Kolumnistlar

Norvegiyaliklarni kim va nima maqsadda Rossiya bilan qoʻrqitmoqda

© GUNNAR KVASSHEIM / SCANPIX NORWAY / AFPNorvejskiye spasateli
Norvejskiye spasateli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Rossiya NATOning atigi beshta davlati bilan quruqlikdagi chegaraga ega — va ularning toʻrttasini koʻp yillardan buyon bizga nisbatan ochiqchasiga nodoʻstona pozitsiyalarni egallashgan.
Garchi ularning barchasi ilgari bizning mamlakatimizni bir qismi boʻlgan boʻlsa-da, Polsha va uchta Boltiqboʻyi respublikalari uchun umumiy oʻtmish (va Latviya va Estoniyada boʻlgani singari ulkan miqdordagi rus aholisi) rusofoblik uchun qoʻshimcha sababdir.
Bizning quruqlikdagi chegaramiz boʻlgan NATOning beshinchi mamlakati (ular orasida eng kichigi, ikki yuz kilometrdan sal kamroq), Rossiya imperiyasi tarqalgach Boltiqboʻyi respublikalariga nisbatan ertaroq mustaqillikka ega boʻlgan.
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Video
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak
U hech qachon Rossiya tarkibiga kirmagan boʻlsada, ammo aynan shu mamlakatda soʻnggi yillarda rus okkupatsiyasi va rus tahdidi haqidagi asar va filmlar haddan ommalashdi.
Ruslar hech qachon bu mamlakatga hujum uyushtirmagan va uning hududlarini bosib olmagan, balki aksincha, okkupantlardan ozod etgan — ammo ushbu mamlakatning ayrim aholisi SS qismlari tarkibida qoʻliga qurol ushlagan holda bizning zaminimizga bostirib kelishgan.
Ular haqida yaqinda “Frontoviki” deb nomlangan serial suratga olingan boʻlib, film mahalliy aholining bir qismi bilan bir qatorda Rossiyada ham taajjub bilan qarshi olindi.
Otvod voorujeniy kalibrom meneye 100 mm nachalsya v LNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Kolumnistlar
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Bizning Tashqi ishlar vazirligimiz uning paydo boʻlishini “mutlaqo nomaqbul va sharmandali" holat deb atab ushbu mamlakat rasmiylaridan xolis baholarni eshitish istagini bildirdi.
Ammo qoʻshnimizning tashqi siyosiy idorasi “madaniyat sohasidagi ushbu asar Norvegiya rasmiy siyosati yoki uning tarixga nisbatan qarashlarini aks ettirmasligi” vaji serialga izoh berishdan bosh tortdi.
Ha, gap Norvegiya – besh million aholiga ega qirollik, bizning qoʻshnimiz va NATO asoschilaridan biri boʻlgan mamlakat haqida bormoqda.
Norvegiyaning atlantik birdamlikka boʻlgan butun boshli sobitligiga qaramay (alyans bosh kotibi lavozimini Norvegiyaning sobiq bosh vaziri Stoltenberg egallab turganini-ku aytmasa ham boʻladi) hatto SSSR davrida ham bu mamlakat biz bilan axil qoʻshnichilik munosabatlarini olib borishga harakat qilgan — bu faqatgina biz uni fashistlar okkupatsiyasidan ozod etganimiz ((Norvegiya shimoli, Finnmarkda kechgan janglar maydonida bizning olti mingdan ziyod askarlarimiz halok boʻlganlar) ramzi sifatidagina emas, balki oʻzaro manfaatli hamkorlik: xususan, Shpitsbergen, baliqchilik va boshqa mavzular borligi uchun ham amalga oshirilgan.
Voyennoslujaщiye Ukrainы vo vremya aktivnoy fazы sovmestnыx voyennыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Kolumnistlar
“Bu NATO ishi”: Rossiya chegarasi yaqinida nimalar boshlanmoqda
Qolaversa, Norvegiyada amerika qoʻshinlari ham boʻlmagan.
Umuman olganda, sobiq ittifoq davrida munosabatlarimiz normal shakllangan. Ammo Qrim bilan bogʻliq voqealardan keyin holat oʻzgara boshladi — amerikaliklar oldin uch, soʻngra esa yetti yuz nafar harbiylarni yuborishdi.
Shunchaki, rasmiyatchilik yuzasidanmi? Ha, boʻlsa bordir, ammo bu yerda yoʻnalish, yaʼni norvegiyaliklarni qayerga yoʻnaltirishayotgani muhim - ularga esa Rossiya xavfliligini uqdirishmoqda.
Bu nafaqat umum atlantik tashviqotda, balki eng tushunarli boʻlgan oʻyinlar va madaniy darajadagi ishlarda oʻz aksini topmoqda.
Soʻnggi yillarda paydo boʻlgan koʻpsonli filmlar va kitoblar ham shular jumlasidan.
Buni shov-shuvga aylangan (va mamlakat tarixida eng reytingi baland boʻlgan) “Okkupatsiya qilinganlar” serialidan tortib (mamlakatning garchi, Yevropa Ittifoqi bilan til biriktirgan holda boʻlsa ham Rossiya tomonidan bosib olinishi) va “Katta ayiq” (AQSH va Rossiyaning Shpitsbergenda toʻqnashuvi haqida) qabilidagi detektivlar misolida koʻrish mumkin.
Zdaniye MID RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Siyosat
Rossiya diplomatlar chiqarib yuborilgach, qator davlatlarga javob choralarini eʼlon qildi
Umuman olganda, Rossiya tomonidan tahdidlarga oid detektivlar tobora koʻproq uchramoqda - ularning aksariyatida Qrim bilan parallellar oʻtkazilib, “qrim stsenariysi" esga olinmoqda.
Bir necha yil oldin Nordxus Karlssonning "Oq Armada"si chiqqan va u "75 yil oldin ular Kirkenesni ozod etgandilar, endi ruslar yana qaytib kelishdi" shiori ostida reklama qilingan edi.
Joriy yil boshida sobiq bolalar yozuvchisi Greta Boyening “Halokat signali” nomli debyut detektivida ruslar endilikda Finnmarkga – yaʼni qachonlardir Sovet armiyasi ozod qilgan yerlarga tahdid qilishmoqda.
“Finnmark – Qrimga aylanishi mumkin” – hammasi mana shunday sodda ifodalangan.
Aytish joizki, norvegiyaliklarning hammasi ham atlantika tomonidan buyurtma qilingan rusofob taomlarni jimgina tanovvul qilayotgani yoʻq.
Bunday buyurtma mavjudligiga esa shubha qilmasa ham boʻladi – u hujjatlarda rasmiylashtirilmagan, ammo yaxshi shogird undan ustozi nima kutayotganini yaxshi anglaydi.
Korabli NATO v Baltiyskom more vo vremya ucheniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Siyosat
Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda
Yoʻq, koʻpchilik gʻazabda va norozilik bildirishmoqda. Ammo bu holda ularni buzgʻunchilik ishlarida, yaʼni Rossiyaga xizmat qilishda ayblashmoqda – xuddi Rossiya bilan hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini qoʻllab-quvvatlab kelgan janubi-sharqiy Norvegiya universiteti professori Glenn Diyesenni kabi. U doim Norvegiya va Rossiya matbuotida chiqish qilib keladi – va buning uchun "Kreml propagandisti" degan tamgʻa ham orttirib olgan.
Eng kulgilisi, bu laqab unga ochiqdan ochiq turli Atlantika tuzilmalariga ishlaydigan kishilar tomonidan berilgani.
Albatta, atlantachilar Norvegiyani Rossiyaning faol raqiblari klubiga bogʻlab qoʻyishga harakat qilishadi, bu shubhasiz, — ammo bizning mamlakatimiz qoʻshnilaridan boʻlgan atlantachilarning boshqa faol ishtirokchilaridan farqli oʻlaroq, qirollikda na maishiy na siyosiy darajada jiddiy rusofobik anʼanalar mavjud emas.
Uzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim, osvobojdennыe voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2020
Analitika
Rusofobiya va antisemitizm qoʻl ushlashib kelmoqda - ekspert
Atlantikaning Osloga taʼsir kuchiga qaramay, norvegiyaliklar qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarini oʻzlari aniqlashtirib olishga qodir.
Ayniqsa Rossiya bilan, axir RF Norvegiyani hech qachon oʻziga dushman davlat sanamagan, — va bu bizning TIVda tuziladigan “nodoʻstona davlatlar” roʻyxatigagina emas (bu roʻyxatga tabiiyki, qirollik kirmaydi), balki umuman bizning munosabatlarimiz tarixiga daxldordir. Va ularning kelajagiga.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala