Dunyoda

Lavrov: Yevroittifoq bilan munosabatlar yoʻq qilingan

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabariga koʻra, Kreml Moskvaga qarshi qoʻllanilayotgan sanktsiyalar oʻz maqsadiga yeta olmayotganiga shubha qilmaydi.
TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Moskvaning Yevropa Ittifoqi bilan tashkilot sifatida aloqasi yoʻq, ularni Bryussel yoʻq qildi, deya bayonot qildi TIV rahbari Sergey Lavrov xitoylik hamkasbi Van I bilan muzokaralardan soʻng.
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Siyosat
Bemor AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanadi — Putin Navalnыy haqida
"Agar Yevropa koʻp yillar davomida vujudga keltirilgan mexanizmlarni shunchaki barbod qilib, bu munosabatlarni uzib tashlagan boʻlsa, hozir faqatgina Yevropaning alohida davlatlari, yaʼni oʻz milliy manfaatlarini dasturilamal qilishni xohlagan sheriklargagina egamiz. Ehtimol, aynan shu bizning Xitoy bilan munosabatlarimiz Yevropa mamlakatlaridan qolgan munosabatlarga nisbatan tezroq rivojlanayotganiga olib kelmoqda. Yana bir bor taʼkidlayman, Yevropa ittifoqi bilan tashkilot sifatida munosabatlarimiz yoʻq. Infratuzilmaning bori Bryusselning biryoqlama qarorlari bilan yoʻq qilingan”, - deya taʼkidladi Lavrov.
Vazir “Yevropa ittifoqi Rossiya bilan aloqalarda ushbu anomaliyani yoʻq qilishni maqsadga muvofiq deb topgan taqdirda ham”, Moskva bunday boʻlgan taqdirda ham teng huquqlilik asosida, muvozanatni izlash orqali bu munosabatlarni rivojlantirishga tayyor boʻladi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchaщimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2021
Rossiya
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
"Ammo hozircha gʻarbiy frontda bizda oʻzgarishlar yoʻq ekan, Sharqda kun tartibimiz jadallashib, yiliga sayin tobora boyib bormoqda”, - deya xulosa qildi Lavrov.
Soʻnggi vaqtlarda Yevropa ittifoqining Rossiya bilan munosabatlari “Navalniy ishi” tufayli ziddiy tus oldi. YEI Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi. Rossiya TIV bu sanktsiyalarni “boshi berk koʻchaga olib kiruvchi va noqonuniy yoʻl bilan kiritilgan”, deya baholadi va ularga javob qaytarishga vaʼda berdi.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabariga koʻra, Kreml Moskvaga qarshi qoʻllanilayotgan sanktsiyalar oʻz maqsadiga yeta olmayotganiga shubha qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala