Dunyoda

Tramp amerikaliklar bilan xayrlashdi

© AFP 2018 / POOLDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosatchi oʻz nutqida "u hech qanday yangi urushlarni boshlamagan oʻn yillikning birinchi prezidenti boʻlganini" taʼkidlab oʻtgan.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Donald Tramp prezident postida xayrlashuv murojaati bilan chiqish qildi, uning nutqidan iqtiboslarni Oq uy keltirib oʻtgan.
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Donald Trampga ikkinchi marta impichment eʼlon qilindi – bu AQSH tarixidagi ilk holat
Trampning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari sifatida u "Amerikada hukumat xalq oldida javob beradi degan muqaddas gʻoyani" tasdiqlagan.
"Biz amalga oshirish uchun kelgan ishlarni, va hatto undan sal koʻprogʻini amalga oshirdik", - deb aytgan u.
Siyosatchi, shuningdek, "u hech qanday yangi urushlarni boshlamagan oʻn yillikning birinchi prezidenti boʻlganini" taʼkidlab oʻtgan.
Tram fikricha, uning administratsiyasi AQSH "qudratini va amerikaning xorijdagi yetakchiligini tiklagan".
"Biz (boshqa davlatlar bilan - tahr.) ittifoqimizga yangi hayot baxsh etdik va Xitoyga qarshi avvalgidan ham kuchliroq qarshi chiqish uchun boshqa dunyo mamlakatlarini birlashtirdik", - deyiladi murojaat matnida.
Uchastniki aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
AQSH har doim zoʻravonlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan – Volodin
Tramp fikricha, Shtatlar duch kelgan eng katta xavf - bu davlatning oʻziga va milliy ulugʻvorligiga boʻlgan ishonchning yoʻqotilishidir.
"Amerika — bu biz ularga qarshi boʻlganlardan yashirishimiz va himoya qilishimiz kerak boʻlgan qoʻrqoq odamlarga ega kamtar davlat emas", - deb qoʻshimcha qilgan Tramp.
Tramp Jo Bayden yangi administratsiyasining mamlakat xavfsizligi va gullab-yashnashini taʼminlashda muvaffaqiyatga erishishi uchun duodaligini maʼlum qilgan. Shu bilan birga, u oʻzining siyosiy harakati endi boshlanganini qayd etib oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, yangi saylangan prezident Jo Bayden inauguratsiyasi bugun, 20 yanvar kuni oʻtkazilishi rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala