Siyosat

YEOII, KXSHT va rus tili - Japarov va Putin nimalarni muhokama qilishdi

© POOL / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov (sleva) vo vremya vstrechi v Kremle
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov (sleva) vo vremya vstrechi v Kremle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Sadir Japarov Vladimir Putin bilan uchrashuv davomida ittifoqlar doirasida hamkorlik qilish Qiriziston tashqi siyosati va iqtisodining ustuvor rivojlanish yoʻnalish boʻlib qolishini taʼkidladi.
TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov oʻzining birinchi xoridiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirdi. Rasmiy qabul 24 fevral kuni Kreml saroyida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv boshida Qirgʻiziston prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaga taklifi uchun minnatdorlik bildirdi va ikki davlat orasidagi munosabatlarning yuqori darajada ekanini qayd etdi.
“Qirgʻiziston prezidenti sifatida mening birinchi xorijiy tashrifim Rossiyaga amalga oshirilishi – shubhasiz, davlatlarimiz orasida munosabatlar yuqori darajada ekanini tasdiqlaydi. Biz strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda davom etamiz”, - dedi Japarov.
 Shuningdek Qirgʻiziston prezidenti respublikada siyosiy inqirozni bartaraf etishda Rossiyaning yordami uchun minnatdorlik billdirdi.
Kak proshla pervaya vstrecha Sadыra Japarova i Vladimira Putina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Video
Putin va Japarovning birinchi uchrashuvi qanday oʻtdi – video  
“Biz YEOII, MDH, KXSHT va SHHT doirasida hamkorlikni davom ettiramiz. Bu respublikamizning  tashqi siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yoʻlida - ustuvor yoʻnalish boʻlib qoladi. Pandemiya kabi murakkab davrda bizga koʻrsatgan yordamingiz uchun sizga alohida minnatdorlik bildirmoqchimiz. Rossiya vaktsinasining yuqori samaradorligi va xavfsizligi dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biz ham yaqin orada aholini ommaviy vaktsinatsiya qilish kampaniyasini boshlashdan umidvormiz”, - dedi Qirgʻiziston prezidenti.
Uchrashuv davomida Qirgʻiziston prezidenti Vladimir Putinni unga qulay boʻlgan vaqtda Qirgʻizistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
Rossiya prezidenti Sadir Japarovni prezidentlik lavozimiga rasman kirishishi bilan tabrikladi va koronavirus bilan bogʻliq cheklovlar tufayli ushbu uchrashuvni tashkil qilish oson boʻlmaganini taʼkidladi.
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Rossiya
YEOII: Qirgʻiziston migrantlar uchun chegaralarni ochishni taklif qildi
Shuningdek Putin, Rossiya va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasida ekanini hamda iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Rossiya Qirzigʻistonning birinchi raqamli hamkori ekanini alohida qayd etib oʻtdi.
Undan tashqari Rossiya prezidenti, koronavirusga qarshi kurash borasida Qirgʻizistonda olib borilayotgan ishlar samarali ekanini va bu borada Rossiya bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida bildirilayotgan qoʻshimcha takliflar borasida Rossiya Qirgʻizistonni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Shu bilan birga, Vladimir Putin Sadir Japarovga Qirgʻizistonda rus tilining davlat tili maqomida saqlab qolinayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirib oʻtdi.
"Men, ikki tomonlama munosabatlarimizning yana bir oʻta muhim jihatini qayd etmoqchiman - bu Siz tomondan (Qirgʻizistonda-tahr.) rus tilining davlat maqomini saqlab qolganingiz. Bu biz uchun juda muhim...", - dedi Putin. 
"Biz uchun ham muhim", - deb qoʻshimcha qildi Japarov. 
Vladimir Putin rus tili qirgʻiziston fuqarolariga Rossiyada ishlashi uchun qulay imkoniyatlar yaratishini va kelajakda ham ushbu samarali hamkorlik saqlanib qolishini qayd etdi va Qirgʻizistonda rus tilini oʻrganish uchun sharoit yaratishda yordam berishini bildirdi. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala