O‘zbekiston qaysi vaksinani xarid qiladi - SSV javobi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biror mamlakatning vaksinasi ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgani ilmiy isbotlansagina, uni xarid qilish, sotib olingan vaksinani saqlash va tashish bilan bog‘liq masalalar tegishli mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi, deb ta’kidlanadi xabarda

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. O‘zbekiston 3-bosqich klinik sinovlari ijobiy o‘tgan vaksinani xarid qiladi, deya bayonot berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Xabarga ta’kidlanishicha, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha eng samarali yo‘l bu – immunizatsiya tadbirlari, ya’ni sog‘lom insonlarni ushbu kasallikka qarshi emlashdir. Dunyoda bu yo‘nalishda qator ilmiy tekshirish institutlari hamda farmatsevtika korxonalari tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Hozirda "COVID-19"ga qarshi Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical" kompaniyasining vaksinasi va Rossiya Federatsiyaning "Sputnik-V" vaksinasining 3-bosqich klinik tadqiqotlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bunda vaksinalarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholash, ularning infeksiyani oldini olishdagi samaradorligini aniqlash asosiy vazifa qilib belgilangan. Shuningdek, "Sinopharm group" kompaniyasi bilan ham ushbu yo‘nalishda ish olib borilmoqda.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan vaksinani respublikaga olib kelish va aholiga yetkazish vakolati yagona xususiy shirkatga berilgani haqida bildirilgan fikr-mulohazalar haqiqatga zid. Chunki "COVID-19" infeksiyasiga qarshi vaksina xarid qilish va undan foydalanish masalalari butun jahonda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham klinik tadqiqotlarning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra belgilanadi", - deyiladi xabarda.

Sotrudnitsa laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qachon Xitoy vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi - vazir Xadjibayev javobi

Biror mamlakatning vaksinasi ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgani ilmiy isbotlansagina, uni xarid qilish, sotib olingan vaksinani saqlash va tashish bilan bog‘liq masalalar tegishli mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, hozirda BMT bilan hamkorlikda COVAXga a’zo davlatlar qatorida O‘zbekistonga jahonda olib borilayotgan klinik tadqiqotlar asosida samarasi ijobiy baholangan koronavirusga qarshi vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar ham olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0