Dunyoda

Xitoy AQShni inson huquqlarini monopollashtirmaslikka chaqirdi

© Flickr / Max BraunFlag Kitayskoy Narodnoy Respubliki
Flag Kitayskoy Narodnoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
AQSH, inson huquqlari haqida emas, balki faqatgina oʻz manfaatlari va gegemoniyasi uchun qaygʻurmoqda, deydi Xitoyning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari xalq jamiyati rahbari Lin Suntyan.
TOSHKENT, 9 may – Sputnik. Vashington inson huquqlari mavzusidan tobe boʻlishni va yon bosishni istamaydigan mamlakatlarga bosim oʻtkazish uchun diplomatik instrument sifatida foydalanadi, lekin inson huquqlari AQSH monopoliyasi yoki u ega boʻlgan imtiyozga kirmaydi, deb bayonot qildi Xitoyning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari xalq jamiyati rahbari Lin Suntyan.
"Inson huquqlari Qoʻshma Shtatlarning imtiyozi yoki monopoliyasi emas, balki butun insoniyatning umumiy intilishidir. Millati, etnik kelib chiqishi yoki madaniyatidan qatʼi nazar, dunyodagi barcha odamlar uchun teng huquq va erkinliklar, munosib ish, birinchi galdagi ehtiyoj mollari, uy-joy, taʼlim va sogʻliqni saqlash bilan taʼminlash xalqaro inson huquqlari faoliyatining ajralmas qismidir", - dedi Lin Suntyan Xitoyda qashshoqlikka qarshi kurash, taraqqiyot va inson huquqlariga bagʻishlab oʻtkazilgan seminarda.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
AQSH, inson huquqlari haqida emas, balki faqatgina oʻz manfaatlari va gegemoniyasi uchun qaygʻurmoqda, deya qayd etdi u.
"AQSH va boshqa Gʻarb davlatlari real inson huquqlari haqida qaygʻurmayaptilar. Ularning bunga endi haqqi yoʻq va ular endi inson huquqlari haqida gapirishdan uyalishlari kerak", - deya qayd etdi Lin Suntyan.
Uning soʻzlariga koʻra, AQSH oʻnlab yillar davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida goʻyoki "inson huquqlarini himoyalab kelgan", ammo bironta bir davlatga taraqqiy etish masalasiga muvaffaqiyatli yechim topishda yordam berish uchun hech qachon bironta harakatni amalga oshirmagan.
Predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Dunyoda
Si Tszinpin Xitoy va AQSH qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
"AQSH kapital va siyosat haqida qaygʻurib keladi, boy insonlarning huquqlarini himoyalaydi. Boylar yanada boyiydi, qashshoqlar – qashshoqlashib boraveradi. AQShdagi 50ta eng badavlat insonlarning mol-mulki qiymati 165 million eng qashshoq odamlarning mol-mulki qiymatiga teng", - dedi u.
Shu bilan birga, Lin Suntyan, Vashington oʻz gegemonligini saqlab qolish va xudbinona manfaatlariga xizmat qilish uchun inson huquqlari mavzusini boʻysunishni va yon berishni istamagan mamlakatlarga bosim oʻtkazish uchun diplomatik instrument sifatida ishlatishini qoʻshimcha qildi.
"1991 yildan AQSH Fors qoʻltigʻi, Kosovo, Afgʻoniston, Iroq, Liviya va Suriyada urush boshladi, bu fuqarolar orasida ommaviy qurbonlar boʻlishiga olib keldi, koʻp sonli qochoqlar muammosini yuzaga keltirdi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida AQSH turli xil bahonalar ostida Kuba, Venesuela, Eron, Suriya, Zimbabve va boshqa qator davlatlarga bir yoqlama sanktsiyalar kiritib keldi va hech qachon bu davlatlardagi insonlarning yashashga boʻlgan huquqlari, salomatligi haqida qaygʻurmadi", - deb qoʻshimcha qildi Xitoy vakili.
Uning taʼkidlashicha, mamlakatlar tarix, tsivilizatsiya va taraqqiyotda bir-biridan farq qiladi va tabiiyki, ularning inson huquqlari sohasidagi taraqqiyoti ham, albatta, turlicha boʻladi.
Prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vыstupleniya s yejegodnыm poslaniyem Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Kolumnistlar
Putin qizil chiziqni aynan qayerdan tortganini Gʻarb juda yaxshi biladi
"Xalqaro hamjamiyat oʻzaro hurmat ruhini saqlab turishi, bir-biriga teng munosabatda boʻlishi, umumiy rivojlanishga intilishida tafovutlar va intilishlarni saqlagan holda umumiy asoslarni izlashi, inson huquqlari sohasida tajriba almashinuvi va hamkorlikni kuchaytirishi va umumiy taraqqiyotga koʻmaklashishi kerak", deb qoʻshimcha qildi Lin Suntyan.
Uning taʼkidlashicha, xalqaro hamjamiyat ikki tomonlama standartlar va inson huquqlarining siyosiylashtirilishiga qatʼiy qarshi turishi kerak va rivojlangan mamlakatlar esa butun mamlakatlardagi odamlar tinch, baxtli va munosib hayot kechirishlari yoʻlida BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish boʻyicha kun tartibini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini samarali bajarishlari kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala