Dunyoda

Samaradorligini amalda isbotladi. Harbiy ekspert Tor-M2 versiyalari haqida

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishPeredacha pervыx arkticheskix ZRK «Tor-M2DT» na voorujeniye Severnogo flota
Peredacha pervыx arkticheskix ZRK «Tor-M2DT» na voorujeniye Severnogo flota - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada Tor-M2 havo mudofaa tizimining suzuvchi versiyasi ishlab chiqilmoqda. Sputnik radiosi efirida mashina va undan foydalanish xususiyatlari toʻgʻrisida harbiy-sanoat komissiyasi hayʼatining Ekspertlar kengashi aʼzosi, harbiy ekspert Viktor Muraxovskiy soʻzlab berdi.

Rossiyada Tor-M2 havo mudofaa tizimining suv toʻsiqlarini yengib oʻtishga qodir versiyasi ishlab chiqilmoqda, deydi Qurolli kuchlar qoʻshin harbiy havo mudofaasi boshligʻi general-leytenant Aleksandr Leonov.

“Ixtisoslashtirilgan gʻildirakli shassida oʻrnatilgan Tor-M2 modifikatsiyasi ishlab chiqilmoqda. Jangovar mashinaga qoʻyiladigan asosiy talab suv toʻsiqlarini yengib oʻtishdir”, - dedi Leonov "Natsionalnaya oborona" jurnaliga bergan intervyusida.

Novыe snayperskiye vintovki K-15 i F-17 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

Uning soʻzlariga koʻra, “Tor-M2DT” havo mudofaasi tizimlari Arktikada va Uzoq Shimolda joylashgan havo mudofaasi boʻlinmalarini jihozlash uchun yetkazib beriladi, bu esa bugungi kunda ushbu mintaqaga bir qator davlatlarning qiziqishlari ortib borishi nuqtai nazaridan "katta ahamiyatga ega".

"Tor-M2" - bu har qanday ob-havo sharoitida ishlaydigan taktik zenit-raketa majmuasi boʻlib, jangovar harakatlar oʻtkazilishida va marshda divizion boʻlinma darajasida havo mudofaasi, aloqa bogʻlanmalarini himoyasi, qoʻmondonlik punktlari va boshqa obʼyektlarni himoya qilishga moʻljallangan.

Sputnik radiosi efirida harbiy-sanoat komissiyasi hayʼatining Ekspertlar kengashi aʼzosi Viktor Muraxovskiy uning xususiyatlari toʻgʻrisida gapirib berdi.

"Mashina allaqachon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan, bizning qirgʻoq va quruqlik kuchlarimiz Arktika brigadalariga yetkazib beriladi. Ikki boʻlinmali urmalamali transportyorga oʻnatilgan. Birinchi boʻlinmada boshqaruv tizimi, ikkinchi boʻlinmada havo nishonlariga zarba beradigan raketa modullari. “Tor” yuqori aniqlikdagi qurollar elementlarini, yaʼni qanotli raketalar va ularni tashuvchilari boʻlgan kemalar, samolyotlar, boshqariluvchi aviatsion bombalari, radiolokatorlarga qarshi raketalar va uchuvchisiz apparatlar yoʻq qilish uchun yaratilgan. Zarba berish masofasi 16 kilometr va 12 kilometr balandlikdagi nishonga urishi imkoniyatiga ega “Tor”, shu jumladan suzuvchi varianti qoʻshinlar havo mudofaasining asosiy boshlangʻich boʻgʻinidir", - dedi Viktor Muraxovskiy.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga vaʼda berdi

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu majmua joylashishining turli xil variantlari, shu jumladan modulli varianti ishlab chiqilgan.

"Modulli variant ham mavjud boʻlib, unda bitta blokka joylashtirilgan butun tizim dengiz flotining kemalariga va hatto fuqarolik kemalariga oʻrnatilishi mumkin, agar ular kemalarga qarshi raketalari tomonidan va havodan xavf boʻladigan hududda ishlasa. Yaʼni bu keng imkoniyatlarga ega universal majmuadir" – deya taʼkidladi Viktor Muraxovskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, majmua oʻzining samaradorligini isbotlab boʻldi - xususan, undan Suriyadagi Rossiya aviabazasi himoyasida muvaffaqiyatli foydalanilgan.

"Uning asosiy ustunligi shundaki, u amalda oʻz samaradorligini isbotladi. Xmeymimdagi aviabazamizni qamrab olgan ushbu mashinalarning oz miqdori jangarilar bizning aviabazamizga qoʻllamoqchi boʻlgan 45 uchuvchisiz uchish apparatlarini yoʻq qilishdi. Ushbu majmua reaktiv oʻt ochish tizimlarning raketalarini ham urishi mumkin, shu jumladan jangarilar qoʻlbola tayyorlaganlarini ham", - deya xulosa qildi Viktor Muraxovskiy.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala