Toshkentning uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston
Avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan. Bektemir tumani hokimi esa prezidentning ushbu tumanga tashrifidan keyin lavozimidan ozod etilgan

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti uchta tumaniga rahbarlar tayinlandi, bu haqda Toshkent hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Korona-strategiya: Toshkent hokimi prezident tanqidiga qanday javob qaytardi?

Jumladan, Sergeli tumaniga Elbek Shukurov hokim etib tayinlandi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2018-2020 yillarda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 2020 yildan hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Toshkent shahrining Bektemir tumaniga Jahongir Ibrohimov hokim etib tayinlandi.

Jahongir Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Uralova Dilfuza naznachena xokimom Bayovutskogo rayona Sыrdarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Boyovut tumani hokimi lavozimiga ayol kishi tayinlandi

Yashnobod tumaniga esa Baxtiyor Raxmankulov  hokim etib tayinlandi.

Baxtiyor Raxmankulov 1976 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1997 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻshinlari muhandislik bilim yurtining qoʻmondonlik taktik avtomobil qoʻshinlari mutaxassisligi boʻyicha va 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qoʻmondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

2018 yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi oʻrinborsari - Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mingbuloqning “soʻkongʻich” hokimi maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan. Keyinroq Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev shahardagi 5ta tuman hokimiga, shu jumladan Hojiakbar Tillashayxovga "pandemiya davrida aholi tomonidan koʻplab eʼtirozlar bildirayotgani hamda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani» uchun "hayfsan" bergan.

Shuningdek, 21 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanini aylangan. Prezident tashrifi davomida tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar oʻrtasida 1,5 foiz ekani qayd etilgan.

Shu bois, tumani hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilingan. Sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi ham lavozimidan boʻshatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala