Dunyoda

Qirgʻizistonda prezident saylovlari boshlandi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishIzbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.
Izbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.  - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident saylovlari bilan bir kunda respublikada mamlakatda boshqaruv shaklini aniqlashtirish uchun ham referendum boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Qirgʻizistonda mamlakat prezidenti saylovlari uchun saylov uchastkalari ochildi, deb xabar qilmoqda Qirgʻizistonning saylovlar va referendumlarni oʻtkazish boʻyicha markaziy saylov komissiyasi matbuot-xizmati.
Premyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Japarov Qirgʻiziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi
"Respublika boʻyicha 2420 ta saylov uchastkalari ochilgan", — degan matbuot-xizmati xodimi.
MSK avval bergan xabarlarga muvofiq, barcha uchastkalarda COVID-19ga qarshi sanitar-epidemiologik choralarga amal qilinadi.
Ovoz berish uchun kelgan shaxslarning barchasi tibbiy niqob va sanitayzerlar bilan taʼminlanadi. Bir necha soat oraliqda xonalarda sanitariya tozalash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, uchastka saylov komissiyalari aʼzolariga ovoz berish uchun tashrif buyurganlar oʻrtasida oraliq masofasi saqlanishini jiddiy nazorat qilib borish topshirilgan.
Eks-prezident Kыrgыzstana  Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi
Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston xalqi tomonidan bundan avval saylangan yetakchi Sooronbay Jeenbekov 2020 yilning oktyabrida yuz bergan ommaviy noroziliklar fonida isteʼfo berishga majbur boʻlgan edi. Mamlakat prezidentligiga 17 kishi daʼvogarlik qilmoqda - ular safida siyosatchilar, amaldorlar, biznesmenlar va kuch tartibot organi xodimlari bor. Respublikada boʻlib oʻtayotgan saylovlarda va shuningdek chet elda prezident saylovlarida 3,5 milliondan ortiq kishi ishtirok etishi mumkin. Ovoz berganlarning miqdoridan qatʼiy nazar saylovlar boʻlib oʻtgan hisoblanadi.
Prezident saylovlari bilan bir kunda respublikada mamlakatda boshqaruv shaklini aniqlashtirish uchun ham referendum boʻlib oʻtadi. Fuqarolar taklif etilgan uch variant: "prezidentlik boshqaruv shakli", "parlament boshqaruv shakli" va "hammasiga qarshi" variantlaridan birini tanlashlari kerak boʻladi. Saylovchilarning 30 foizdan ortigʻi referendumda ishtirok etsa va uchastkalarga kelganlarning aksariyati "hammasiga qarshi" variantini tanlamasa, u boʻlib oʻtgan deya tan olinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala