Jamiyat

Toshkent havosida nega chang koʻp - Oʻzgidromet javobi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDorogi Tashkenta v silnuyu jaru
Dorogi Tashkenta v silnuyu jaru - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqinda Internetda Toshkentda atmosfera havosi ifsloslanish darajasi juda yuqori degan maʼlumotlar paydo boʻldi. Ushbu maʼlumotlar haqiqatga qanchalik yaqin?

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Toshkent havosi tozami, biz qanday havodan nafas olmoqdamiz? Ushbu va boshqa savollarga Oʻzbekiston Gidrometerologiya markazining monitoring xizmati rahbari Marina Plotsen javob berdi.

Topor, votknutыy v pen - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ekologiya qoʻmitasi archa daraxtlari kesilish sababini tushuntirib berdi

Biz oldin xabar berganimizdek, Toshkent shahrida atmosfera havosi tozaligi 8ta tumanda joylashgan 13ta stantsiyada oʻlchanadi. Shahar xususiyatlarini hisobga olgan holda, havo tozaligin oʻlchash postlari turli funktsional zonalar yaqinida joylashgan: aholi yashash hudularida, sanoat zonalarida va avtomobil yoʻllari yaqinida.

Havo tozaligini kuzatish quyidagi parametrlarga muvofiq olib boriladi: chang, sera dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, uglerod oksidi, fenol, ftorli vodorod, ammiak, formaldegid va ogʻir metallar. Havo tozaligi kunida 3 marotaba oʻlchanadi: soat 07:00, 13:00 va 19:00da (yakshanbadan tashqari).

AirVisual nimani oʻlchaydi 

AirVisual saytida chop etilayotgan maʼlumot esa faqatgina AQSH elchixonasida oʻrnatilgan portativ avtomatik meteostantsiyada har soatda qayd etiladi. Ushbu stantsiya havoning faqat kam dispersiyali 2,5 RM gacha boʻlga qismlar (chang) miqdorini oʻlchash imkoniga ega.

Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Toshkentda (aniqrogʻi AQSH elchixonasi atrofida) havoda chang miqdori eng koʻp boʻlgan kun bu 2017 yilning 17 noyabrida boʻlgan. Shu kun RM2.5 miqdori koʻrsatgichi 207 koʻtarilgan.

© http://aqicn.org/Toshkentda (AQSH elchixonasida) qayd etilgan havoda RM 2.5 zarrachalari miqdori
Toshkent havosida nega chang koʻp - Oʻzgidromet javobi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda (AQSH elchixonasida) qayd etilgan havoda RM 2.5 zarrachalari miqdori

AirVisual maʼlumotiga koʻra, eng toza havoda chang RM2.5 miqdori  miqdori 0-25 darajagacha, sogʻlom havoda 75gacha boʻlishi mumkin. 75 – 150 koʻrsatgichi bu havoning oʻrtacha ifloslanish darajasini bildiradi va nafas olish organlarida xastaligi bor fuqarolar uchun zararli boʻlishi mumkin. RM2.5 miqdori 175  dan yuqori boʻlganda – bu havo ifloslanish darajasi baland degani.

JST havo tozaligini qanday oʻlchashni tavsiya etgan? 

Shu bilan bir vaqtda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yillar davomida toʻplanagan maʼlmuotlar asosida havo tozaligi darajasi boʻyicha oʻz tavsiyalarini bergan.

Pыlnaya burya v Nukuse - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Nukusdagi boʻron vaqtida havodagi chang miqdori meʼyordagidan bir necha marta koʻp boʻlgan

Oʻzbekiston Gidrometerologiya markazi JST va Germaniya bilan hamkorlikda 2011 yildan 2017 yilga qadar havoning kam dispersiyali moddalar bilan ifloslanish darajasini oʻlchab kelgan. Kuzatuv postlari Toshkent va Nukusda joylashtirilgan. Ushbu kuzatuv natijalariga koʻra, Toshkentda RM2.5 moddalari bilan oʻrtacha ifloslanish darajasi 2012 yilda – 34 mkg/m³ni, 2013 yilda – 26 mkg/ m³ni, 2014 yilda – 26 mkg/m³ni tashkil qilgan.

Kuzatuvda aniqlanishiga koʻra, havo ifloslanshining eng yuqori koʻrsatgichlari kuz va qish mavsumlariga toʻgʻri kelgan. Bu Oʻzbekiston iqlimi xususiyatlari hamda isitish mavsumiga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Chang miqdori va Oʻzbekiston iqlimi

Havoda chang (RM2.5) miqdori nisbatan koʻproq boʻlishi Oʻzbekiston iqlimiga xosdir. Bunga sabab – quruq iqlim, qumli va tuproqli yeralrning koʻpligidadir. Bunday iqlim atmosfera havosida chang paydo boʻlishiga olib keladi. Toshkentdagi AQSH elchixonasida oʻrnatilgan aspob koʻrsatgichlari esa ayni damda yuz berayotgan hodisalarga juda bogʻliq. Masalan shamol turishi yoki yuk avtomobilining oʻtib ketishi.

Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti yirik aholi punktlarida chang miqdorini oʻlchashda bir necha monitoring stantsiyalaridan foydalanishni maslahat beradi.

Oʻzbekistonda ham ana shunday monitoring tarmogʻini oʻrnatish ham rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 noyabrdagi qaroriga muvofiq atmosfera havosida RM10 va RM2.5 zarrachalarini oʻlchash uchun uskunalar bosqichma bosqich sotib olish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala