Dunyoda

Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaktsina poygasida gʻolib chiqqani haqida maqola

© Sputnik / Fotobankka oʻtishV Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Koronavirusga qarshi vaktsinalar poygasi Yevropa tomonidan boy berildi: birinchi oʻrinlarni Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Hindiston va Xitoy egalladi. Bu qanday roʻy berdi?
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Frantsiyalik jurnalist Lyuk de Baroshe koronavirusga qarshi jahon vaktsinalar poygasida Yevropani magʻlubiyatga olib kelgan xatolarni sanab oʻtdi. Bu haqda u Le Point nashrida chop etgan maqolasida toʻxtalgan.
De Baroshening soʻzlariga koʻra, har bir mamlakat jahon bozoriga preparatlarni yetkazib berish uchun shaxsan javob beradi. Yevropa oʻzining notashkilotchiligi tufayli “geosiyosiy narxni” toʻlamoqda.
Rossiyskaya vaktsina Spuntik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Kolumnistlar
Vaktsina va siyosat: Yevropaga kirish uchun qanday vaktsina kerak?
Ayrim davlatlar hukumatlarining harakatlari tufayli yuzaga kelgan oqibatlar fojialidir. Jurnalist taʼkidiga koʻra, ushbu davlatlarda koronavirusdan oʻlim darajasi ortishi kuzatilmoqda, cheklovlar kuchaytirilmoqda va iqtisodiyot templarini rivojlantiradigan AQSH hamda Xitoy bilan uzilish ortmoqda.
"Yevropa ittifoqining birorta davlati – vaktsina ishlab chiqaradigan eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilar orasida yoʻq, xususan, AQSH, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya singari”, - deydi de Baroshe.
U shuningdek, ushbu davlatlar hammadan koʻra tezroq vaziyatni tahlil qilib, zarur choralarni koʻrganini qayd etgan. Ular COVID-19ga qarshi vaktsinani yaratdilar va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirdilar. Bu, jurnalist fikriga koʻra, ularga geosiyosiy dividendlar olishga yordam beradi.
Shu bilan birga, de Baroshe koronavirusga qarshi preparatlarning boshqa davlatlarga yetkazib berilishi koʻlamlariga eʼtibor qaratdi.
Rossiyskaya vaktsina Sputnik V v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaktsinalar reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi
Xususan, uning qayd etishicha, Pekin 40ta mamlakatga 80 million doza vaktsina sotgan, Nyu-Deli - 25 million. Rossiyaning "Sputnik V"si ham ortda qolayotgani yoʻq, u dunyoning 40dan ortiq mamlakatlariga yetkazib berilmoqda.
Jurnalist shu yerda Gʻarbning xudbinligiga eʼtibor qaratgan. Uning fikricha, AQSH ichki ishlab chiqarishdagi vaktsinalarning kattagina qismini oʻzi uchun zaxiraga olib qoʻygan, Yevropa ittifoqi esa darhol eksport nazoratini joriy qilgan.
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Oʻzbekistonda Sputnik V vaktsinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanadi - Qurbonov
"Bu xudbinlikning siyosiy bahosi bor. Xalqaro maydonda Jo Bayden tomonidan "Amerika qaytdi”, deya aytilgan shiori boy davlatlarning ziqnaligi bois maʼnosiz yangramoqda”, - deya taʼkidlaydi de Baroshe.
Jurnalist taʼkidiga koʻra, vaktsinalarni yetkazib berish borasida global hamkorlik ancha samarali boʻlar edi va buning natijasida jahon iqtisodi tiklanishi ham tezlashardi.
"Ammo Yevropa ittifoqi hech narsa taklif etolmaydi", - deydi de Baroshe.
Uning soʻzlariga koʻra, "Yevropa amalga oshmaydigan orzuga ishonishda davom etmoqda”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala