Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

Sergey Aksenov: Qrim tiz choʻkmaydi

© Sputnik / Max Vetrov / Fotobankka oʻtishGlava Respubliki Krыm Sergey Aksenov
Glava Respubliki Krыm Sergey Aksenov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qayta qoʻshilish kunining yetti yilligi arafasida RIA Novosti Qrim Respbulikasi rahbari bilan intervyu oʻtkazdi.
Sergey Aksenov Yarim orolning iqtisodiy rejalari, Ukraina bilan qoʻshnichilik munosabatlarni tiklash, sohil boʻyidagi noqonuniy qurilishlar va boshqa masalalar borasida fikr bildirdi. Suhbatni Maksim Groznov olib bordi.
— Sergey Valeryevich, Rossiyaliklarning 81 % Qrimni Rossiyaga qoʻshilishiga ijobiy munosabatda, 40% -tarixiy nuqtai nazardan toʻgʻri deb hisoblaydi. Siz bu borada qanday fikrdasiz?
— Bu tarixiy adolat boʻldi – shuning uchun ham uni koʻpchillik qoʻllab quvvatlaydi. Qrim har doim Rossiyaga tegishli boʻlgan. 1954 yilda KPSS Birinchi kotibi Xruщev uni, Ukraina tarkibiga oʻtkazishga qaror qilgan. Ushbu oʻzgarishlar bir davlat ichida boʻlgan: hamma joyda bir xil pul – rubl boʻlgan, chetga chiqish pasporti kerak boʻlmagani sababli odamlar farqini tushunmagan. Umuman urushdan keyingi yillarda odamlarning boshqa tashvishlari koʻp boʻlgan. Agar biror kishi kelajakda nima boʻlishini bila olganida edi – aholi oʻshanda ham qarshi chiqqan boʻlardi.
Flag Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Dunyoda
Ukraina Oʻzbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
2014 yilda prezident tomonidan tarixiy qaror qabul qilindi. Uni aksariyat qrimliklar qoʻllab-quvvatlashdi. Ushbu qarorning asosini - fuqarolarni himoya qilish gʻoyasi tashkil qilardi.
— Qrimliklar sizning 2014 yil 7 martda ukraina telekanali orqali chiqishingizni yaxshi eslashadi. Oʻshanda Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kravchuk sizdan tayyorlanayotgan referendumning qonuniyligi haqida soʻragan edi. Siz oʻshanda – ushbu qaror shaxsi siz tomondan emas Qrim parlamenti tomonidan qabul qilinganini va uni amalga oshirish mumkin deb hisoblashingizni aytgan edingiz. Hozir buni qanday izohlagan boʻlar edingiz?
— Bu rost. Qrim parlamenti v qonun chiqaruvchi organ. U fuqarolar manfaalari yoʻlida ana shunday qaror qabul qilish huquqiga ega. Qonuniy jihatdan hammasi toʻgʻri boʻlgan. Janob Kravchukka men aynan shunday javob berganman. Oʻshanda u mendan “Javobgarlikni boʻynigga olasanmi?” deb soʻraganda “Ha, olaman” deb javob berganman. Chunki men biz toʻgʻri yoʻldan ketayotganimizga ishonchim komil edi.
— Ukraina przidenti Zelenskiyning “sugʻurib olingan yurak” qabilida aytilgan bayonotlaridan va “Qrim platformasi” sammiti oʻtkazilishi rejalari ochiqlanganidan soʻng, Ukraina bilan munosabatlar tiklanishiga ishonchingiz komilmi?
— Bu platformalarning barchasi – yolgʻon. Bu - qalbaki siyosatchilar safsatasi xolos. Bu amalga oshmas ozu ekanini ular yaxshi bilishadi, lekin oʻzlarida hayot kun sayin yomonlashib borayotganidan soʻng ular ham nimadir qilishlari kerak-ku. Kiyevda bugungi rahbariyat, Verxovnaya Radadagi bugungi siyosatchilar turar ekan - munosabatlar iliqlashishiga umid yoʻq, menimcha.
Ukrainaliklar toʻgʻri qaror qabul qilib oʻzlariga yaxshi rahbariyat saylashlariga umid qilib qolaman. Sogʻlom fikr ustuvor boʻlishi kerak.
— Nima deb oʻylaysiz, jiddiy harbiy mojaro uyushtirib va NATO qoʻshinlarini Qora dengiz hududiga jalb qilish uchun Ukraina tomonidan harbiy provokatsiyalar uyushtirilishi mumkinmi?
— Amerikaliklar uchun mojaro boʻlsa yaxshi, lekin ularning oʻzlari hech qachon unda ishtirok etishmaydi.Bugun hech kim Rossiya bilan harbiy nuqtai nazardan bellashishga qodir emas. Agar biror kishi bunga bel bogʻlasa ham, bizga hech narsa xavf solmasligiga ishonchim komil, Rossiyada yetarlicha kuch bor.
Qrim sababli: NATO Rossiya armiyasini taqiqlashni orzu qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2020
Video
Qrim sababli: NATO Rossiya armiyasini taqiqlashni orzu qilmoqda
Rossiya boʻlmagan dunyo hech kimga qiziq emas va unday boʻlmaydi ham, deb Vladimir Vladimirovich toʻgʻri aytgan edi. Kimningdir buni amalga oshirishiga qurbi yetadi deb oʻylamayman.
Amerikaliklar ushbu mojaroga Ukrainani tiqishtirishga harakat qilishadi. Mudofaa nuqtai nazaridan Qrim – zabt etib boʻlmas qalʼa, butun Rossiya kabi.Biz har qanday hujumni himoya qilishga tayyormiz, NATO davlatidan ham boshqalardan ham. Bu tomondan Qrimliklarga va Rossiyaliklarga hech narsa xavf solmayapti.
Mahalliy nuqtai nazardan – ayrim chegaralarda provokatsiyalar boʻlishi mumkin. Donbassda, Lugansk xalq respublikasida. U yerlarga vaziyatni beqaror qilish uchun turli diversion guruhlar yuborilishi mumkin. Ular vaziyatni beqaror qilishga harakat qilishga urinishadi.
— 2020 yil davomida Qrimda oziq-ovqatlar, turar joy narxi oshdi. Ishsizlik ham kuchaymoqda. Yaqinda, iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov tashrifi dorasidla siz yirik logistika markazi tashkil qilish va yangi koʻngilochar markazlar haqida gapirgan edingiz. Bu ishlar muammoni qisman boʻlsa ham hal qiladimi? Koʻngilochar markazlar – qimor oʻyinxonalar boʻlmasa, ular nima?
— Yoʻq ular kazino emas, gap "Sochi Park" kabi bolalar koʻngilochar markazlari haqida ketmoqda. Markazlar investorlar mablagʻi asosida quriladi. Byudjet xarajatlari esa – infratuzilma uchun sarflanadi. Bizga ana shunday oʻsish nuqtalari kerak. Qrim – turistik hudud. Turistlar dam olishni tashkil qilish kerak, bolalar bilan birga vaqt oʻtkazadigan joylar boʻlishi kerak. Biz uchun esa bu qoʻshimcha soliqlar degani.
Yevpatoriya va Yalta hududiga oish ikkita loyiha bor. Bizda aniq takliflar bor, hozir ular uchun yer ajratish imkoniyatlarini oʻrganmoqdamiz. Menimcha bir necha hafta ichida biz Iqtisodiy rivojlanish vazirligimizdagi Sarmoyalar kengashiga ular borasida taklif kiritamiz.
— Davlat dumasida kichik mehmonxonalarni legallashtirish borsida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda “mehon uyi” tushunchasini qonuniylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu qonun hozir qaysi bosqichda va u qachon qabul qilinishi mumkin?
— Hozir ushbu loyiha soʻnggi bosqich kelishuvlardan oʻtmoqda. Rosturizm, Rospotrebnadzor, VFF dastlabki roziligin bergan. Hafta oxiriga qadar qonunning yakuning tahriri tayyor boʻladi. Ushbu yilgi turizm mavsumi boshlanguniga qadar uni qabul qilmoqchimiz. Odamlar xotirjam xizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻlishlari uchun.
Gruzovoy sostav na Krыmskom mostu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2020
Analitika
Qrim koʻprigi yana AQSH tomogʻidagi suyakka aylandi
Bugungi kunda 9,5 mingdan ortiq “uy-mehmonxonalar” iqtisodiy faoliyat yuritmoqda, lekin soliqlar toʻlagani yoʻq. 2020 yilda biz, koronavirus tufayli ushbu masalaga yumshoq yondashgan edik, rejali tekshiruvlar oʻtkazmagan edik. Bu yil ularning roʻyxati tuzilgan va barchaga faoliyatini legallashtirishni maslahat beramiz. Bu vaziyatdan chiqishning toʻgʻri yoʻli.
Ustiga ustak, qonuniy ishlaydigan mehmonxonalar tur operatorlardan qish mavsumi va yil boʻyi mijoz qabul qilishi, keshbek va boshqa turli imtiyozli dasturlarda ishtirok etishlari mumkin.
— Qirgʻoqboʻyi chizigʻida noqonuniy qurilishlar bilan kurash qanday olib borilmoqda?
— Bu borada bir qator qonuniy muammolar mavjud. Barchasini qoʻlda yechishga toʻgʻri kelmoqda. Biz Bosh prokuratura bilan ishchi guruh tuzganmiz. Ayrim qurilgan uylarda fuqarolar allaqachon yashamoqda.
— Yanvarda Rossiyaning ayrim shaharlarida norozilik mitinglari boʻlib oʻtgan edi. Simferopol markazida ham bir necha namoyishga chiqqan. Sizningcha ular nima uchun chiqqan edi?
— Notizim muxolifat mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgan vaqtda vaziyatni tebratishga harakat qiladi. Bugun COVID oqibatlari tufayli fuqarolar daromadi kamaygan, biznesga ham ogʻir, lekin qabul qilinayotgan choralar oʻz samarasini bermoqda.
Goroda mira. Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2019
Siyosat
Ukraina TIV Qrim xususida aytilgan gaplar uchun Qozogʻistonga demarsh bilan taxdid qildi
Norozilik namoyishlari esa – Gʻarb mamlakatlari tomonidan tashkil qilingani aniq bilinib turibdi, menimcha. Bu koʻzboʻyamachi Navalnыy, oldin sudlangan, Rossiyaga Amerika maxsus xizmatlari topshirigʻi bilan kelganini yashirmaydi. Navalniy kelgan zahotiyoq hibsga olinishini ular yaxshi bilan. Shunchaki ularga qurbon kerak edi. Qolganlar esa ushbu asosda norozilik uyushtirishdi. Ular Gʻarb maxsus xizmatlari agentlari, shu sababli ularga munosabatim – shunga yarasha.
— Qrimda vaziyatni tebratib izidan chiqarish ehtimoli bormi?
— Qrimda Rossiya bilan qoʻshilishga qarshi boʻlgan fuqarolar bor, lekin ularning soni 3%dan kam. Esingizdami, Kseniya Sobchak 2018 yilda Qrimni Ukrainaga qaytarish dasturi bilan Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etgan edi. Oʻsha vaqtda Qrimga u uchun 17 ming kishi ovoz bergan. Mana shu norozilik potentsiali xolos.
— Sergey Valeryevich, siz 7 yildan buyon Qrimni boshqarib kelmoqdasiz. Siz oʻchun oʻtgan davrda eng ogʻir voqealar nimalar boʻldi?
Kerch fojeasi — eng ogʻir davr boʻldi. Biz u yerda shuncha bolalar, oʻqituvchilarni yoʻqotdik. Armyansk suv muammosi, elektroenergiya muammosi – bularni yengib oʻtdik. Lekin Kerch — bu qaytarib boʻlmas yoʻqotish.
SPUTNIK_Vzrыv v kolledje v Kerchi. Kadrы s mesta proisshestviya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2018
Video
Sarosima va koʻz yoshlar: Kerch politexnika kollejidan videolavha
Qolgan hamma ishni amalga oshirish mumkin. Biz koʻp ishni ilk bor qilmoqdamiz. Masalan chuchuk suv olish moslamasi. MDHda bunday tajriba yoʻq edi. Faqat Qozogʻistonda 1ta ana shunday moslamar ishlagan ekan.
— Qrim xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmayotgani belgilangan maqsadga erishishga xalal bermoqdami?
— Bu faqat kimdir qoʻlidan boy bergan imkoniyatlarni anglatishi mumkin. Sanktsiyalar bizga xalal bermoqda, lekin biz olgʻa yurmoqdamiz. Vaziyat yaxshi boʻlishiga mening ishonchim komil. Biz samarali harakat qilmoqdamiz va tiz choʻkish niyatimiz yoʻq.
— Siz ijtimoiy tarmoqda eng faol rahbarlardan birisiz. Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiluvchi korporatsiyalar yirik siyosatchilar faoliyatini cheklashi mumkin. Siz ish faoliyatida ushbu xizmatlardan voz kechish kerak deb hisoblaysizmi?
— Mening shaxsiy fikrim: ijtimoiy tarmoqlar bugun olib borayotgan siyosati, jamiyatga foydadan koʻra koʻproq zarar keltirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan bugungi kunda qurol, geosiyosiy manipulyatsiya va odamlar orasida dushmanlik uygʻotish vositasi sifatida foydalanilmoqda. Masalan – Rossiya va Qrim OAVlarini arzimagan sabablarga koʻra bloklash.
Baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda provokatorlar va ruhiy nosogʻlom kishilar oʻz aljirashini erkin translyatsiya qilmoqda.
Bunday vaziyatda qatʼiy choralar koʻrish kerak, milliy platformalar yaratish kerak. Bu sohada “import oʻrnini bosish” maksimal darajada boʻlishi kerak. Bu masala hal boʻlishiga ishonchim komil.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala