Dunyoda

Saudiyalik jurnalist Xashoggining Istanbulda oʻldirilishi - AQSH merosxoʻr shahzodani aybladi

© AP Photo / Lefteris PitarakisPortret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Razvedka maʼlumotiga koʻra, mamlakatda qaror qabul qilish ustidan nazorat darajasi shu qadar yuqoriki, bu singari ishlar shahzodaning "oq fotihasi"siz roʻy berishi mumkin emas.
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Jurnalist Jamol Xashoggining Istanbulda qoʻlga olinishi yoki oʻldirilishi boʻyicha operatsiya 2018 yilda Saudiya Arabistoni merosxoʻr shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan shaxsan maʼqullangan. Bu haqda AQSH Milliy razvedkasi direktori ofisi dokladida aytilgan. RIA Novosti xabari asosida.
Glava MID Turtsii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovыm v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2018
Dunyoda
Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda
Razvedka maʼlumotiga koʻra, mamlakatda qaror qabul qilish ustidan nazorat darajasi shu qadar yuqoriki, bu singari ishlar shahzodaning "oq fotihasi"siz roʻy berishi mumkin emas.
"Merosxoʻr shahzoda Xashoggini qirollik uchun tahdid deb bilgan va zarurat tugʻilganida, uning ogʻzini yopish uchun zoʻravonlik choralari qoʻllanilishini keng qoʻllab-quvvatlagan", - deyiladi doklad matnida.
Unda aytilishicha, saudiyalik amaldorlar operatsiyaga oldindan tayyorgarlik koʻrishgan, AQSH "Xashoggi qotilligida "katta ehtimol bilan" qoʻli bor deb gumonlayotgan" 21 kishidan iborat roʻyxat ham keltirilgan. Shu bilan birga, razvedka ushbu aloqador shaxslar operatsiya finali qanday boʻlishini oldindan bilishgan, degan fikrni taʼkidlay olmaydi.
Djamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Tsengiz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2018
Dunyoda
Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qoʻli bor - OAV
Razvedkaning ushbu dokladi eʼlon qilinganidan soʻng, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken "Xashoggi taʼqiqi" kiritilishi haqida eʼlon qildi.
"Bu chet el hukumatlari vakili boʻla turib, dissidentlarga, jumladan, oʻz ishi tufayli dissidentlar hisoblanuvchi jurnalistlar, faollar yoki boshqa shaxslarni bostirish, taʼqib qilish, kuzatish, qoʻrqitish yoki boshqa ziyon yetkazish singari jiddiy eksteritorial harakatlarda qatnashgan shaxslarga viza cheklovlarini kiritish imkonini beradi", - deydi amaldor.
Doklad eʼlon qilinganidan soʻng oʻldirilgan jurnalistning rafiqasi Xatija Jengiz Twitter da #justiceforjamal ("Jamol uchun adolat") xeshtegini joylashtirdi.
BMTning suddan tashqari qatllar boʻyicha maxsus maʼruzachisi Anyes Kallamar AQShni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga qarshi sanktsiyalarni qoʻllashga chaqirdi.
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2020
Dunyoda
Jurnalist Xashoggining oʻlimida ayblanganlar ustidan hukm chiqarildi
"Qoʻshma Shtatlar hukumati valiahd shahzodaga, boshqa jinoyatchilarga boʻlgani kabi, uning shaxsiy aktivlariga, shuningdek xalqaro majburiyatlariga nisbatan ham sanktsiyalarni qoʻllashi kerak", - deyiladi bayonotda.
Oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni hukumati AQSH razvedkasining merosxoʻr shahzoda Xashoggi qotilligiga aloqadorligi toʻgʻrisidagi dokladi xulosalarini rad etdi.
"Saudiya Arabistoni Qirolligi hukumati hisobotda keltirilgan Qirollik rahbariyatiga berilgan negativ, yolgʻon va maqbul boʻlmagan bahosini butunlay rad etadi va hisobotda noaniq maʼlumotlar va xulosalar boʻlganligini taʼkidlaydi", - deyiladi TIV bayonotida.
Yaqin sharq qirolligi Tashqi ishlar vazirligi shuningdek, AQSH va qirollik oʻrtasida "mustahkam sheriklik" mavjudligini qayd etib oʻtgan.
Jamal Xashoggi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2019
Siyosat
BMT maxsus maʼruzachisi Xashoggi dokladi boʻyicha Ar-Riyod bilan sudlashishga tayyor

Konsullikda yuz bergan qotillik

Taniqli saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi 2017 yildan AQShda istiqomat qilgan va Washington Post gazetasida faoliyat yuritgan. U 2018-yilning oktyabrida Istanbulda oʻldirilgan edi. Avvaliga saudiya hukumati uning Saudiya Arabistoni Qirolligi konsulligi hududida gʻoyib boʻlganini toʻliq rad etgan, ammo video- va audio yozuvlarning paydo boʻlganidan soʻng Xashoggi "konsullik xodimlari bilan yuz bergan mojaro oqibatida oʻldirilganligini" tan olishdi.
Turkiya politsiyasi jurnalist jasadini topa olmadi.
Arab matbuoti, Saudiya Arabistoni hukumati harakatlarini tanqid qilgan Xashoggini oʻldirish buyrugʻi qirollikdagi taxt uchun daʼvogar - valiahd shahzoda tomonidan berilgan boʻlishi mumkinligi haqidagi versiyalarni ilgari surgan edi. Biroq, Qirollik Tashqi ishlar vazirligi valiahd shahzodaning bu jinoyatga mutlaqo aloqasi yoʻqligini taʼkidlab kelgan.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala