Kolumnistlar

Pandemiya Yevropa uchun ideal shtormga aylanmoqda

© AFP 2018 / ANDREJ IVANOVAktsiya protesta protiv kovidnыx ogranicheniy
Aktsiya protesta protiv kovidnыx ogranicheniy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Kecha Vladimir Putin COVID-19ga qarshi Rossiya vaktsinalaridan biri bilan emlandi. Kreml prezident aynan qaysi vaktsinani tanlaganiga oydinlik kiritmayapti.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova esa “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “EpiVakKorona” bilan emlanganini bildirdi. U yana bir necha kundan keyin Chumakov nomidagi markaz vaktsinasi “KoviVak” keng muomilaga chiqarilishini xabar qildi.
Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi har kuni dunyo bozoridagi “Sputnik V” vaktsinasining yutuqlariga oid yangi muvaffaqiyatlar xususida hisobot berib turadi.
XXR davlat kengashi dunyoda 100 milliondan ziyod kishi Xitoy vaktsinalari bilan emlangani haqida axborot berdi.
Prezident RF V. Putin provel soveщaniye po voprosam naraщivaniya proizvodstva vaktsin i vaktsinatsii naseleniya RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Rossiya
Putin COVID-19ga qarshi emlandi
Moskva va Pekinning xotirjam tizimli ishi fonida hodisalar Gʻarbda, ayniqsa Yevropada, shunchalik yoqimsiz tus olyaptiki, ularning xususiyatini taʼriflash uchun koʻpincha aqlga “ideal shtorm” ifodasi keladi.
Yevropaga koronavirusning uchunchi toʻlqini yopirilmoqda. Kasallikning navbatdagi avj olishi doirasida hukumatlar ular uchun odatdagi boʻlgan tartib boʻyicha harakat qilmoqda va lokdaunlar joriy etmoqda. Bu oʻzi oʻzidan ayon ikkita oqibatlarni keltirib chiqaradi: milliy iqtisodiyotning tiklashini uchun yangi toʻsiq va jamoatchilikning noroziligi. Norozilik oʻzining eng avj pallasiga chiqqan, bundan hafta sayin kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari dalolat beradi. Bu emlash inqiroziga borib taqaladi.
Oʻsib borayotgan inqirozning eng yorqin namunasi boʻlib, Germaniyadagi voqealar xizmat qilishi mumkin. Autsayderlarning hamisha muammolari yetarlicha boʻlgan, lekin agar bu maromga yetakchi va YESning eng yaxshi mamlakati tushib qolsa, oʻylab koʻrish uchun sabab bor.
Angela Merkel mamlakatdagi lokdaunni 18 aprelga qadar uzaytirdi va uni Pasxa taʼtillari kuniga qatʼiylashtirdi. Parallel ravishda GFR Moliya vazirligi Vazirlar mahkamasiga qoʻshimcha byudjet loyihasini taqdim etishi lozim, unga koʻra 2021-2013 yillarda davlatning qoʻshicha qarzlari miqdori taqriban 142 milliard yevroni tashkil etadi. Mablagʻlarning katta qismi pandemiyadan zarur boʻlgan biznes va koronavirusga qarshi kurashish uchun sogʻliqni saqlash tizimiga yoʻnaltiriladi.
Germaniya jamiyati rahbariyatning saʼy-harakatlarini unchalik yuqori baholamasligi rost. YouGo ijtimoiy xizmat soʻrovi uchdan ikki nemislar fedaral hukumatning xatti-harakatlarini salbiy baholashini aniqladi, boz ustiga soʻrovda ishtirok etgan 31 foiz kishi undan “hoynahoy rozi emas”, 34 foizi esa “juda norozi”.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Dunyoda
Germaniya, Italiya va Frantsiya AstraZeneca bilan emlashni toʻxtatdi
Aytgancha, sogʻliq saqlash vaziri Yens Shpanning ishi juda yomon baholanmoqda: uning antireytingi deyarli 70 foizga yetgan.
Oxirgisi gʻalati koʻrinishi mumkin. Germaniya tibbiyoti hatto pandemiya inqirozining eng ogʻir davrlarida oʻzining munosib tomoni bilan koʻrsatdi. Ammo nemislarning noroziligi nafaqat sogʻliqni saqlash tizimi ishi, balki poraxoʻrlik bilan ham bogʻliq. Shpan hukmron partiya atrofida avj olayotgan janjallardan birining markazida. Maʼlum boʻlishicha, uning vazirligi oʻtgan yili yarim milliondan ziyod himoya niqoblarini amaldorning eri yuqori lavozimni egallagan firmadan xarid qilgan.
Va bu yuqori lavozimli bir jinsli juftlik atrofidagi yagona shubhali voqea emas.
2020 yil yozida er-erlar arxitektura yodgorligi boʻlgan hashamatli villa sotib olishdi. Jurnalistlar xarid qilish uchun kreditning asosiy qismi ularga Shpan bir necha yil ilgari rahbariyat tarkibiga kirgan bank tomonidan taqdim etilganining tagiga yetishdi. Oʻshanda OAVda shov-shuv koʻtarildi, vazir ularning ogʻzini yopishga urindi, sud orqali ular koʻchmas mulk uchun toʻlagan aniq summani chop etishini taqiqladi va bu shaxsiy ish deb turib oldi. Ammo kuni kecha u bu masalada yengildi – “Spiegel” jurnali maʼlumotlariga koʻra, xarid qilingan villaning narxi 4,125 million yevro.
Germaniya federal saylovlariga qadar yarim yil qolgan. Shunday ekan nega bunday muhitda tahlilchilar Angela Merkel partiyadoshining istiqbollarini unchalik yaxshi baholashmayotgani tushunarli.
Biroq sanab oʻtilganlar kamlik qilgandek, mana endi GFR – umuman YEI singari – kutilgan boʻlishiga qaramay, yangi hamlaga duch keldi. Yevropacha emlash siyosati oʻzining jamoatchilikning keskin ishonchsizligi tariqasidagi mevalarini berdi. Birinchi navbatda bu, albatta, “AstraZeneca”. Oʻsha YouGo ijtimoiy xizmat soʻrovi natijalariga koʻra, ingliz-shved vaktsinasini faqat 32 foiz nemislar xavfsiz deb hisoblasharkan. Frantsiya, Ispaniya va Italiyada ham shunga oʻxshash natijalar. Polsha hukumati esa rasman mamlakatning 70 foiz aholisi bu vaktsina bilan emlanishdan bosh tortayotganini maʼlum qildi.
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Frantsiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi
Emlangandan soʻng koʻplab oʻlim holatlari va soʻnggi voqealar ortidan boshqa bir narsani kutish qiyin edi, hukumatlarining hovliqmaliklari vaziyatni yomonlashtiradi, xolos. Ayrim mamlakatlar xarid qilingan dozalardan xalos boʻlmoqda, lekin Bryussel YEIdan tibbiyot vositalari eksportiga taqiq qoʻyish bilan tahdid qilmoqda.
Yevropa dori vositalari agentligi vaktsinadan foydalanish va tromboz holatlari oʻrtasidagi bogʻliqni topmadi. Biroq buni birdaniga ikkita bir biridan mustaqil boʻlgan tadqiqot guruhi – Norvegiya va Germaniyada aniqladi. Endi esa AQSH allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti unda “AstraZeneca” qovurilayotgan gulxanga moy septi. Institut farmkompaniya oʻz ishlanmalari natijalari haqida toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etgan boʻlishi mumkinligini aytdi.
Koʻrinib turibdiki, shunga oʻxshash ixtiloflarning asosiy yakuni nafaqat aniq bir preparatga, balki oʻzini oʻtga choʻqqa urayotgan rasmiy tuzilmalarga boʻlgan ishonch tushib ketishi boʻladi.
Eskidan naql bor: tinch davrda yugurayotgan general kulguga, harbiylar esa vahimaga sabab boʻladi. Davlat boshqarmasiga nisbatan bu kuzatuv unchalik toʻgʻri emas. Inqiroz vaziyatida izchil va sirtdan tinch oʻtkazilayotgan notoʻgʻri qarorlar hatto maʼsul shaxslarning sarosimaligi va oʻz ishining ustasi emasligini koʻrsatishga qaraganda kamroq zarar yetkazisha qodir.
Vaktsina bilan bogʻliq muammolar: Yevropada emlash jarayoni qanday ketmoqda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Video
AstraZeneca bilan bogʻliq muammolar: Yevropadagi vaktsinatsiya jarayoni haqida
Ustiga ustak bu qoidaning istisnosi bor. Xatolik ayon boʻlib turganda uni yoʻqligini zoʻr berib aytib, aldash unchalik donolik emas. Ammo Yevropa Ittifoqi Angela Merkel, Italiya bosh vaziri va boshqa Yevropa davlatlari yetakchilarining ularning mamlakatlari “Sputnik V” vaktsinasini xarid qilishlari mumkinliklari haqidagi bayonotidan soʻng ichki bozor masalalari boʻyicha yevrokomissar Terri Breton YEIga Rossiya vaktsinasi kerak boʻlmasligini aytganda bu koʻlmakka oʻtirib olish imkoniyatini qoʻldan chiqarmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala