Dunyoda

"Sputnik V" mualliflari Makronning vaktsinalar tufayli urush haqidagi gapiga javob qaytardi

© REUTERS / Cugnot MathieuPrezident Frantsii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske
Prezident Frantsii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Frantsiya yetakchisi Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan taʼsir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishayotgani haqida bayonot qilgan edi.
TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. "Sputnik V" Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning vaktsinalar tufayli dunyoda olib borilayotgan yangi turdagi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardilar.
Frantsiya yetakchisi fikricha, Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan taʼsir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishmoqda.
Prezident Frantsii Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Dunyoda
Emmanuel Makron vaktsinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini maʼlum qildi
U Yevropa mamlakatlarini vaktsina ishlab chiqarish masalasida mustaqillikni namoyon etishga chaqirdi.
"Aziz Emmanuel Makron, biz vaktsinalar siyosatdan tashqarida qolishiga harakat qilamiz – bu biz uchun butun dunyoda urush emas, balki tinchlik hukm surishi uchun eng yaxshi umiddir”, — deya izoh bergan "Sputnik V" ishlab chiqaruvchilari vaktsinaning rasmiy Twitter-akkauntida.
Post mualliflari shuningdek, Frantsiyaga preparatni oʻzida ishlab chiqarishga ruxsat bergan mamlakatlar safiga qoʻshilishga chaqirishgan.
"Turli vaktsinalarning ishlab-chiqarilishi — bu vaktsinalar mustaqilligiga yoʻldir. Biz birgalikda kuchliroqmiz!" — deya taʼkidlanadi materialda.
Sal avval Rossiya vaktsinasini oʻzida ishlab chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqish haqida Italiya rasmiylari bayonot bilan chiqqan edi.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga oʻz vaktsinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan taʼkidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaktsina roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi oʻrganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
"Sputnik V" 52ta davlatda maʼqullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan koʻp). Davlat regulyatorlari tomonidan maʼqullanishlar soni boʻyicha vaktsina dunyoda ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaktsina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaktsinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaktsinasi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala