Analitika

“Texnikani avgustda kutyapmiz”: amerikaliklar Arktikaga yoʻl olishga shaylanishmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtish ZRK "Tor-M2DT"
 ZRK Tor-M2DT - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Andrey Kots. AQSH Arktikada Rossiyadan ortda qolmaslikka intilmoqda. Kuni kecha Quruqlikdagi qoʻshinlar harbiy “Oshkosh Defense”, “ ST Engineering” va “BAE Systems” bilan uchun harbiy yaratishga shartnoma imzoladi. Maʼlum boʻlishicha, amerikaliklarning shunga oʻxshash zamonaviy mashinalari yoʻq ekan, borlari esa eskirib boʻlgan. Qoʻmondonlik yangi texnikalarni avgustdayoq sinab koʻrishga umid bildirmoqda. Ular haqida nimalar maʼlumligi RIA Novosti materialida.

Iyungacha qurib bitkazish

Arktika – har qanday armiya uchun jiddiy chaqiriq. Oʻta past ob-havo harorati, muz uyumlari, bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurgan muzliklar, infratuzima yoʻqligi, qiyinlashgan logistika, uzoq qutb tuni – bularning bari yirik qoʻshin guruhlarini kengaytirishni murakkablashtiradi.
Sovuq urush yillarida AQSH, SSSRdan farqli oʻlaroq, bu hududga keraklicha diqqat qaratmadi, shuning uchun bugungi kunda Pentagon taassarufida yagona “Polar Star” muzyorari mavjud. Rossiya esa bu kabi 40 dan ziyod kemalarga ega. Qolaversa, u yerda amerikaliklarning deyarli harbiy bazasi yoʻq.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Quruqlikdagi qoʻshinlar uchun qutbning ogʻir shart-sharoitlarida yuk va harbiy xizmatchilarni tashishga qodir texnikasi ham taqchil. Bunga mos boʻlgan yagona tyagach-vezdexodlar – shved “Bandvagn 206” bor. Ular qurollanishga “Small Unit Support Vehicle” nomi bilan olingan. Ammo bu turdagi birinchi mashinalar 40 yil ilgari ishlab chiqarilgan va allaqachon zamon talablariga javob bermaydi.
Armiya Arktika texnikasi parkini yangilashga qaror qilib, “ColdWeather”, “All-Terrain Vehicle” dasturlari doirasida tanlov eʼlon qildi. Pentagon ehtimolli tyagachlarni yaratish, qurish va sinovlari uchun 2021 yilda 6,6 million va CATV 100 donasini xarid qilishga 9,25 million dollar sarflashga tayyor.
Keyin park 163 ta vezdexodgacha kengaytiriladi. Namunalar 14 iyunga kelib tayyor boʻlishini kutishmoqda. Avgustdan dekabr oxirigacha – Alyaskadgi poligonda sinovlar. Gʻolib 2022 yilda aniqlanadi.

Toʻrt variant

CATV toʻrt variantda taqdim etilishi kutilmoqda. Umumiy ishlarga moʻljallangan vezdexod bortga haydovchidan tashqari kamida toʻrt askarni olishi hamda avtonom xatti-harakatlar uchun uch kunlik asbob-uskuna va zaxiralarga ega boʻlishi lozim.
“Bu mashinalar boshqa texnika oʻta olmaydigan ekstremal past harorat sharoitlarida qator vazifalarni hal qila oladi, - dedi jurnalistlarga AQSH armiyasi zobiti Tim Goddet. U CATV dasturi uchun masʼul sanaladi. – Ular muammosiz muz boʻylab harakat qilishi, suv toʻsiqlarini yengib oʻtishi, yuqorilikka oson chiqa olishi, xizmat koʻrsatishda oddiy va yoqilgʻi sarflashda tejamkor boʻlishi kerak”.
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Video
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni choʻchitib yubordi
Tanlov ishtirokchilari oldingi ishlanmalariga tayanishmoqda. “Oshkosh” va “ST Engineering” “Bronco 3” ikki halqali tyagachni asos qilib olishdi. Bu mashina 20 yildan ziyod Britaniya armiyasi qurollarida bor, Afgʻonistondagi jangovar harakatlarda qatnashgan.
“BAE Systems” “Beowulf” ikki halqali tyagach negizidagi yangi texnikani taqdim etadi, u koʻp jihatdan “Bronco 3” va SUSV ga oʻxshash, ammo yuk koʻtarish qobiliyati yuqori.

Rossiyaga yetib olish

Bir oy oldin chop qilingan “Arktika strategiyasida” amerikaliklar ochiqchasiga hududdan Moskva va Pekinni siqib chiqarish niyatlarini bayon qilishdi. Dunyodagi eng yirik muzyurar floti, harbiy baza tarmogʻi va boy qurol-yaroqqa ega Rossiya Pentagonning alohida xavotiriga sabab boʻlmoqda.
Gʻalaba paradida hamisha Arktika modifikatsiyasi mahalliy havo hujumiga qarshi tizimlari ishtirok etadi: “Tor-M2DT” qisqa masofali zenit-raketa majmuasi, “Pantsir-SA” zenit-raketa pushkasi hamda mashinalarning maxsus versiyalari.
Arktika hududi uchun deyarli barcha quruqlikdashi qoʻshinlar texnikasi DT-30 "Vityaz” vezdexodi negizida yigʻilgan. Ular qoʻrqmasdan qahraton sovuqda ham (minus 55 darajagacha) yuroladi. Ayrim modifikatsiyalar suv toʻsiqlarini yengib oʻtoladi. Bu esa Shimoliy qutbda hamisha muz uyumlari paydo boʻlishi sharoitida harakatchanligini oshiradi.
Ispыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem «Burevestnik» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Pentagonning dahshatli tushi: AQSH Rossiyaning "Burevestnik" kuchidan bezovta boʻlmoqda
Murmans viloyati Alakurti posyolkasida joylashgan 80-maxsus motooʻqchi brigada noyob arsenalga ega. Bundan tashqari, 80-maxsus brigada jangchilari ekstremal sovuqqa moslashtirilgan “Ural” va KAMAZ, qordayurar TTM-1901 “Berkut”ga ham ega. Shuningdek, it va bugʻu qoʻshilgan chanaga.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida chanalar qutb doirasidan nari yerlar mudofaasida muhim rol oʻynagan. It va bugʻularda manzilga oʻq-dori va shaxsiy tarkib yetkazilgan. Bundan tashqari, arktika brigadasi uchun tanklarning maxsus modifikatsiyasi, piyodalar jangovar mashina va vertolyotlari, xususan, isitish tizimiga ega Mi-8AMTSH-VA ishlab chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala