Kolumnistlar

“Putin assasinlari” yoki Britaniyaning yangi “manyovri”

© Flickr / Elliott BrownBritanskiye flagi na fasade zdaniya v Velikobritanii
Britanskiye flagi na fasade zdaniya v Velikobritanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Axborot texnologiyalari davrida “xorij” va “uy” hamda “urush” va “tinchlik” tushunchalari orasida farq qolmagan - Britaniya razvedkasi.
Britaniya oʻzining Rossiyaga qarshi “axborot hujumi” rejasini amalga oshirishni boshlagan koʻrinadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu reja oʻtgan yilning kuzida eʼlon qilingan edi.
Britaniya Hukumat aloqa markazi (Government Communications Headquarters - GCHQ) Rossiyaga qarshi kiberhujum boshlayotganini va ushbu operatsiyaga MI-5 va MI-6 maxsus xizmatlari hamda harbiy razvedka va armiyaning 77-axborot manyovrlari brigadasi jalb qilingani eʼlon qilingan edi.
Bundan xulosa shuki, biz yaqin orada Rosssiyaga qarshi ishlab chiqilgan eng gʻayrioddiy feyklarni koʻrishimiz mumkin boʻladi. Biz oʻshanda ushbu feyklar benuqson rus tilida yozilgan boʻlsa kerak deb kutgandik, chunki MI-6 buning uchun Ukraina resurslaridan foydanishi mumkin edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy MI-6ning Londondagi bosh ofisiga ham tashrif buyurgan edi.
Mana Britaniya OAVlarida ilk “sensatsiya” paydo boʻldi. Bir necha gazetalarda bir vaqtning oʻzida. Maqolada ishlatilgan iboralarning oʻxshashligi uning bir manbaadan olinganini va yaqqol muvofiqlashtirilgan buyurtma xarakteriga ega ekanidan dalolat beradi.

"Putin roʻyxati"

Unda aytilishiga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻlimga hukm qilingan shaxslar roʻyxatini eʼlon qilgan va yaqin orada uning “assasin”lari bu ishni bajarishni boshlaydi. Manbaa – “qandaydir rossiyalik shpion”.
Xabar haqiqatdan ham rus tilida yozilgan, lekin ichida bir xil turdagi xatolar koʻp. Masalan -tsya va –tsya qoʻshimchalari bilan tugaydigan kesimlarning toʻgʻri yozilishida. Bunday xato odatda Ukrain tilida gapiradigan odamlarga xos boʻladi, chunki ukrainchada ushbu qoʻshimchaning faqat bir turi –tsya ishlatiladi. Demak dastlabki gumonlar toʻgʻri boʻlib chiqdi –dezinformatsiya ukrainalik ijodkorlar yordamida yaratilgan.
Rossiyskiy flag - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2018
Jamiyat
Skripal ishi boʻyicha Oʻzbekiston Rossiya bayonotini qoʻllab-quvvatladi
Xabarning oʻziga kelsak u mutlaq kulguli. Putin oʻlimga hukm qilganlar roʻyxatiga Britaniyadan 6 kishi kiritilgan.Ularni oʻldirish uchun yuborilgan guruh ayni damda Irlandiyada maxsus tayyorgarlikdan oʻtmoqda.
Roʻyxatda Britaniyaning sobiq maxsus agenti Kristofer Stil ham bor. U oʻz vaqtida Tramga qarshi “rus dosye”sining muallifi boʻlgan edi. Keyinchalik ushbu ish hech qanday dalil topilmagani tufayli chipakka chiqqan va hatto "Rossiya tomonidan uyushtirilgan dezinformatsiya" deb eʼlon qilingan edi. Xush Rossiyaga oʻzining bunday samarali maxsus agentini yoʻq qilish nimaga kerak boʻlib qoldi ekan?
Roʻyxatdagi yana bir shaxs - Boris Karpichkov. The Sun negadir uni “rus shpioni” deb eʼlon qilgan, aslida esa uni yirik koʻzboʻyamachilik uchun Latviya qidirmoqda. Ha-ha Rossiya emas aynan Latviya.
The Sunday Times “Putin roʻyxatining” oʻziga xos variantini eʼlon qildi. Gazeta yozishiga koʻra, ushbu roʻyxatda faqat 5 kishi boʻlgan va ularning barchasi - Chechenistondan. Ulardan 4 nafari allaqachon yoʻq qilingan va faqat bir kishi qolgan. U hozir Avstriyaning kichik shaharchasida oʻzining “oʻldirilishini kutib” yashamoqda.

Nega aynan hozir?

“Putin oʻlimga hukm qilganlar roʻyxati” nega aynan hozir eʼlon qilindi, degan savolga javob juda oddiy. Chunki ushbu shovqin bilan deyarli bir vaqtda Boris Jonson oʻzining, anchadan beri orqaga surib kelinayotgan, “xavfsizlik va tashqi siyosat” toʻgʻrisidagi hisobotini eʼlon qildi.
Unda aytilishiga koʻra Britaniya uchun asosiy tashqi xavf – bu Rossiya va unga qarshi kurashish kerak. Buning uchun esa - Mudofaa xarajatlarini oshirish kerak. Xususan harbiylari sonini 10 ming kishiga va yadroviy jangovar qurol miqdorini 40%ga.
Rossiya HDFning Atlantikadagi faolligi AQShni qoʻrqitib yubordi: NATO blokada haqida oʻylamoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Video
Atlantikadagi Rossiya floti AQShni qoʻrqitib yubordi: NATO blokada haqida oʻylamoqda
Lekin hisobotda asosiy eʼtibor – Britaniyaning kiberhududdagi muskullariga qaratilgan boʻlishi kerak. Uning hisobotida “kiber” soʻzi 139 marotaba yozilgan. Bosh vazir Mudofaa tizimida turli kiber boʻlinmalar tashkil qilish, maxsus kiber operatsiyalar uyushtirish, jumladan “feyklar” tarqatish va boshqa tadbirlar sanab oʻtilgan.

Narrativlar jangi

Britaniya mudofaa vaziri Uolles oʻz hisobotida ushbu vaziyatni yanada aniqroq izohlab bergan. Uolles aytishiga koʻra, bunday jangda kelajakda nafaqat kishilar yoki platformalar toʻqnash keladi, balkim bu “narrativlar jangi” boʻladi. Narrativ - biror voqea, hodisa, tushuncha haqida mustaqil yaratilgan soʻzlar va obrazlar ketma-ketligi (hikoya). Xulosa shuki, Britaniya mudofaa vaziri Rossiya bilan jang qilish uchun narrativlar yetarli, tanklar kerak emas.
Hisobotga koʻra, Britaniya armiyasining dezinformatsiya va propaganda uchun moʻljallangan boʻlinmalari “Rossiyani jilovlab turish” va “yirik hajmda media va psixiologik operatsiyalarini” amalga oshirishlari kerak. Buning uchun ular parlamentdan moʻmaygina mablagʻ talab qilishmoqda.
Devushka za noutbukom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Analitika
AQSH Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
Britaniya maxsus xizmatlari propaganda va dezinformatsiyadan har doim foydalanib kelgani sir emas. Lekin oldin ular bunday ishlarni faqat xorijiy davlatlar hududida amalga oshirib kelishgan edi. Lekin soʻnggi hisobotda aytilishiga koʻra, axborot texnologiyalari davrida “xorij” va “uy” hamda “urush” va “tinchlik” tushunchalari orasida farq qolmagan. Axborot manyovri ushbu ikkala frontni ham qamrab olgan.
Shunday ekan, bundan buyon Britaniya OAVlarida Rossiya haqida paydo boʻladigan har qanday ajabtovur “Putin assasinlari”, “dahshatli ruslar” yoki “xavfli Sputnik V vaktsinasi” haqidagi xabarlarga hayron boʻlmaymiz. Britaniya propagandachilari ustozlari aytganidek “Yolgʻon qanchalik aql bovar qilmaydigan boʻlsa – unga shunchalik oson ishonishadi. Faqat oldin bu propaganda deyilgan boʻlsa – hozir “axborot manyovri” yoki “narrativlar urushi” deyilishi mumkin. Vaqt terminlarni oʻzgartirishi mumkin, lekin yolgʻon yolgʻonligicha qoladi, rusofobiya esa –rusofobiyaligicha.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala