Analitika

Bunaqasi Rossiyada hali boʻlmagan: mudofaa qanday tank ustida ishlamoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "Armiya-2017"
Otkrыtiye mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Qoʻshinlar safida gʻildirakli tanklar qanday oʻrinni egallashi mumkinligi haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.
TOSHKENT, 24 fev — Sputnik, Andrey Kots. Baquvvat, yuqori tezlikka ega va yaxshi himoyalangan - "Bumerang" birlashgan zirhli platforma asosida Rossiyada ilk gʻildirakli tank yaratishmoqchi. Istiqbolli shassi xarakteristikalari unga "Sprut-SD" samoxodkasidagi singari silliq stvolli pushkaga ega qurol-aslaha majmuasini oʻrnatishga imkon beradi, deb tushuntiradi "Harbiy sanoat kompaniyasi" bosh direktori Aleksandr Krasovitskiy.
Vertolet Mi-26 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Analitika
"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolyotlari Kavkaz tomon yoʻl oldi
Qoʻshinlar safida gʻildirakli tanklar qanday oʻrinni egallashi mumkinligi haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.

Suriyada asqotadi

Krasovitskiyning soʻzlariga koʻra, unifikatsiyalashtirilgan "Bumerang" gʻildirakli platformasi ishlanmasi yakunlanishiga oz qolgan — u asosida qurilgan K-16 bronetransporterining davlat sinovlari yil yakuniga qadar rejalashtirilgan. Muhandislarning taʼkidiga koʻra, konstruktsiyada fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlaridan foydalanilgan.
Kelgusi rejalar — istiqbolli BMP K-17, maxsus texnika va boshqa namunalarni sinovdan oʻtkazish. "Harbiy-sanoat kompaniyasi" bosh direktori "Bumerang" platformasida gʻildirakli tankning qisqa muddatda yaratilishi - sanoat uchun muammo emas.
Garchi bunday texnika Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan boʻlsa-da, Rossiya armiyasida toʻliq aylanadigan bashnyada kuchli qurol bilan jihozlangan gʻildirakli tanklar - zirhli mashinalar oilasining norasmiy nomi shunday - yoʻq edi. Garchi ushbu mashinalar himoya jihatdan gusenitsali transport vositalariga yon bersada, ammo tezlik, manyovr qila olish va xod zaxirasi jihatdan ularni sezilarli darajada ortda qoldiradi.
Otkrыtiye mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2020
Analitika
“Bu yutuq”: Rossiya tank jangining yangi texnikasini sinab koʻrmoqda
"Gʻildirakli tanklar ular uchun mos gruntga ega mamlakatlarda keng tarqalgan, — deya hikoya qiladi RIA Novostiga harbiy ekspert Aleksey Leonkov. — Masalan, Afrikada. Shu bois, jumladan, JARda asosiy talab aynan gʻildirakli tanklargadir. Ularning asosiy afzalliklari — tezlik va taʼmirlashlar orasidagi bosib oʻtadigan masofadir. Agar asosiy jangovar tank, qoʻpol qilib aytganda, oʻn ming kilometrdan soʻng sinsa, pushkali broneavtomobil belgilangan yuz ming kilometrni bosib oʻtadi".
Ekspertning soʻzlariga koʻra, bu singari tanklar Rossiya armiyasiga temir yoʻl oʻtkazish imkoniyati ancha zaif boʻlgan markaziy osiyo yoʻnalishida asqotgan boʻlardi: gʻildirakli bronemashinalarni avtotrassalar boʻylab oʻtkazish ancha oson. Bundan tashqari, bunday texnika xuddi oʻsha - Suriyani patrullashda yordam berishi mumkin. Hozir u yerda harbiy politsiya "Tigr" zirhlangan avtomobillari va BTR-82Ada harakatlanmoqda.
Leonkovning taʼkidlashicha, istiqbolli tank, xuddi bronetransporter singari, suvli toʻsiqlarni yengib oʻtishga qodir, yurib va suzib ketayotgan vaqtida zarba bera oladi. Qudratli qurol-aslahaga egaligi tufayli uni reydlarda kabi, umumqoʻshin operatsiyalarida — masalan, flangalarda, razvedkada, dozorda va jangovar mudofaada ham qoʻllash mumkin.

Yirik kalibr

Gʻildirakli transport vositalarining yoʻlga nisbatan yumshoqroq taʼsiri ham muhimdir. Poʻlatdan yasalgan tank traklari hatto eng mustahkam asfaltni ham barbod qilishi hech kimga sir emas. Aynan shu uchun ogʻir zirhli transportni maxsus transporter-shatakchilarda tashishni afzal koʻrishadi. Yuk ortish va tushirish anchagina vaqtni oladi, gʻildirakli tank esa hech qanday kechikishsiz yoki maxsus tayyorgarliksiz marshdan jangga kirishishga shay.
Rossiya razvernula v Sirii ZRK S-400 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Rossiya
“Triumf”, “Armata” va albatta “Tornado”: BAAda Rossiyaning eng soʻnggi qurollari
Istiqbolli tankning HDQ uchun yaratilgan xuddi "Sprut-SD" samoxodkasidagi singari 125 millimetrli pushkasiga jangovar boʻlimning asosiy quroli sifatida qaraladi. Oʻqlantiruvchi avtomat va 40 snaryadli jangovar komplektga ega stabillashtirilgan tizim asosidagi silliq stvolli 2A75 T-72 va T-90 tanklarining 2A46M qurollariga oʻxshash. Samoxod tegishli kalibrdagi barcha turdagi aslaha zaxiralari hamda boshqariluvchi tanklarga qarshi raketalar yordamida oʻt ochadi. Jangovar boʻlimning qoʻshimcha yordamchi aslahasi — 7,62 millimetrli kalibrga ega qoʻsh PKT pulemet ustanovkasidir.
Bunday aslahalar bilan taʼminlangan pushkali "Bumerang" dunyodagi eng qudratli gʻildirakli tankka aylanishi mumkin. Gʻarb va Sharq mamlakatlarida ushbu sinfga mansub jangovar texnikalarning aksariyati 105 millimetr kalibrga teng qurollarga egadir. Gʻildirakli taknlar NATOga aʼzo bir nechta mamlakatlar va Osiyo mintaqasida qurollar safida turadi. Bu Stryker platformasi asosida ishlangan amerikaning M1128 MGS, Frantsiyaning AMX-10RC, yaponlarning MCV, italiyaning Centaurosidir. Mudofaa vazirligi 2010 yillarning boshida Rim bilan quruqlikdagi qoʻshinlar uchun Centauro partiyasini xarid qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazgan. Mashinalarning bir nechtasi hattoki Rossiyaga sinovlar uchun olib kelingan ham, ammo ish shu bilan yakunlangan: italiya gʻildirakli tanklari Rossiyaning jangovar texnika ishonchliligiga qoʻyiladigan talablarga javob bermagan.
Vertoletы Voyenno-vozdushnыx sil Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Dunyoda
"Rosoboroneksport" 13 milliard dollarga qurol sotdi

Tanklarga va dronlarga qarshi

Istiqbolli "Bumerang" gʻildirakli platformasini ilk bor Gʻalaba paradida 2015 yilda namoyish qilishgan edi. Bu baza asosida ishlangan texnika sovet davrida, qolaversa keyinchalik RFda yaratilgan BTR oilasiga mansub bronetransporterlardan yirikroq va qudratliroqdir.
Shosseda 750 ot kuchiga ega YAMZ-780 dvigatel mashinani soatiga 100 kilometr tezlikda yeldira oladi. Motor boʻlimi — old qismda, bu esa desantga tankning orqa qismidan mashina ichiga kirish va chiqish imkonini beradi. "Bumerang" oilasiga mansub mashinalarning zirhlanish darajasi koʻp qavatli boʻlib, tarkibida loy ham aralashgan. Bu esa gomogen himoyadan ancha ishonchliroqdir.
Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2020
Kolumnistlar
Rossiya quroli: Su-57 qiruvchisi va “ovchi” ogʻir zarba droni
Hozircha "Bumerang" oilasining eng qudratli mashinasi - masofadan boshqariladigan "Bumerang-BM" universal jangovar moduliga ega gʻildirakli K-17 pexota jangovar mashinasi sanaladi. Quroli - 30 mm avtomatik 2A42 pushkasi (selektiv boyepitaniye va 500 tagacha snaryadlar zaxirasiga ega), tanklarga qarshi - "Kornet" tanklarga qarshi boshqariladigan raketa qoʻsh pusk ustanovkasiga ega.
Ammo bundan ham jiddiyroq variantlar bor. K-17 uchun ehtimoliy jangovar modullardan biri — AU-220M "Baykal" boʻlib, u daqiqasiga 120ta oʻq uza oladigan 57-millimetrli pushkaga ega. Bu mashina ega boʻlgan snaryadlar quvvati gʻarb maktabining barcha zamonaviy pexota jangovar mashinalariga qarshi kurash uchun yetarli sanaladi. Bundan tashqari, 57 millimetrga ega kalibr uchuvchisiz uchish apparatlarini, xususan, kichik oʻlchamdagilarini ham 12 kilometrgacha boʻlgan masofada samarali yoʻq qilishga qodir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala