Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Internet tezligida Oʻzbekiston pozitsiyasi ikki pogʻona yaxshilandi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Fotobankka oʻtishMontaj vыshek sotovoy svyazi
Montaj vыshek sotovoy svyazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
2021 yil yanvar oyi natijalariga koʻra Oʻzbekiston yana ikkitta pogʻonaga koʻtarilib, hozirgi kunda 128-pozitsiyani egallamoqda. Mobil Internet tezligi esa 12,94 Mbit/s ni tashkil etgan.
TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha pozitsiyasi yuqoriladi. Speedtest global reytingi xulosalari bundan dalolat bermoqda.
Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2020
Jamiyat
Ayrim joylarda mobil internet tezligi nega pasayganiga izoh berildi
2021 yil yanvar oyi maʼlumotlariga koʻra, aniqlangan Internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston umumiy reytingida ikkitta pozitsiyaga koʻtarilib, 94-pogʻonani egallamoqda. Yuklash boʻyicha tezligi esa 34,62 Mbit/s mo tashkil etdi.
Mobil Internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatqich qayd etilgan. 2021 yil yanvar oyi natijalariga koʻra Oʻzbekiston yana ikkitta pogʻonaga koʻtarilib, hozirgi kunda 128-pozitsiyani egallamoqda. Mobil Internet tezligi esa 12,94 Mbit/s ni tashkil etdi.
MDH davlatlari orasida mobil internet tezligi boʻyicha Tojikiston 129-oʻrinni, Qozogʻiston 105-oʻrinni, Rossiya esa 93-oʻrinni, Qirgʻiziston - 101-oʻrinni egallagan.
Vыsokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2020
Jamiyat
Qulay sayohat: Oʻzbekiston poyezdlarida "kichik internet" ishga tushadi
Taʼkidlash joizki, soʻnggi ikki yil ichida Internet tezligi boʻyicha umumjahon reytingida Oʻzbekiston pozitsiyalari tobora yaxshilanmoqda. Jumladan, soʻnggi ikki yil ichida (2019 yil yanvar oyidan 2021 yil yanvargacha) Oʻzbekistonda aniqlangan Internet tezligi 3 barovarga oʻsgan — 10,89 Mbit/s dan 34,26 Mbit/s gacha. 2020 yil yanvar oyida Oʻzbekiston aniqlangan Internet tezligi boʻyicha 104-pogʻonani egallagan boʻlsa, 2021 yil yanvar oyida esa 94-oʻringacha koʻtarildi,
Speedtest Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida tahlil olib boradi va maʼlumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va eʼlon qiladi.
Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test oʻtkazuvchi jaxondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini testdan oʻtkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar oʻtkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob maʼlumotlarga ega boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala