Analitika

"Odamlarga yoqyaptiku". Gorbachev qayta qurishni nega boshlagandi?

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka oʻtishMinistr oboronы SSSR, Marshal Sovetskogo Soyuza Dmitriy Yazov (sleva), Prezident SSSR Mixail Gorbachev (v tsentre), chlen Politbyuro TSK KPSS, Predsedatel Soveta Ministrov SSSR Nikolay Rыjkov (sprava) na voyennom parade, posvyaщennom 45-letiyu Pobedы.
Ministr oboronы SSSR, Marshal Sovetskogo Soyuza Dmitriy Yazov (sleva), Prezident SSSR Mixail Gorbachev (v tsentre), chlen Politbyuro TSK KPSS, Predsedatel Soveta Ministrov SSSR Nikolay Rыjkov (sprava) na voyennom parade, posvyaщennom 45-letiyu Pobedы. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻz vafotidan bir oz oldin, Germaniya sobiq kantsleri Xelmut Kol oʻz memuarlarini qayta ishlash uchun yollangan yozuvchi bilan suhbatda Gorbachyov siyosatining soddaligi va uzoqni koʻzlamaganligidan ochiqchasiga hayron boʻlgan.

Vladimir Kornilov

Bundan 35 yil oldin, 1985 yil mart oyida Mixail Gorbachyov bir ovozdan SSSR Markaziy Qoʻmitasining Bosh kotibi etib tasdiqlandi. Aslida, qayta qurishning boshlanishini aynan shu paytdan hisoblash mumkin. Bu atamani Sovet Ittifoqi rahbarining oʻzi bir oy oʻtgach, Markaziy Qoʻmitaning aprel oyidagi plenumida qoʻllay boshladi. Biroq, Gorbachev Bosh kotib lavozimiga tasdiqlanganidan soʻng, oʻzining birinchi nutqida yana ikkita atamani ishlatdi, ular oʻsha paytdagi oʻzgarishlarning timsoliga aylandi: "oshkoralik" va "jadallashuv".

Prezident RF V. Putin vstretilsya s rabochey gruppoy po podgotovke popravok v Konstitutsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya sobiq SSSR respublikalarining barcha qarzlarini toʻlagan - Putin

Ushbu oʻzgarishlarning natijalari bizga yaxshi maʼlum: bir tomondan, biz haqiqatan ham Rossiya tarixida ilgari misli koʻrilmagan oshkoralikka ega boʻldik. Boshqa tomondan, atigi olti yillik "islohotlar" nafaqat tizimni, balki sayyoramizning ikkita kuchli davlatlaridan biri boʻlgan butun davlatimizni demontaj qilishga olib keldi. Keyin "avliyo toʻqsoninchi yillar" keldi, bu davr iqtisodiyotning toʻliq qulashi, jinoyatchilik quturishi, mamlakatning turli qismlarida yuz bergan qonli toʻqnashuvlar, parlamentni nishonga olgan tanklar, nochor qashshoqlik va bir necha avlodlar umidlarining puchga chiqishi bilan yodda qoldi.

Gorbachyovning oʻzi va uning advokatlari doimo qayta qurishning barcha salbiy oqibatlari uchun SSSR prezidentidan javobgarlikni sokit qilishga harakat qilib keladilar: yaʼni oshkoralik va demokratiya ularning xizmati, 90-yillardagi qashshoqlik va SSSR parchalanishida esa faqatgina 1991 yildagi muvaffaqiyatsiz toʻntarish aʼzolari va Gorbachyov oʻrniga kelganlar aybdor. Yaʼni, barcha salbiyliklar qayta qurish natijasida emas, balki unga qaramay sodir boʻlgan.

Shu bilan birga, tarixni shunday gapiradiganlar vaqti-vaqti bilan oʻzlariga zid gapirayotganlarini ham sezmaydilar. Masalan, shu kunlarda, Gorbachyov fondining asoschilaridan biri, falsafa fanlari doktori Aleksandr Tsipko "xochga mixlangan qayta qurish" nomli juda gʻalati maqolasida Rossiya liberallariga Boltiqboʻyi davlatlari tomonidan ozodlik va mustaqillikni qoʻlga kiritishda soʻnggi bosh kotibning rolini ahamiyatsiz yoki hatto rad etishga urinayotgani uchun norozilik bildirdi.  Muallif shu bilan qayta qurishni SSSRning qulashi bilan bevosita va tabiiy ravishda bogʻlab qoʻyganini sezmaydi ham.

Gullagan novdani ushlab turgan qiz, Oʻzbekiston SSR, 1967 yil - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
SSSR davrida bahor qanday kutib olingan – eng yorqin suratlar

Gorbachevning oʻzi har yili oʻz intervyularida: "1991 yil avgust oyida toʻntarishni uyushtirganlar qayta qurish va Sovet Ittifoqining qulashi uchun javobgardir", degan gapni takrorlaydi. Yaʼni, bularning barchasida asosiy narsa chalkashtirmaslikdir: qayta qurishning otasi sobiq SSSR respublikalariga ozodlik va mustaqillik olib keldi, ammo uni buzmadi, barchasiga putchistlar aybdor. Oddiy qilib aytganda, agar siz qayta qurishning oqibatlarini yoqtirsangiz, unutmang: bularning barchasi Gorbachyovning xizmatlari. Agar siz davlatning qulashini qoralasangiz, yodingizda tursin: Gorbachyovning bunga hech qanday aloqasi yoʻq. Bu oson-ku.

Albatta, hech qanday holatda ham oʻtkazib yuborish kerak emas - misol uchun sobiq rahbarni oqlash yoki AQShning yagona geosiyosiy raqibini yoʻq qilish uchun "sahna ortidagi" makkor rejani ongli ravishda amalga oshirganlikda ayblab, uni keskin qoralash ham kerak emas. Ammo aniq sabablarni ham inkor etib boʻlmaydi. Oxir-oqibat Gorbachyovning oʻzi: "Albatta, prezident sifatida mamlakatda roʻy berayotgan barcha jarayonlar uchun javobgar boʻlganman",deya ochiq tan oladi. Kelgusida tarix qanday rivojlanmasin, bu javobgarlikni undan olib tashlash mumkin emas. Buni SSSRning yagona prezidentining hozirgi va kelajakdagi barcha yuristlari tushunishi kerak.

Ministr oboronы SSSR, Marshal Sovetskogo Soyuza Dmitriy Yazov (sleva), Prezident SSSR Mixail Gorbachev (v tsentre), chlen Politbyuro TSK KPSS, Predsedatel Soveta Ministrov SSSR Nikolay Rыjkov (sprava) na voyennom parade, posvyaщennom 45-letiyu Pobedы. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Gorbachev SSSR parchalanishining asosiy sababini aytdi

Qayta qurish va umuman Gorbachyovning boshqaruvi tarixi islohotlarni amalga oshirish uchun islohotlar, chiroyli soʻzlar bilan, oʻz va ayniqsa chet el jamoatchiligining bir qancha vaqt koʻnglini olish uchun, oqibatlarini oldindan hisoblamasdan, aniq strategiyaga ega boʻlmasdan amalga oshirishning juda ibratli namunasidir.

1980 yillarning oxirida Donbass rahbariyati tarkibida boʻlgan sobiq yuqori martabali Ukraina rahbarlaridan biri menga bergan intervyusida, konchilar birinchi ish tashlashi avjiga chiqqanida, butun mintaqaviy partiya faollari Gorbachev bilan Moskvada favqulodda uchrashuvga chaqirilganini esladi. Bu tushunarli edi: uzoq davom etgan ish tashlash Ukraina domen pechlarini toʻxtatishi tahdidi ostida edi, bu esa butun mamlakat uchun iqtisodiy inqirozga olib kelardi.

Donetsk "generallari" (shaxtalar va fabrikalarning bosh direktorlari shunday nomlanishgan), noroziliklarni zudlik bilan toʻxtatish choralari muhokama qilinishiga ishonishgan. Bundan tashqari, Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcherning konchilar ish tashlashi bilan bogʻliq qattiq harakatlari hammaning yodida edi. Donbass rahbarlari SSSR Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibining pozitsiyasini eshitib, hayratga tushishgan. Vaziyat iqtisodiyotda jiddiy inqirozga olib kelganini anglagan Gorbachyov gʻazablana boshladi: "Qanday achinarli! Biz keng jamoatchilik tashabbusini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak. Konchilar ish tashlashi - bu yaxshi misol!" Tetcherni oʻz mamlakatidagi ish tashlashlar haqida shunday soʻzlar bilan tasavvur qilish mumkinmi? Ritorik savol.

Mixail Gorbachev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gorbachev va katta Bush Rossiya bilan AQShni "yarashtirishmoqchi"

Aslida, qayta qurish davridagi islohotga qaramasak, biz "ommaviy tashabbusni qoʻllab-quvvatlash" yondashuvi muhimroq boʻlganini anglaymiz, bu sharoitda bunday yondashuv oqibatlari tushunib yetilmagan boʻlsa-da. Partiya nomenklaturasi imtiyozlarining ramzi sifatida "Berezka" savdo tarmogʻining doʻkonlariga qarshi qanday birgalikda yurish qilinganini eslaylik. "Berezka" tarmogʻi magʻlubiyatga uchradi, bu darhol byudjetga tushadigan valyuta oqimini kamaytirdi, bu shunchaki azob chekayotgan partiya amaldorlari emas, balki chet elda yillar davomida mojaroviy nuqtalarda ishlagan va bir kechada valyuta omonatlarini yoʻqotgan sovet fuqarolarini aldash boʻldi.

Yoki 1985 yilda Gorbachyov hokimiyatga kelishi bilanoq boshlangan alkogolga qarshi kampaniyani olaylik. Aftidan, xolis maqsad nazarda tutilgan: odamlar salomatligi uchun kurash. Ammo oxir-oqibat, bu ichimliklar doʻkonlarida bir necha soatlik navbatlarga, uning oʻrnini bosuvchi qalbaki maxsulotlardan ommaviy zaharlanishiga, qishloq xoʻjaligining deyarli butun sohasini yoʻq qilishga aylandi va natijada kampaniya toʻxtatildi.

Hech kim bu barcha oqibatlarni oldindan hisoblamagan. Barcha soxta islohotlar uchun asosiy va yagona  sababi(va ularning roʻyxati uzoq davom ettirish mumkin) bir zumlik "Odamlarga yoqyaptiku" edi. Va, haqiqatan, dastlab yoqqan ediku. Qanday boʻlmasin, oʻsha odamlar toʻsatdan inflyatsiyaga duch kelgunga qadar, barcha jamgʻarmalar yoʻq boʻlib, ish joylari yoʻqolguniga, shu paytgacha tinch respublikalarda etnik nizolarga, davlat tuzilmalari toʻliq tanazzulga yuz tutgaaniga qadar. 1917 yil fevral oyida boʻlgani kabi keyin, populizm nafaqat davlat boshqaruvi bilan hamohang boʻlishi mumkin, balki uni yoʻq qiladigan narsa ekanligi maʼlum boʻldi.

Mixail Gorbachev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Zamon, ochigʻini aytaman, tahlikali". Gorbachev Putinga yozgan maktubi haqida gapirdi

Koʻrinishidan, postsovet jamiyatining aksariyat qismi xotirasida saqlanib qolgan bunday foydali darslardan keyin biz uzoq vaqt davomida shunga oʻxshash eksperimentlarga qarshi emlanganmiz. Ammo bugungi Ukraina misoliga eʼtibor bering. Oʻtgan yili Vladimir Zelenskiyning gʻaroyib gʻalabasidan soʻng, "odamlarga yoqyaptiku" degan ibora ukrainalik mutaxassislar tomonidan muntazam tilga olinar edi. Hech boʻlmaganda, yaqinda oʻtkazilgan soʻrovlar natijalariga koʻra, uning reytingi keskin pasayguniga qadar.

Yoʻq-yoʻq, biz hozirgacha baʼzi mahalliy liberallardan - "yosh islohotchi" Zelenskiyning gʻalabasi Rossiya uchun ajoyib misol ekanligini eshitamiz. Ammo yanvar oyida Ukrainada toʻrt yil ichida birinchi marta oʻz iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutgani qayd etilgani esa aynan oʻsha "yosh islohotchilar" faoliyati bilan bogʻliq emas. Koʻrinishidan, 35 yil oldin boshlangan islohotlar muvaffaqiyatsiz boʻlganiga oʻhshab.

...GFR sobiq kantsleri Xelmut Kol oʻlimi oldidan oʻz memuarlarini qayta ishlash uchun yollangan yozuvchi bilan suhbatda Gorbachyov siyosatining soddaligi va uzoqni koʻzlamaganligidan ochiqchasiga hayron boʻlgan. Sobiq kantslerning soʻzlariga koʻra, Yevropada bizning mamlakatimiz uchun bugun roʻy bergan ortga qaytarib boʻlmaydigan oʻzgarishlarning oldini olish uchun unga "mushaklar bilan oʻynash" kifoya boʻlar edi. Ammo bunday oʻyin birovlarga yaxshi koʻrinish istagiga toʻgʻri kelmas edi. Shu bois, oʻz-oʻzini parchalash yoʻnalishi davom ettirildi.

Yangiliklar lentasi
0