Rossiya

“Shimoliy oqim-2” oʻz marrasiga yaqin qoldi

© REUTERS / Maxim ShemetovLogotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatishga boʻlgan barcha urinishlari puchga chiqdi. Tahlilchilar loyiha oʻzining marrasiga chiqqani va har qanday holatda yakunlanishini aytishmoqda.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Natalya Dembinskaya. AQShning “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatishga boʻlgan barcha urinishlari puchga chiqdi. Gaz quvurining xorijdagi quruqlikdagi qismi bitkazib boʻlindi. Hozir quvurni Germaniya suvlarida yotqizishmoqda, keyin Daniyada yotqiziladi. Tahlilchilar loyiha oʻzining marrasiga chiqqani va har qanday holatda yakunlanishini aytishmoqda. Ammo foydalanishga topshirish vaqtida muammo tugʻilishi mumkin.

Trubы dlya stroitelstva gazoprovoda Nord Stream 2 v portu Mukran, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Shimoliy oqim-2” quvurlarini yotqizish uchun kema ish joyiga yaqinlashdi

Barchasi hozir

“Gazprom” boshqaruv raisi oʻrinbosari, “Gazprom eksport” bosh direktori Yelena Burmistrova investitsiya banklari bilan uchrashuvda quvurning xorijdagi quruqlikdagi qismi toʻliq tayyorligini maʼlum qildi.

Oʻn birinchi dekabr kuni Germaniya hududiy suvlarida ishlar qayta tiklandi – bir yillik tanaffusdan soʻng. 15 yanvardan boshlab Daniya suvlarida quvurlarni yotqizish ni boshlashadi. Burmistrovaning soʻzlariga koʻra, qurilishning dengiz qismi yakunlanish muddati qator shart-sharoitlardan, xususan, ob-havoga bogʻliq.

Rotonda Kapitoliya v Vashingtone, - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanktsiyalarni tasdiqladi

“Fortuna” quvur yotqizuvchiga Rossiya dengiz qutqaruvchi xizmati “Murman”, “Baltiyskiy issledovatel” hamda qator kemalar yordam beradi. Dengizda kengligi 200 metrlik vaqtincha taqiqlangan hudud yaratiladi. U yerda choʻmilish, langar tashlash va baliq ovlash taqiqlanadi.

Tahlilchilar hozir, ehtimol, qurilishning eng murakkab bosqichi ekanini taʼkidlashmoqda. Qishda Boltiqda kuchli shtorm boʻladi. Buning ustiga gaz quvuriga avvaldidek Amerika sanktsiyalari tahdid solmoqda.

Chora qoldirishmayapti

Oktyabrda loyihaga “Yevropa energetika xavfsizligini himoya qilish toʻgʻrisida” PEESA toʻplami amal qildi. Quvurlarni yotqizishda ishlayotgan kemalarni modernizatsiya yoki jizohlash uchun moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar sanktsiya ostida tushdi. Endilikda Rossiya kemalari bilan hamkorlik qiluvchi sugʻurta va sertifikatsiya kompaniyalari tahdid ostida. Kongress tomonidan allaqachon maʼqullangan sanktsiyalar 2021 yilda mudofaa byudjetiga tuzatishlarni oʻz ichiga oladi.

“Bir tomondan, kongress bu qonunloyihasini qabul qildi, boshqa tomondan – u Donald Tramp tomonidan imzolanmagan va uni Jo Bayden imzolashi fakt emas: birinchisi Oq uyni tark etish uchun narsalarini yigʻishtirishi, ikkinchisi esa joylashib, iqtisoddagi mushkul ishlarni bir yoqlik qilishini zarur” – deya fikr yuritadi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.

Yoʻlini topadi

Germaniya allaqachon maʼlum qildiki: basharti Oq uy bu rejalarni amalga oshirsa, bundestak javob choralarini hozirlaydi. Xususan, Germaniya iqtisodiyot vazirligining ichki hujjatida aytilgan, Merkel hukumati Yevropa Ittifoqi bilan muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarni koʻrib chiqadi.

Shimoliy oqim: Nima uchun AQSH gaz quvuri qurilishiga toʻsqinlik qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga toʻsqinlik qilmoqda - video

Loyiha hamkorlari taʼkidlashmoqdaki: Rossiya har qanday yoʻl bilan sanktsiyalarga chap berib, qurilishni yakunlaydi. “Quvurlarni yotqizish qayta tiklanadi, gaz quvuri yakunlanadi”, - deya ishontiradi Avstriyaning OMV AG neft kompaniyasi bosh ijrochi direktori Rayner Zele.

“Shimoliy oqim-2”ni yozga kelib bitkazish, kelasi qishga kelib esa gazni tashish uchun sertifikat olish mumkin, deb hisoblashadi Oksford energetik tadqiqotlar instituti mutaxassislari. Keyingi sanktsiyalar, ehtimol, muddatni choʻzadi, ammo oxirida Rossiya “har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtish usulini topadi”. Amerikaliklar “ular loyihani toʻxtata olmasliklarini anglashlari darkor”, deya qayd etishdi tahlilchilar.

Rossiyalik ekspertlarning prognozlariga shunga oʻxshash. “Shimoliy oqim-2” ga qarshi hozir amaldagi sanktsiyalar “Gazprom” uchun chivin chaqishi bilan baravar. Xuddi shunday muvaffaqiyat bilan Vashington bizga tabiiy gaz qazib olishni taqiqlasa boʻlardi. Agar Jo Bayden qonun loyihasini imzolasa, “Gazprom” hamkorlari bilan baribir ishni oxiriga yetkazib, qazib olishga kirishadi. Oʻylashimcha, quvurlarni yotqizish aprel-mayga kelib yakunlanadi”, - deydi Leonid Xazanov.

Foydalanishga topshirish

Mutaxassislar taʼkidlashmoqdaki: chuqur suv hududlarida qurish allaqachon taqiqlangan. Shu bois “Gazprom” tom maʼnoda hech narsaga qaramasdan harakat qilib, toʻxtab qolmoqchi emas. Intriga shundan iboratki, “Fortuna” faqatgina Daniya qismidagi sayozlikda ishlaydimi, yoki chuqur suvlarda. Qurilish surʼati va kerakli kemalar miqdori shunga bogʻliq.

Truboukladochnoye sudno Soliter - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi

“Gazprom” mulkdorlar zanjirini oʻzgartirib, sanktsiya oqibatlarini kamaytirishga urinmoqda. Ishga jalb qilingan barcha kemalar xoʻjayinlarini oʻzgartirdi. Ilgari “Gazpromflot”ga tegishli boʻlgan “Akademik Charskiy” endilikda Samara energetika jamgʻarmasiga tegishli. Mohiyat bu mulkni oʻzidan uzoqlashtirishdan iborat.

Rossiya hukumat huzuridagi Moliya universiteti eksperti Igor Yushkovning soʻzlariga koʻra, qurib bitkazib bilan hammasi ravshan boʻlsa, uni foydalanishga topshirish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Gap shundaki, 2021 yil uchun AQSH mudofaa byudjetiga tikilgan yangi sanktsiyalar gaz quvuriga xizmat koʻrsatish va uning foylanishga topshirishiga ham taalluqli. Ular qatʼiy boʻlishi istisno qilinmagan. Bu yerda koʻp narsa yevropaliklarga bogʻliq: gazni qayta chiqarishga va undan foydalanishga ruxsatnoma berishga jurʼat qilishadimi yoki yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala