Jamiyat

YEI davlatlari AstraZeneca bilan emlashni toʻxtatdi. Oʻzbekiston qanday yoʻl tutadi?

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishShprits na fone logotipa AstraZeneca
Shprits na fone logotipa AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Ilgariroq Oʻzbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaktsinasi olib kelinishi, vaktsinaning dastlabki partiyasi 20 martga qadar keltirilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Hozirga kelib Yevropaning oʻnta davlati emlash jarayonidan soʻng tromblar paydo boʻlishi kuzatilgani sabab AstraZeneca vaktsinasi bilan emlashni keyinga qoldirilgani maʼlum qildi.
Sal avval Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaktsinasi olib kelinishi, vaktsinaning dastlabki partiyasi 20 martga qadar keltirilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
Roʻy berayotgan voqealar fonida AstraZeneca Oʻzbekistonga olib kelinadimi, degan savolga "Toshkent" kanaliga bergan intervyusida tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrullo Mustafoyev javob bergan.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Dunyoda
Italiya, Norvegiya va Daniya AstraZeneca vaktsinasi bilan emlashni toʻxtatdi
"Xabarlarni men ham oʻqidim. <…> Oʻylab koʻraylik, Daniya, Shvetsiya Yevropa davlatlari ichida eng rivojlangan davlatlar hisoblanadi. Ular ham shu vaktsinadan foydalanyapti. Endi hozir toʻxtatib qoʻydi. AstraZeneca hamma sinovlardan oʻtgan, BSST tomonidan tavsiya berilgan. Bizning olimlar ham uni tekshirgan. Vahimaga yoki havotirga oʻrin yoʻq", — deya qayd etgan Xayrullo Mustafoyev.

Emlash jarayonining toʻxtatilishi

Bugunga kelib qator davlatlar AstraZeneca vaktsinasidan foydalanishni qisman yoki toʻliq toʻxtatishgan. Davlatlar roʻyxati quyidagicha: Avstriya, Estoniya, Litva, Latviya, Lyuksemburg, Kipr, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya, Bolgariya, Rumыniya, Tailand.
Bunday qaror qabul qilinishiga preparatdan foydalangach yuzaga kelayotgan tromboz holatlari haqidagi xabarlar sabab boʻlgan.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaktsina poygasida gʻolib chiqqani haqida maqola
Preparatdan foydalanishni birinchilardan boʻlib Avstriya hukumati toʻxtatgan. Venadan keyin Daniya, Norvegiya va Islandiya ham shunday qaror qabul qilgan. Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Kipr va Latviya AstraZeneca vaktsinasining muammoli partiyasidan foydalanishdan voz kechgan.
Italiya ham muzokarali bir partiyani man etgan.
2021 yil 10 mart holatiga koʻra, Yevropa iqtisodiy zonasida COVID-19ga qarshi AstraZeneca vaktsinasi bilan emlangan insonlar orasida 30ta tromboembolik asoratli holatlar qayd etilgan, shu jumladan, bir inson hayotdan koʻz yumgan.
Bu besh million emlanganlar ichida 30ta asoratli holatlar demakdir.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti nima deydi?

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Yevropa ittifoqining ayrim mamlakatlari AstraZeneca vaktsinasidan foydalanishdan voz kechishgani haqidagi xabarlarni tahlil qilmoqda.
Bu haqda BSST vakili RIA Novostiga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
Tashkilot, deya aniqlik kiritgan suhbatdosh, nima yuz berayotgani borasida aniq tushunchaga ega boʻlgach, oʻz xulosalarini ommaga eʼlon qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala