Kolumnistlar

Bayden bilan uchrashish nima uchun kerak?

© AFP 2018 / CHIP SOMODEVILLAPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya, darhaqiqat, AQSH manfaatlariga xalal bermoqda, faqat bu yerda gap global manfaatlar haqida ketmoqda.
Amerika-Rossiya munosabatlarining soʻnggi oyini amerikalik aktyorlar ijrosidagi absurdlar teatri buoʻli desa ham toʻgʻri boʻladi. Dastlab Bayden Putinni “qotil” deb atadi. Undan soʻng “Rossiya Ukrainaga bostirib kirish xavfi” toʻgʻrisidagi vahimalar tarqatildi. Eng oxirida esa Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar roʻyxatini imzoladi.
Sanktsiyalarni kiritb boʻlib, ertasiga Bayden AQShda Rossiya bilan ishlashdan manfaatdor ekanini va munosabatlarni barqaror qilish istagi borligini va buning uchun Putin bilan Yevropaning biror joyida uchrshish istagi borligini taʼkidladi. Spektakl tamom.
Axir bu kulguli emasmi? Rostini aytganda soʻnggi vaqtlarda Bayden xatolari ustidan kulishning ham qizigʻi qolmapti. Aslida Vashington Rossiyani nima qilishini bilmayapti. Shu sababli ham “goh qamchi goh shirinlik” uslubi bilan avramoqsi boʻlishayapti.
Albatta, Oq uy va uning atroflarida axmoqlar yashamaydi – ular oʻzlariga nima kerakligini juda yaxshi bilishadi. Jumladan Rossiya yoʻnalishida ham. Xoʻsh Rossiya bunga qanday javob berishi kerak? Boʻlib oʻtgan voqealarga Putin qanday munosabatda boʻlishi kerak? Bayden bilan uchrashuvga borishi kerami-yoʻqmi?
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Dunyoda
Bayden Putinga uchrashishni taklif qildi
Ayni damda muzokaralar birinchi navbatda amerikaliklarga kerakka oʻxshaydi. Balkim Bayden oʻzining “har tarafga qadam tashlashi” bialn aynan shunga erishmoqchidir? Yaʼni Putinni uchrashishga “majbur” qilmoqchidir. Balkim aynan shuning uchun ham amerikaliklar bilan hozircha uchrashuvdan voz kechib turgan maʼquldir.
Amerikaliklar, rad javobi olishni yomon koʻrishadi. Jumladan muzokaralardan voz kechishni ham. Lekin baʼzida ana shunday taktika oʻzini oqlaydi. Masalan, Eron va KXDR ana shunday qilmoqda. Shimoliy Koreya AQShning navbatdagi dushmanona harakatlaridan soʻng bir yildan ber AQSH bilan barcha aloqalarni uzgan. Eron ham bir necha bor amerikaliklar bilan muloqotni cheklab qoʻygan edi, jumladan eng yuqori darajada ham. Eron va Shimoliy Koreya miqyosida bu albatta munosib va oʻzini oqlaydigan taktika, lekin Rossiyaga toʻgʻri kelmaydi, masshtab va kontekst boshqacha.
Baydenning dastlabki mojaroli intervyusidan soʻng Putinning oʻzi dastlab Baydenga uchrashishni taklif qilgan edi. U hatto toʻgʻridan-toʻgʻri efirda uchrashishga ham tayyor ekanini bildirgan edi. Putin – davlat manfaati yoʻlida, kim bilan boʻlsa ham qayerda boʻlsa ham uchrashishga tayyor.
Hozir Rossiya manfaatlari qanday? Balkim Amerika bilan qarama-qarshilik darajasini yumshatish haqida kelishib olish kerakdir? Yoki Yaqin Sharq, Afgʻoniston, Eron yadroviy bitimi, KXDR raketalari borasida biror umumiy fakrga kelish mumkindlir? Balkim Ukraina yoʻnalishida amerikaliklar uchun “qizil chiziqlarni” belgilab berish kerakdir?
Yoʻq – bularning barchasi lokal muammolar. Eron yoʻnlishida Rossiya 2015 yilda AQSH ishtirokida imkoni bor boʻlgan maksimal vazifalarni bajargan edi. KXDRni ham oʻz raketalaridan voz kechishga koʻndirishning imkoni yoʻq.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Rossiya
Putin va Baydenning ilk telefon suhbati: prezidentlar nimalarni muhokama qildi
Gap oddiy muzokaralar haqida ketmoqda. AQSH Pxenyanga qarshi kiritilgan sanktsiyalarni biroz kamaytirmasdan turib, KXDR ishtirokida biror muzokara oʻtkazishning iloji yoʻq.
Amerikaliklar bilan “Shimoliy oqim-2“ toʻgʻrisida muzokaralar olib borish kerakmi? Lekin nega, yevropaliklarning oʻzi, oʻz manfaati himoyasi yoʻlida, bu ishni uddalyaptiku.
Ukraina? Vashington Ukrainani NATOga qoʻshib olish bilan poʻpisa qilishda davom etarkan, bu borada hozircha hech qanday kelishuvga imkon yoʻq. Bu ular uchun Ukrainani yoʻqotishni yanada tezlashtiradi, xolos.
Bayden bilan Xitoy haqida gaplashishi kerakmi? Balkim uning “Xitoy Rossiya uchun naqadar xavfli” ekani va hatto Brejnev ham buni yaxshi bilgani haqidagi gaplarini eshitish kerakdir? (Bir vaqtlar Brejnev bilan uchrashgan Bayden nahotki bu haqida Putinga aytib berar?) Keyin esa bu gaplar ustidan Si Tszinpin bilan birga kulish uchunmi?
Yuqorida aytilgan barcha muammolar qanchalik muhim boʻlmasin, ular Bayden bilan uchrashishga yetarlicha sabab boʻla olmaydi. Bularning barchasidan koʻra oddiy insoniy tasavvur olish muhimroq. Putin uchun Bayden AQShning beshinchi prezidenti. Bayden bilan yagona (muvaffaqiyatsiz) uchrashuv esa bundan 10 yil oldin boʻlgandi. Oʻshanda Bayden oʻzi haqida “yetarlicha taasurot” qoldirgan boʻlsa-da, dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar qachon “koʻp” boʻlmaydi. Jahon arenasida muvaffaqiyatli ishlash uchun ular juda muhim.
Rossiyaning geosiyosiy strategiyasi, tashqi siyosiy “oʻyini” uchun – yuqori darajadagi rahbarlar uchrashuvini talab qiladi. Rossiya nafaqat XXI asr – dunyo tizimini shakllantirishda balkim uni yaratishda ham faol ishtirok etmoqda. Bunda Rossiya Amerika tamoyillariga asoslanmagan holda oʻz yoʻlidan bormoqda. Ha, ushbu yoʻlda Rossiya Xitoy bilan birga ishlamoqda – lekin bu yerda bizning manfaatlar toʻliq mos keladi.
Ha, biz AQSH harakatlarni toʻliq tahlil qilib, ularga mos ravishda javob qaytarmoqdamiz, axir amerikacha dunyoni ehtiyotkorlik bilan buzish – barcha revizionist (AQSH nuqtai nazaridan) kuchlarning vazifasi?
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Dunyoda
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi
Rossiyani Amerika “ishlariga aralashishda” ayblayotgan Bayden bir tomondan toʻgʻri gapirmoqda. Faqat prezident sayloviga emas, bu borada “Vashington botqogʻi” bilan bahslashish befoyda ushbu mavzu ular uchun allaqachon ichki va tashqi siyosatning muhim elementiga aylangan. Umuman olganda bu umumjahon koʻz oldida Rossiyani - Amerikani nafaqat jahon arenasida siqib borayotgan balkim uning ichki siyosatiga ham taʼsir oʻtkaza oladigan “qoʻllari uzun” qudratli davlat qilib koʻrsatadi.
Rossiya, darhaqiqat, AQSH manfaatlariga xalal bermoqda, faqat bu yerda gap global manfaatlar haqida ketmoqda. Soʻnggi vaqtlarda dunyo arenasida AQShning oʻzi egallab olgan “xalqlar choʻponi” huquqiga egalik qilishga nafaqat maʼnaviy huquqi (AQSH uchun bu muhim emas) balkim jismoniy imkoniyati ham qolmayapti.
Rossiya esa - AQShdan moddiy nuqtai nazardan ancha kuchsiz boʻlishiga qaramasdan – bir muhim ustuvorlikka ega. Hozir Rossiya – tarixning toʻgʻri tomonida. Rossiya oʻz taktikasini jahonda rivojlanib borayotgan kuch markazlari balansidan va global arxitekturadan kelib chiqqan holda belgilamoqda. Rossiya oʻzgarishlar yetakchisi, atlantik dunyo tartibining qurib bitkazilmagan “Vavilon minrasini” buzish strategiyasi yetakchisi sifatida ishtirok etmoqda. Shundan kelib chiqib, dunyoning eng kuchli, lekin qulayotgan davlati rahbari bilan uchrashuvdan foyda bor. Xoh u Bayden boʻlsin, xoh Xarris yoki “Kapitoliy tepaligidan” boshqa birov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala