Siyosat

Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda

© Flickr / Gatis Dieziņš/Latvijas armijaKorabli NATO v Baltiyskom more vo vremya ucheniy
Korabli NATO v Baltiyskom more vo vremya ucheniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar 24 aprel 21.00dan boshlab 31 oktyabr 21.00ga qadar davom etadi.
TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi navigatsiya va okeanografiya byulletenlariga koʻra, Rossiya shanba oqshomidan boshlab chet el harbiy kemalari va boshqa davlat kemalari uchun Qora dengizning uchta hududida tinch maqsadlarda oʻtish huquqini vaqtincha toʻxtatmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar 24 aprel 21.00dan boshlab, 31 oktyabr 21.00ga qadar davom etadi.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Kolumnistlar
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Yopilishi rejalashtirilayotgan zonalar Kerch boʻgʻozi boʻylab kemalar harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydi, ularning barchasi Rossiya hududiy suvlari ichida joylashgan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror tufayli Moskvaga protest bildirdi. Yopilishi rejalashtirilayotgan tumanlarning barchasi Rossiya Federatsiyasi hududiy dengizi tashqi chegarasiga qadar boʻlsa-da, Kiyev qaror harbiy oʻquv-mashgʻulotlarni oʻtkazish bahonasida qabul qilinganligini iddao qilib oʻtgan.

Gʻarb munosabati

AQSH Davlat departamenti Qora dengizning qator hududlarida chet el kemalariga kirishni taʼqiqlash qarorini Rossiya tomonidan sodir etilayotgan “ataydan uyushtirilmagan eskalatsiya”, - deya baholadi.
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Kolumnistlar
Nima uchun AQSH barcha urushlarda magʻlub boʻlmoqda
Tashqi siyosiy idora vakili Ned Prays yozma arizasida taʼqiq munosabati bilan “chuqur tashvish” bildirgan, shuningdek, Moskvani “Azovdagi Ukraina portlari ishida toʻsqinlik yaratganlikda” aybladi.
Oʻz navbatida, YEI Rossiya tomonidan Qora dengizning alohida hududlari yopilishini “holatni yanada koʻproq notinchlantirmoqda”, deb hisoblaydi.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosiy xizmati vakili Piter Stano ushbu qarorni bekor qilishga chaqirdi.

Rossiya javobi

Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov gʻarb siyosatchilari reaktsiyasiga izoh berar ekan, Rossiya xalqaro kelishuvlarga muvofiq ish tutayotganligini qayd etdi.
Rossiyalik diplomat gap kemalarning Kerch boʻgʻozi orqali oʻtishi haqida borayotganini tushuntirdi.
Vizit prezidenta Yevrosoyuza SH. Mishelya v Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Dunyoda
Ukraina prezidenti Putinga Donbassda uchrashish taklifi bilan chiqdi
"Men sizning eʼtiboringizni shunga qaratmoqchimanki, savdo kemalariga Azov dengizidagi Ukraina portlaridan foydalanish uchun hech qanday cheklovlar kiritilmagan", - dedi Ryabkov.
U shuningdek, mashgʻulotlar boʻlib oʻtayotgan u yoki bu zonalar uchun kiritilgan cheklovlarni umumtan olingan xalqaro amaliyot, - deb atadi.
Ryabkovning soʻzlariga koʻra, ushbu nuqtai nazardan Rossiya koʻpqirrali kelishuvlar asosida harakat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala