Iqtisod

Soliq maʼmuriyati sohasida Rossiya bilan hamkorlikning ikkinchi yirik bosqichi boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishZamestitel predsedatelya pravitelstva RF Aleksey Overchuk
Zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Aleksey Overchuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Aleksey Overchuk Sardor Umurzakov soliq maʼmuriyatining ikkinchi bosqichini boshlash haqida kelishuv imzoladiyu
TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksey Overchuk Oʻzbekistonga 14 aprel kuni uyushtirilgan tashrifi doirasida Oʻzbekiston investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan uchrashib ikki tomonlasa savdo-iqtisodiy aloqalar masalasini muhokama qildi.
Uchrashuv doirasida ikki davlat orasida savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, savdo toʻsiqlarini kamaytirish, Rossiya bozorlarini oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun ochish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bojxona tariflari, soliq maʼmuriyati, texnik nazorat, standartizatsiya, veterinar, sanitar va fitosanitar nazorati masalalari ham muhokama qilindi.
Rabota nalogovogo komiteta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Iqtisod
Soliq qoʻmitasi haq boʻlib chiqdi - 1600ta korxonada QQS "yashirilgan"
Rossiya tomonidan Oʻzbekiston soliq maʼmuriyati takomillashtirish borasida texnik yordam koʻrsatish masalasida kelishuv imzolandi. Unga asosan Rossiya va Oʻzbekiston orasida soliq maʼmuriyati sohasida hamkorlikning ikkinchi katta bosqichi boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda Rossiya Oʻzbekistonga soliq maʼmuriyatchiligida oʻzini yaxshi koʻrsatgan texnologiyalarini, muvofiqlashtirilgan onlayn dastur majmualari “Onlayn-KKT” va “ASK NDS” dasturlarini yetkazib beradi. Ular yordamida QQS nazorat qilish, kameral tekshiruvlar samaradorligini oshirish imkoni paydo boʻladi.
Shuningdek, ushbu bosqichda ham, konsalting va texnik personalni tayyorlash, maʼlumotlarni qayta ishlash markazini Rossiyada ishlab chiqilgan IT-infratuzilma bilan jihozlash, rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonga yetkazib berilayotgan texnologiyalar byudjet tizimining barqarorligini taʼminlash, iqtisod shaffofligini oshirish va vijdonli soliq toʻlovchilarga maʼmuriy bosimni kamaytirishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yildan buyon ikki davlat orasida soliq maʼmuriyati sohasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Unda soliq maʼmuriyatining biznes jarayonlarni reinjiniring qilish, soliq toʻlovchilari bilan mijozga qulay boʻlgan ish tizimi tashkil qilish hamda koʻchmas mulkka soliq solish tizimlarini takomillashtirish sohalari boʻyicha tajriba almashilgan edi.
38 nalogovikov otpravilis na stajirovku v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2019
Jamiyat
Soliq qoʻmitasining 166 nafar xodimi Moskvada malaka oshiradi
Shuningdek, soliqchilik borasida hamkorlikning birinchi bosqichida Oʻzbekiston tomoniga ish yuritish metodikasi, rossiya server uskunalariga asoslangan sinov stendi va dasturlar yetkazib berilgan edi.
Undan tashqari Oʻzbekiston Soliq xizmatining 166 nafar xodimlari Rossiya Federatsiyasi hududida malaka oshirishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala