Kolumnistlar

Yangi prognoz: Jahon banki Rossiya oʻzini tez oʻnglashini bashorat qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMoskovskaya birja
Moskovskaya birja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Jahon banki ekspertlari Rossiya iqtisodiyoti inqirozdan keyin kutilgandan ham koʻra tezroq qayta tiklanishini aytishmoqda.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti inqirozdan keyin kutilgandan ham koʻra tezroq qayta tiklanadi. Jahon banki ekspertlari shunday xulosaga kelishdi – yangi prognoz yanvardagiga qaraganda ancha yaxshi. Rossiyada oʻsishning qaysi drayverlarini koʻrishdi va nima toʻxtatib qoʻyishi mumkin – RIA Novosti materialida.

Cheklovlarning bekor qilinishi va emlash

Mamlakatning YAIM 2021 va 2022 yillarda mos ravishda 2,9 va 32 foizga oʻsadi, deb hisoblaydi Jahon banki (JB). Yanvar oyida 2,6 va 3 foiz haqida gapirishgandi. “<...> Pandemiya oqibatlari taʼsiri asta-sekin susayishi bilan qayta tiklanish oʻsishi kutilmoqda”, - deya qayd etishgan Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti haqidagi maʼruza mualliflari.
2020 yilda YAIM yoʻqotishlari koʻplarnikiga qaraganda kamroq ekan – 3,1 foiz. Va bu prognozni oʻzgartirish uchun asos boʻlgan.
Cheklovlarning yumshatilishi faol oʻsishga koʻmaklashadi. Rossiya koronavirusning ikkinchi toʻlqini sabab lokdaun eʼlon qilmadi, bu inqirozdan tezroq chiqib ketish imkonini berdi. Jahon banki mamlakat COVID-19ning uchinchi toʻlqiniga chap berishidan kelib chiqmoqda.
Tovarnыe sostavы na jeleznodorojnoy stantsii Yanichkino - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Analitika
Yangi supertsikl: Neft bozorida beshinchi oʻsish toʻlqini boshlanadi
JB ekspertlari Rossiya vaktsinasi va boshlangan emlash ishlarini kuchli drayver deb hisoblashadi. Shu bilan birga xatarlarni ham koʻrsatishmoqda: agar aholi istar-istamas emlansa, epidemiya davom etadi.
Gʻarbning navbatdagi sanktsiyalari salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bank sektori shubha tugʻdiradi. Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga koʻra, ipoteka bozori haddan ziyod kuyib ketadi va bu aktivlarning sifatini yomonlashtirishi va moliyaviy tashkilotlar daromadini kamaytirishi mumkin.

Qashshoqlik darajasi va byudjet

JB mamlakatda qashshoqlik darajasi oʻtgan yilga qaraganda kamayadi deb taxmin qilishmoqda, ammo 2022 yilga qadar pandemiyaga qadar koʻrgatgichlardan yuqori boʻladi. Maʼruza mualliflari hukumatning ijtimoiy choralari yanada qashshoqlashib ketishga yoʻl qoʻymagan.
Dekabr oyida bu haqda JBning Rossiyadagi vakolatxonasi direktori Reno Seligmann ham aytgandi. U hukumatning inqirozga qarshi xatti-harakatlarini qayd etgandi.
Rabota neftyanыx stankov - kachalok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Analitika
Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish: Nega Rossiyaga oʻta qimmat neft foydali emas
Davlat biznes va aholini qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini oshirdi. Boz ustiga Markaziy bankning kattagina moliyaviy zaxiralari mavjud. Inqirozga qarshi quyilishni ekspertlar YAIMning 4 foiziga baholashdi (toʻrt trillion rubldan ziyod). Bu mamlakatni kambagʻallashishdan tutib turgan.
Mehnat vazirligi avvalroq qashshoqlikning 13 foiz darajasi haqida maʼlum qilgandi. Bu deyarli 20 million kishi.
Shuningdek. JB byudjetga oid prognoz qildi. Oʻtgan yil 4,1 trillionlik rubl defitsit yoki YAIM 3,8 foizi bilan nihoyalandi. 2021 yilda 1,8 foizni bashorat qilishmoqda. 2022 yil esa daromad koʻproq boʻladi.

Retsessiya yakunlandi

Mart oyi oʻrtalarida “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti " (NIU VSHE) ekspertlari retsessiyani nihoyalandi deb hisoblash mumkinligini maʼlum qilishgandi.
Iqtisodchilarning tushuntirishlaricha, YAIM uchinchi va toʻrtinchi choraklarda 4,2 va 1,7 foiz, asosiy kapitalga sarmoyalar esa 1,2 va 0,4 foizga koʻpaygan.
Ekspertlar sarmoya faolligining nisbatan sekin pasayishini ham aytishgan. Va bu Rossiya umuman dunyoga qaraganda inqirozni ogʻriqsizroq boshdan kechirayotganining tasdiqlaridan biridir. Postsovet tarixida bu birinchi.

Har qachongidan ham yumshoqroq

2020 yilda Rossiya YAIM inqirozli 2015 yilga qaraganda koʻproq qisqardi (ikki foiz), ammo 2009 yilga qaraganda sezilarli kamroq (7,8 foiz), deya taʼkidlashdi tahlilchilar.
Fevral boshida Rossiya hukumatining pandemiyaga qarshi kurashishdagi xatti-harakatlarini Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ham yuqori baholagandi. 2021 yilda mamlakatning YAIM uch foizga oshadi, kelasi yil esa 3,9 foizga. AQSH yoki Yevropa hudidiga qaraganda koʻproq, - deya bashorat qildi XVJ. Asosiy drayverlar orasida ekspertlar koronavirusga qarshi ommaviy emlash, aholi va biznesga davlat koʻmagi, kattagina zaxiralar va kam qarzni sanab oʻtishdi.
Kupyura, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiya
Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak boʻladi – ekspert javobi
Rossiyani istiqbolli bozorini “Bloomberg” agentligi tahlilchilari ham tan olishgandi. Ular 17 ta mamlakatni iqtisodiy va moliyaviy barqarorlarning 11 ta koʻrsatgichi asosida, xususan, YAIM, tashqi qarz, valyuta zaxiralari, real foizli stavka boʻyicha prognozni tahlil qilishgan. Rossiya yakuniy reytingda ikkinchi oʻrinni band etgan.
Ekspertlar ishonchli byudjet profili va yaxshi investitsiya pozitsiyasi – 30 foiz hamda kattagina xalqaro valyuta zaxiralari – 587,1 milliardni qayd etishgan. Defolt ehtimoli juda past. Shuningdek, “Bloomberg” 2021 yilda Rossiyaning yetarlicha yaxshi iqtisodiy oʻsishini – uch foiz bashorat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala