FVV xavfli hududlardan fuqarolarning ko‘chirilayotgani haqida ma’lum qildi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Mediabankka o‘tishPosledstviya sxoda selevogo potoka
Posledstviya sxoda selevogo potoka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 6-7 may kunlari O‘zbekistonning uchta viloyati: Andijon, Namangan va Surxondaryoning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari kuzatildi.
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonning uchta viloyati: Andijon, Namangan va Surxondaryoning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari kuzatildi. Hodisa Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hokimliklar va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan vaziyat to‘liq nazoratga olinib, joylardagi ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Andijon viloyatida ikki nafar bola sel kelishi oqibatida oqib ketdi
Toshqin natijasida Andijon viloyati “Qirg‘iz” kanali orqali oqib kelgan sel oqimlari Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ko‘chalar orqali 278 ta aholi xonadoni va hovlisiga kirgan.
Afsuski, favqulodda vaziyat natijasida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro halok bo‘lgan.
Shuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir sababli Pop tumani "Vodiy" MFY hududida sel oqimlari kuzatilib, Pop tumani hududidan o‘tuvchi "Namangan-Toshkent" avtomobil’ yo‘lining 15-16 km.da yo‘l yoqasining yuvilishi, “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 103-106 km.da temir yo‘l tarmog‘ining taxminan 3 metr qismida tuproq massasining yuvilishi ro‘y bergan.
Posledstviya opolznya v Yaponii — video s bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2020
Yaponiyada kuchli toshqin va yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi – dron yordamida olingan video
Shu bilan birga, “Yangiobod” va “Vodiy” MFYdagi 25 ta aholi tomorqasiga ham yomg‘ir suvlari kirgan. Hozirda, avtomobil va temir yo‘llarining zarar ko‘rgan qismida avariya-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari Sherobod tumanidagi “Qorabog‘” QFY va “Uchog‘och”, “Guliston”, “G‘o‘rjak-2” MFYdagi 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy”, “Bog‘aro” va “Yelobod” MFYdagi 340 ta aholi xonadoni va tomorqasiga kirgan.
Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida maxsus texnikalar yordamida aholi yashash xonadonlaridan yomg‘ir suvlari chiqarib tashlangan.
Shu bilan birga, ushbu hududlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan doimiy kuzatuv ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Vazirlik rahbariyati yuqorida tilga olingan viloyatlarda olib borilayotgan tadbirlarni muntazam nazorat qilib kelmoqda. Vazirlik xodimlari sel kelgan hududlarda fuqarlar holidan xabar olish, ularga zaruriy yordamlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
O‘z navbatida, bu kabi hodisalarning oqibatlarini kamaytirish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlar hamkorligida muntazam ravishda yog‘ingarchilik mavsumida sel, toshqin suvlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun qator profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Posledstviya navodneniya v Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2020
Yaqin yuz yilda insoniyat global suv toshqiniga duch kelishi mumkin – olimlar
Jumladan, daryo, soy, ariq va kanallar o‘zanlarini tozalash hamda qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha joylarda 70 ta (yil davomida reja bo‘yicha 165 ta) amaliy maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarga 1 078 ta texnika, 4 752 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, o‘quv-mashqlari davomida 41 924 m3 tuproq ishlari,
30 360 m3 qum-shag‘al, 4 207 m3 beton, 37 217 p/m o‘zan tozalash va boshqa ishlar amalga oshirilgan.
Qayd etish joizki, 2021-yil boshidan shu kunga qadar Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar, “O‘zgidromet” markazi va Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmatining o‘rganish natijalariga ko‘ra, respublikaning gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarida fuqarolar yashayotganligi aniqlangan.
Bugungi kunda mutasaddilar tomonidan ularni xavfsiz hududlarga ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda fuqarolarning bir qismi ko‘chirilib o‘tildi. Bu jarayon bosqichma-bosqich, tizimli tarzda olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0