Oʻzbekistonlik oʻqituvchilar fikrini xalqaro miqyosda oʻrganish istiqbollari muhokama qilindi

Shkolnыe budni - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Oʻzbekiston umumtaʼlim muassasalarining TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018 yildagi qarorida belgilangan. Taʼlim inspektsiyasi va OECD oʻrtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar natijasida, tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan
TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. Taʼlim inspektsiyasi rahbariyati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) vakillari oʻrtasida Oʻzbekistonning 2024 yilgi Taʼlim berish va oʻqitish sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (TALIS)da qatnashishi masalalariga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
330 shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Jamiyat
Shermatov: yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi
Unda Taʼlim inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, inspektsiyaning tegishli boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek uning huzuridagi Milliy markaz jamoasi, hamda OECD tashkilotining TALIS boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Karin Trembley, TALIS analitigi, xalqaro hamkorliklar boshqaruvchisi Sofi Vayssett va Pablo Freyzerlar ishtirok etdi.
TALIS (Teaching and Learning International Survey) oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot boʻlib, har 6 yilda oʻtkaziladi. Soʻnggi marta 2018 yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020 yilda iyun oyida eʼlon qilingan.
Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.
Uzbekskiye shkolniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Jamiyat
Maktabda toʻplangan oʻrtacha ball kirish imtihonida hisobga olinadi - yangi qonun
Muhokamalar avvalida Taʼlim inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev xorijiy hamkorlarga Oʻzbekiston taʼlim tizimi va pedagog kadrlar faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
"Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tashkil topgan kunlardan boshlab, tizimda sifat koʻrsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilib kelmoqda. Shu nuqtayi-nazardan sohadagi muammo va yutuqlarimizni va shaffof tarzda aniqlab olish biz uchun juda muhim. Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi Oʻzbekistondagi taʼlim tizimini obʼyektiv baholab, muammo va kamchiliklarni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishga va kelgusidagi rejalarni yanada aniqroq belgilab olishga xizmat qiladi", – dedi Taʼlim inspektsiyasi boshligʻi.
TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasalari, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan.
Shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Jamiyat
Maktablar ahvoliga qarab 8ta toifaga boʻlingan – vazirlik
Oʻzbekiston umumtaʼlim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018 yildagi qarorida belgilangan boʻlib, tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha moliyaviy masalalar esa inspektsiya va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihada koʻzda tutilgan.
Inspektsiya va OECD oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda ishtirok etish yoʻnalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning mantiqiy davomi boʻlib, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala