatlaridan uzoqlashdi va yakkalanib oldi — u yerga borish uchun hatto qoʻshnilar, yaqin chet davlatlar va sobiq ittifoq davlatlari fuqarolari uchun ham viza kerak".

"Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etishda qanday muammolar yuzaga kelishi mumkinligini Rossiya-Belarus formatidagi munosabatlarda koʻrish mumkin, — deya davom etadi Suzdaltsev. — Biz mamlakatni belaruslar singari, biryoqlama tartibda ocholmaymiz — bu xavfsizlik, obroʻ va boshqa koʻpgina masalalardir. Chet elliklar biz bilan Belarus, Armaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston chegarasini xotirjam kesib oʻtishlari uchun biz eng avvalo qonunchiligimiz va viza siyosatini bir shaklga keltirmogʻimiz lozim. Munosabatlarimiz sinxronlashishi kerak. Deylik, Isroil rossiyaliklarga vizasiz kirishni taqdim etganida, belaruslar ham bunga erishishga intila boshladilar. Shu bilan bir vaqtda biz Minsk bilan birga yagona ittifoq vizasini joriy etishga harakat qilyapmiz, bu borada Ittifoq mamlakati davlat kotibi Grigoriy Rapota ulkan ishni amalga oshirdi. Bu bir necha marotaba eʼlon qilindi ham, ammo shu vaqtga qadar hayotga tatbiq etilmadi".

Haqiqatan ham, umumiy vizalarni kiritishga halal berayotgan sabablar haqida 2018-yilda Rapota maksimal darajada atroflicha gapirgan edi: "Qator texnologik detallar bizning huquq-tartibot organlarimiz va tashqi ishlar vazirliklarimiz tomonidan qoʻshimcha oʻrganishni talab etdi. Meni fikrimcha, bu holatda koʻproq ishlab, keyinchalik qayta ishlanmaydigan hujjatni tayyorlagan maʼqulroq", - nega bu yerda shoshilish kerak emasligi sababini Ittifoq davlati davlat kotibi shunday tushuntiradi.

ODKB OBSE boʻlishi uchun

Qozogʻistonlik siyosatshunos Doniyor Ashimbayev "Tokayev birinchi ish joyi boʻyicha - diplomat" ekanligini eslatib oʻtadi. "U xalqaro kelishuvlar ahamiyatini yaxshi tushunadi va omma oldida tomonlar kuluarlarda u yoki bu tartibda ishlab chiqqan rejalar haqida gapiradi. Bunday taklif yigʻilganlarda allergiyani keltirib chiqarmasligi kerak", - deydi ekspert.

Bundan tashqari, professional diplomatning haqiqiy, hamisha ham aniq koʻrinmaydigan maqsadi boʻladi. "Qozogʻiston sobiq ittifoq maydonida barcha uyushmalarga aʼzo, Nur-Sulton (avvalgi Ostona) esa integrallashuv lokomotivi boʻlgan.

Vizы, priglasheniya, propiska: novoye polojeniye ot Pravitelstva Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Xorijlik vatandoshlarga viza berish va vaqtincha propiska qilish tartibi belgilandi

Ammo Qozogʻiston, deylik, eng obroʻli mamlakat emas. Rossiyaning birlashish haqidagi tashabbuslari - Gʻarb bilan qarama-qarshilikka kirishishga daʼvatdek qabul qilinishi mumkin. Pekin tashabbuslari xususida ham qoʻrquvlar bor. Kollektiv xavsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham qirq yildan oshiq vaqtdan buyon Yevropada barchani yarashtirayotgan, sud qilayotgan, arbitr vazifasi va hokazo rollarni bajarayotgan, umuman olganda siyosiy mavqe va taʼsirga ega boʻlgan OBSE rolini oʻzida sinab koʻrishi mumkin. Bunday tashkilot Osiyoda kerak. Biroq, agar bizda oʻz OBSEmiz yoʻq ekan, nega dastavval xususiy Shengenimizni yaratmaymiz?", - deydi Tokayevning gaplarini izohlaydi Ashimbayev.

Siyosatshunos fikriga koʻra, yagona migratsiya maydoni sobiq ittifoq davlatlari uyushmasiga yangicha maʼno beradi. "Barcha MDHni mazmunsizligi uchun tanqid qilar edi, YEOII (YEAES) - goʻyoki Rossiya manfaatlarini koʻzlab tashkil etilgan deyilardi, SHHT -  Xitoy manfaatlariga xizmat qilishi urgʻulanardi. Amaliyotda esa hech kim ushbu tashkilotlarni tark etishni xohlamaydi. Gruziyani hisobga olmaganda - ammo bu boshqa voqea. Hatto pozitsiyasi barcha sovet va sobiq ittifoq tuzilmalariga nisbatan qahrli xazm qilmaslik asosida quriladigan Ukraina ham MDHni tark etishga shoshilmayapti - tushunarsiz tuzilmalarga ega Hamdoʻstlik tarkibida boʻlish oʻta qulay. Umumiy viza maydoni esa integrallashuvga turtki berishi mumkin. YEI va Shengen zonasi ham koʻpincha yagona hududdek qabul qilinadi", - deb qoʻshimcha qiladi Ashimbayev.

Flag Soyedinennыx Shtatov Ameriki. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi

Tokayev turistlar uchun vizalar haqida gapirgan edi. Ammo Rossiya Federal migratsiya xizmati sobiq direktor oʻrinbosari Vladimir Postavnin fikricha, ushbu gʻoyani hayotga tatbiq etib, hozircha mavhum boʻlib turgan muammolarni ham hal etishga toʻgʻri keladi. MDH yoki Hamdoʻstlik chegarasidagi har qanday boshqa turdagi uyushma yagona migratsiya maydoniga aylanadi.

"MDH yagona viza maydoni tashqi perimetrda qanday harakat qiladi, degan masala oʻtkir turibdi. Yaʼni "shartli Shengen" MDH ichida ushbu rejimga kirmaydigan davlatlar munosabatlariga hamda ularga nisbatan viza tartibi amalda boʻlgan davlatlar munosabatlariga qanday taʼsir koʻrsatadi, — deydi Postavnin. — Hozirda viza tartibi amal qiladigan davlatdan keladigan chet ellik aniq davlatdagi aniq ish beruvchidan bevosita ishga joylashish uchun ruxsatnoma oladi. Uni olgach, u MDH ichida boshqa mamlakatga borib, u yerda erkin mehnat faoliyatini amalga oshira olmaydi. Agar MDH yagona viza maydoni shunday bir sharoitni yaratsa-ki, vizali davlatlardan keladigan chet elliklar Hamdoʻstlikning istalgan mamlakatida erkin ishlay olsa, bu albatta holatni tub negizida oʻzgartiradi. Shunda bu maydonning amaliy ahamiyati kengayadi".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala