Madaniyat

Hoshimjonning oʻrnini Spaydermen egallab olsa-da, Toʻxtaboyev oʻz mavzusiga sodiq qoldi...

© KitobxonXudoyberdi Toʻxtaboyev
Xudoyberdi Toʻxtaboyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Yozuvchi Ismoil Shomurodov bolalar adibi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning uslubi va hayot yoʻli haqida oʻz fikrlari bilan baham koʻrishdi.
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning asarlari oʻzbeklarning kamida toʻrtta avlodini tarbiyaladi.
Xoʻsh, uning mashhurligi siri nimada edi?
Avvalambor, Xudoyberdi Toʻxtaboyev sodda, tushunarli va samimiy yozardi. Bejizga bolalar yozuvchisi emasdi-da. Va bir umr shundayligicha qoldi.
Ikkinchidan, uning tili yumorga boy edi. Ha, aynan tili. “Sariq devni minib”da kulgili voqealarga alohida urgʻu berilganiga qaramay, uning boshqa asarlarida ham uslubda yumor ustuvorlik qiladi. Hatto anchayin ayanchli voqealar bayon etilgan, uslub jihatidan gʻamgin bitilishi lozim boʻlgan (yetimlik, nochorlik, ochlik, sarson-sargardonlik) “Besh bolali yigitcha” da ham shuni koʻrish mumkin.
Xudayberdы Tuxtabayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Jamiyat
Madaniyat vaziri yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi
Uchinchidan, sobiq felyetonchi sifatida oʻz davrida jamiyatning dolzarb masalalarini tilga olgan. Albatta, bugungi kunga kelib, bu masalalar allaqachon kun tartibidan tushib qolgan, lekin oʻz vaqtida namoyon etilgan dolzarblik va hozirjavoblik, yozuvchining tanilishiga xizmat qilgan boʻlishi tabiiy.
Toʻrtinchidan, subʼyektiv sabablardan biri, yozuvchi adabiyot maydoniga kirib kelgan davrda millat oʻz ertaklaridan voz kechmagan, u hali ertaklar romantikasida yashayotgan edi. Qolaversa, ertaklar nashr etilib, ularga ikkinchi hayot baxsh etilgan, ular oʻta ommalashgan edi. Shunday bir holatda, yozuvchining ertak orqali oʻrtaga chiqishi ayni muddao boʻlgan.
Albatta, “qayta qurish” davriga kelib yozgan bir-ikki asarlari olqishlar bilan kutib olinmadi. Bir oʻrtada tanqidlar boʻldi. Oʻz davrida olqishlar bilan qarshi olingan “Qasoskorning oltin boshi” romani davr oʻzgardimi, gʻoya oʻzgardimi, ikkinchi oʻringa tushib qolganday boʻldi.
Bora-bora jamiyatda kitobga, adabiyotga eʼtibor susayishi tufayli adibning keyingi asarlari oldingi kitoblarining shuhratini takrorlay olmadi. Davr oʻzgarayotgan, odamlar oʻzgarayotgan, mavzu oʻzgarayotgan edi. Hoshimjonning oʻrnini Spaydermen va uning “oshna”lari egallab oldi...
Xudoyberdi Toʻxtaboyev esa oʻz oʻquvchisi, mavzusiga sodiq edi...
Baribir “Sariq devni minib” oʻzbek bolalar nasrining eng yetuk va sara namunasiligicha qolaverdi.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Jamiyat
Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafot etdi
Bu har bir bola oʻqishi kerak boʻlgan asar. U insonga orzu va tafakkur qilishni oʻrgatadi, kitob oʻqish, kattalar zoʻr berib majburlayotganiga qaramay, maroqli mashgʻulotligini isbotlab beradi.
Afsuski, bugun oʻzbek bolalar nasrida bu kabi asarlar bitilmayapti. Afsuski bu yoʻnalishdagi soʻnggi adib ham hayotni tark etdi... Hayotni tark etdi, lekin adabiyotni emas!
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala