Toshkent havosi karantin tufayli tozalanadi - ekologlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUlitsa Zavodskaya v Tashkente
Ulitsa Zavodskaya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Karantin davrida 100 mingga yaqin transportlarning harakatlansa, qolgan 300 mingga yaqini vaqtinchalik yurishdan toʻxtasa, atmosfera chiqayotgan zaharli gazlar 75 foizga kamayadi.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislariga koʻra, 1 apreldan joriy etilgan karantin davrida 100 mingga yaqin transportlarning harakatlansa, qolgan 300 mingga yaqini vaqtinchalik yurishdan toʻxtasa, atmosfera chiqayotgan zaharli gazlar 75 foizga kamayadi.

Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Usmonov oʻzbekistonliklarga koronavirusga qarshi vaktsina olib kelishga vaʼda berdi

Poytaxtda avtomobillar harakatlanishiga cheklov aprel oyida ham davom etadigan boʻlsa oy soʻngiga qadar avtoulovlardan atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar miqdori 32,5 ming tonnaga kamayishi kutilmoqda, deb qoʻshimcha qiladi Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari.

Oʻzbekistondagi karantin qachon tugaydi >>>

Avval vaziyat qanday edi?

Joriy yil boshida Toshkent shahrida umumiy 460 441 dona transport vositalari roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, shundan 396 012 tasi xususiy sektorlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Ushbu transportlar bir yilda oʻrtacha 400,0 ming tonna tashlanmalar bilan atmosfera havosini zaharlaydi. 

Shunday ekan, agar sizning ulovingizga DXA tomonidan ruhsatnoma berishmagan boʻlsa hech ham siqilmang. Bu ham yaxshilikka albatta. Balki tabiatga ham biroz erkin nafas olishi uchun imkon berishimiz kerakdir. 

Sotrudnik laboratorii vыpolnyayet analizы na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 240 dan oshdi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik boʻyicha ilk holat 14 mart kuni Frantsiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sogʻaydi, ikki nafari vafot etdi.

24 martdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati toʻxtatildi, poytaxtda karantin eʼlon qilindi, sal keyinroq yana beshta shahar — Andijon, Buxoro, Guliston, Namangan va Samarqandda ham xuddi shu tartib joriy etildi.

Avtotransport cheklovlari butun Oʻzbekiston uchunmi >>>

27 mart sanasidan mamlakatdagi viloyatlararo qatnov toʻxtatildi, 30 martdan 20 aprelga qadar shaxsiy avtomobillar va mototsikllardan foydalanishga taʼqiq qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala