Kolumnistlar

Moskvada Gʻalaba paradlari turli yillarda qanday oʻtgan

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishVoyennыy parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы
Voyennыy parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
1945 yil 9 mayda Moskvada harbiy parad va alvon rang chinnigullar boʻlmagan, shahar ahli shunchaki xursandchilik qilgan, yigʻlagan, koʻchalarda notanish odamlar ham bir-birlarini bagʻirlariga bosib Gʻalaba bilan qutlaganlar. Rossiyada paradlar 1995-yildan boshlab oʻtkazila boshlagan
Rossiyada 9 may paradlari 1995 yildan boshlab muntazam oʻtkazilib kelinadi. Sovet va Rossiya paradlari tarixi haqida Sputnik kolumnisti Aleksandr Xrolenko yodga oladi.
Qizil maydonda mamlakatning asosiy harbiy paradiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bir necha oy davom etadigan va milliardlab rublga tushadigan murakkab tadbirdir. Harbiylarning saf tortib oʻtishi goʻzalligini aysberg uchiga qiyoslash mumkin, axir bu oʻn minglab odamlarning haftalab davom etadigan mashqlari va fantastik logistika natijasi-da.
© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishIstrebiteli-perexvatchiki MiG-31K s giperzvukovыmi raketami "Kinjal" vo vremya vozdushnoy chasti voyennogo parada v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov v Moskve.
Istrebiteli-perexvatchiki MiG-31K s giperzvukovыmi raketami Kinjal vo vremya vozdushnoy chasti voyennogo parada v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Istrebiteli-perexvatchiki MiG-31K s giperzvukovыmi raketami "Kinjal" vo vremya vozdushnoy chasti voyennogo parada v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov v Moskve.
Gʻalaba Paradiga tayyorgarlik anʼanaviy ravishda aprel oyining boshlarida Rossiyaning turli nuqtalaridan toʻplanadigan 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirokida Moskva yaqinidagi Alabino poligonida boshlanadi. Misol uchun, oʻtgan yili Jukovskiy va Gagarin nomidagi Harbiy-havo akademiyalarining 1500 nafar ofitserlari va kursantlari Harbiy-transport aviatsiyasining Il-76 reylari orqali Voronejdan Podmoskovyega olib kelingan edi.
Parad "korobkalarining" saf tortish boʻyicha tayyorgarliklari qoʻshinlar doimiy dislokatsiyasi manzili boʻyicha va oliygohlarda dekabr-yanvar oylaridayoq boshlanadi.
Harbiy safning aql bovar qilmas birligi va izchilligiga shu tariqa erishiladi. Piyoda parad raschetlaridan tashqari, quruqlikdagi qoʻshinlar va aviatsiya jangovar texnikalari (jami 400 dona) ekipajlari ham mashgʻulot oʻtashadi. Qoidaga muvofiq, Podmoskovyedagi Alabino poligonida paradning 10dan ortiq "zachet" repetitsiyalari boʻlib oʻtadi, undan soʻng yana uchta asosiy repetitsiyalar Moskvada (aprel oyi oxiri va may oyi boshlarida) oʻtkaziladi.

Saf anʼanalari

Gʻalaba Paradlari muntazam ravishda yaqin yillardan boshlab oʻtkazila boshlagan. Ikkinchi Jahon urushi tugagandan soʻng, bunday tadbirlar koʻpincha sotsialistik bayramlar - Mehnat kuni (1 may) va Oktyabr inqilobi bayrami (7 noyabr) bilan birgalikda oʻtkazilgan. Ehtimol, SSSRdagi ulkan tashkiliy yuk va oʻta yuqori xarajatliligi tufayli Qizil maydonda Gʻalaba kuni sharafiga harbiy paradlar atigi toʻrt marotaba - 1945, 1965, 1985 va 1990 yillarda oʻtkazilgan.
Bugun kunda bu aql bovar qilmas ishdek koʻrinadi, ammo 1945 yildan keyin Moskvada 20 yil davomida Gʻalaba kuni hech qanday harbiy parad boʻlmagan. 1947 yilda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi 9 mayni (17 yil davomida) ish kuni deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va faqat 1965 yilda Gʻalaba kuni yana bayramga aylandi (birinchi marta Gʻalaba bayrogʻi chiqarildi va Moskva "Qahramon-shahar" unvonini oldi).
Tarixiy kolliziyani mamlakatda oʻtgan asrning 40-yillar oxiri va 50-yillar boshlarida hukm surgan murakkab tashqi siyosiy shart-sharoitlar va ichki siyosiy ahvol bilan izohlashga urinishadi. Sovuq urush boshlangan, barcha kuch va vositalar mudofaani mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. Hukumat Gʻalaba marshali Georgiy Jukovning xalq orasidagi mashhurligini xolisona baholashgan.
Amerikanskiye voyennыe na ulitsax razrushennoy Xirosimы posle atomnыx bombardirovok, Yaponiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Analitika
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor boʻldi
Bundan tashqari yoʻqotishlar alami hali juda katta edi – urushda halok boʻlgan millionlab qizil armiya askarlarining bevalari va farzandlari 9 mayni avvalo xotira va motam kuni sifatida qabul qilardilar. Bugungi kunda sobiq ittifoq makonidagi aksariyat odamlar uchun ushbu bayram bugun ham "koʻzda yosh bilan" nishonlanadi. Tarixchilar hanuzga qadar urushda halok boʻlgan sovet kishilari soni haqida qizgʻin bahs olib borishadi, ular 28 million raqamini tilga oladilar. Har ne boʻlgan taqdirda ham, urushdan 20 yil oʻtib, urush dahshatlarini bilmagan sovet odamlari avlodi ulgʻaydi, hayot boʻlgan veteranlar endi yoshlar ongiga unchalik faol taʼsir oʻtkazmasdilar.
Gʻalaba kuni qoʻshinlarning tantanali paradlari jamiyatni koʻproq birlashtirdi, vatanparvarlik va harbiy mehnatga boʻlgan hurmatni shakllantirdi. Rossiyada 9 may kuni boʻlib oʻtadigan paradlar 1995 yildan beri muntazam boʻlib kelmoqda, harbiy aviatsiya esa 2005 yilda tantanali tadbirlarda oʻz ishtirokini qayta tikladi.

Vaqt oʻz hukmini oʻtkaza olmaydi

1945 yil 9-mayda Moskvada harbiy parad va alvonrang chinnigullar boʻlmagan, shahar aholisi shunchaki xursand edi, ular yigʻlar va hatto besh-begonalar bir-birlari bilan koʻchalarda quchoqlashardi. Sovet qoʻshinlarining Berlindagi paradi 1945 yil 4 mayda Brandenburg darvozasi oldida boʻlib oʻtgan va uni Berlin harbiy komendanti general Nikolay Berzarin qabul qilgan. Moskvadagi birinchi Gʻalaba paradi 1945 yil 24 iyunda marshal Konstantin Rokossovskiy qoʻmondonligida boʻlib oʻtgan va paradni marshal Georgiy Jukov olib borgan. 12 ta birlashtirilgan polk qatnashgan - 10 ta frontdan va Harbiy-dengiz kuchlari va Mudofaa Xalq Komissariyatidan. Janglarda oʻz xizmati bilan ajralib turgan jami 12 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar chiqishgan - Sovet Ittifoqi Qahramonlari va "Shuhrat" ordeni toʻla kavalerlari. Parad yakunida Kreml devorlari tagiga tor-mor etilgan nemis-fashist qoʻshinlarining 200ta bayrogʻi uloqtirilgan. Eslatib oʻtish joizki, xuddi shu yili 16 sentyabr kuni Xitoyning Xarbinida sovet qoʻshinlarining Yaponiya ustidan qozonilgan Gʻalabaga bagʻishlangan paradi oʻtkazilgan.
Voyennыy parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2020
Dunyoda
Xuddi 1945 yildagidek: Bu yilgi Gʻalaba paradi nima bilan esda qoladi?
Bir-biriga oʻxshash paradlar boʻlmaydi, ularning har biri oʻziga xos tarzda oʻtkaziladi, ammo 1995 yil 9-mayda Qizil maydonda 1945 yilgi tarixiy Gʻalaba Paradi qayta tiklangan. Faxriylarning birlashtirilgan polklari oʻzlarining jangovar bayroqlari bilan urush yillaridagi jami 10 ta frontni taqdim etganlar. 19-may kuni esa Federal qonun qabul qilinib, unga koʻra harbiy Gʻalaba paradlari har yili Moskvada, qahramon-shaharlarda va harbiy okruglar, flotlar, qurollangan armiyalar va Kaspiy floti shtab-kvartirasi joylashgan shaharlarda oʻtkaziladi.
Harbiy paradlar yillar oʻtgani sayin texnologik va siyosiy jihatdan yanada murakkab va tomoshabop koʻrinishga ega boʻlmoqda. 2005 yilda Gʻalabaning 60 yilligi nishonlandi va birinchi marta nafaqat gʻoliblar, balki Germaniya kantsleri Gerxard Shreder bilan birga kelgan Vermaxt faxriylari ham Qizil maydonda qatnashgan edilar. Paradda 4 ming Rossiya urush qatnashchilari va 7 ming amaldagi harbiy xizmatchilar qatnashishgan.
Boyatsya vashey pravdы - Putin ob ugrozax vlastey Estonii v adres sotrudnikov Sputnik Estoniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2019
Siyosat
Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi
2008 yilning may oyida Qizil maydondan birinchi marta Rossiya ogʻir jangovar texnikasi, jumladan, "Iskander" va T-90 tanklari oʻtkazilgan. 2010 yil 9 mayda Qizil maydondan Buyuk Britaniya, AQSH, Frantsiya, Polsha va MDH davlatlaridan boʻlgan chet el harbiy xizmatchilari saf tortib oʻtishgan. 2011 yil paradi rekord darajadagi – 20 ming sonli harbiy xizmatchilar ishtiroki bilan yodda qolgan.
2014 yildagi Gʻalaba paradida Federal qoʻriqlash xizmatining Prezident kavalerchilari polki qatnashgan, 2015 yilda esa – kuban kazaklari ishtirok etganlar.
Baʼzi harbiy marosimlarni tezkor bekor qilish yoki kechiktirishga keladigan boʻlsak, Gʻalaba kuni shunaqasi ham boʻlib turgan. Masalan, 1945 yil 24-iyun kuni ob-havo sharoiti tufayli paradning aviatsiya qismi bekor qilingan. Xuddi shu holat 2017 va 2019 yillarda ham takrorlangan.
Aktsiya Sad pamyati v Parke Pobedы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Video
Farzandlar va nabiralar yodda tutishi uchun: Gʻalaba bogʻida yangi bogʻ yaratildi
2020 yilda xavfli epidemiologik vaziyat tufayli anʼanaviy tarzda 9 may kuni oʻtkaziladigan parad sanasidan voz kechishga toʻgʻri keldi. Shu kuni paradning faqat havo qismi boʻlib oʻtdi - 75 ta samolyot va vertolyotlar Qizil maydon boʻylab uchib oʻtdi. Asosiy qism 24-iyun kuni boʻlib oʻtdi - oʻsha paytda 1945 yilda Qizil maydonda afsonaviy Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. Gʻalaba bundan oʻz jilosini yoʻqotmaydi. Ulugʻ Vatan urushida Sovet ittifoqi erishgan Gʻalaba sharafiga harbiy parad qachon oʻtkazilmasin, bizning umumiy tariximizni "siljitib" yoki qayta yozishning imkoni yoʻq: 1945 yil 8 may kuni markaziy Yevropa vaqti bilan 22:43da (Moskva vaqti bilan 9 may kuni 0:43 da) Berlin yaqinida general-feldmarshal Vilgelm Keytel, Lyuftvaffe vakillari general-polkovnik Shtumpf va Krigsmarin admiral fon Frideburg Germaniyaning toʻliq kapitulyatsiyasi haqidagi aktni imzolaganlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala