Kolumnistlar

Putin qizil chiziqni aynan qayerdan tortganini Gʻarb juda yaxshi biladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin pered nachalom vыstupleniya s yejegodnыm poslaniyem Federalnomu Sobraniyu
Prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vыstupleniya s yejegodnыm poslaniyem Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Rossiya hech kimga biz bilan munosabatlarda qizil chiziqdan oʻtishni maslahat bermaydi — bu chiziq qayerdan oʻtishini esa, har bir konkret holatda biz oʻzimiz aniqlashtiramiz.
Vladimir Putinning Federal kengashga murojaatida yangragan ushbu soʻzlarini uning Myunxendagi nutqiga qiyoslashdi va ushbu taʼkid Rossiyaning tashqi siyosiy manifesti nomini oldi.
V sluchaye neobxodimosti otvet budet asimmetrichnыm, bыstrыm, jestkim - Putin o mejdunarodnыx otnosheniyax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Video
“Qilmishidan pushaymon boʻladi”: Putin igʻvogarlarni ogohlantirdi
Haqiqatan ham yangi tarixiy davr boshlandi — ammo prezident bu soʻzlar bilan allaqachon roʻy berib boʻlgan holatni taʼkidlamoqda edi, xolos. Rossiya surinardi, Rossiya tiklanardi, Rossiya birlashdi — endi Rossiya hujumga oʻtmoqda. Yoʻq, Ukraina yoki Gʻarbga emas — shunchaki, biz oʻz milliy manfaatlarimizni yanada ochiq va keskin himoyalashga oʻtmoqdamiz.
Ammo bu biz oʻz milliy manfaatlarimizni ilgari himoya qilmagan edik, degani emas, — Putin boshqaruvining barcha yillarida bu bizning tashqi siyosiy doktrinamiz mohiyati boʻlib kelgan. Qanchalik koʻp kuch olsak, oʻzimizning haqligimizga boʻlgan ishonch shunchalik ildiz otardi, voqealar rivoji tashqi vaziyatga bergan baholarimizning toʻgʻriligini qanchalik kuchliroq isbotlasa, dunyo sahnasida shuncha qatʼiyatli va qattiqqoʻl boʻldik, va shu oʻlaroq katta geosiyosiy kengashning barcha maydonlaridagi oʻyinlarda yanada faol qatnashdik.
Ammo bizni "mahluqlashtirish" ham shu qadar kuchli kechdi - bizni butun dunyoga tahdid sifatida koʻrsatib, bloklashga va yakkalashga urinishardi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Kolumnistlar
Yangi sanktsiyalari bilan Gʻarb “temir parda”ni qayta tushirmoqda
Qrim voqeasidan keyingi yetti yil bu shunchaki befoyda emasligini koʻrsatdi. Bu shunchaki jahon koʻlamida ishlamasligi ayon boʻldi (Gʻarbning demonlashtirish (mahluqlashtirish) boʻyicha xatti-harakatlari faqat Gʻarbning oʻzigagina taʼsir etardi — agar aholi kayfiyatini oladigan boʻlsak, bu unchalik samarali kechmaganini koʻrish mumkin).
Rossiyani tiyib turish siyosati natijalari dunyo qanchalik oʻzgarganining dalili boʻldi. U bekorga emas, muayyan sabablarga koʻra (2000 yillarda oxirigacha qurib bitkazilmagan atlantik dunyo tartibotining barbod boʻlishi sababli), shuningdek, tarix oʻzanini tezlikda oʻzgartirgan Rossiyaning maqsadli harakatlari tufayli ham oʻzgargan edi.
2014 yildagi ochiq isyonimiz bilan biz Gʻarbning global yetakchilik loyihasi inqirozini tezlashtirdik (hukmronlikni koʻzlagan holda) - garchi Qrim bilan bogʻliq vaziyatda biz birinchi navbatda oʻzimizni, milliy manfaatlarimizni himoya qilgan edik.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Dunyoda
Putin Qrimdagi referendum boʻyicha qarorni qanday qabul qilgani haqida gapirdi
Gʻarb bizni, hatto, bu manfaatlar haqida ochiq aytish huquqidan ham mahrum qildi - benzokolonka-mamlakat, mintaqaviy derjava, parchalanib ketgan iqtisodiyot haqida barcha gap-soʻzlar ham shundan, aslida. Rossiyani 90-yillarda hisobdan chiqarib tashlashdi - va Myunxen hamda Qrim orqali u superderjava pozitsiyasiga qaytishni boshlaganida juda hayron qolishdi.

Ha, SSSR miqyosida emas - ammo kazino egalari uchun butun oʻyinni buzish uchun yetarli darajada. Chunki oʻsha paytga kelib Gʻarbning oʻzi Bobil globallashuv minorasini qurish paytida oʻzini oʻzi oʻta zoʻriqtirib yuborgan va, hatto, Rossiyaning cheklangan imkoniyatlari unga Atlantika dunyo tartibotining qulashi jarayonini tezlashtirishga imkon bergandi.

Buni anglash esa (globalistik loyiha ichki inqirozi hamda Rossiyaning faol oʻyini uygʻunlashuvi) atlantachilarni "ruslar kelyapti!" qabilidagi jazava holatiga tushirgan edi, endi ruslar hamma joyda hamma narsaga aralashardi.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Rossiya
Lavrov: Rossiya AQShning har qanday nodoʻstona xatti-harakatlariga javob qaytaradi
Qrim va Suriya ularga kamlik qilgandek, ular kamiga Trampni saylashdi va Brexitni uyushtirishdi — mana shunday isitma aralash safsatani biz koʻp yillardan buyon kuzatib kelmoqdamiz.
Rossiyani izolyatsiyalashga urinish holatlari qarama-qarshi natija bilan yakunlandi: Gʻarb oʻzini himoyalanmagan his eta boshladi, u ruslarni har bir krovat tagidan qidirar va oʻzining har bir muammosi hamda muvaffaqiyatsizligi ortida ruslarni koʻra boshlagandi. Ammo muvaffaqiyatsizliklari tabiiyki, kundan kunga ortib borardi.
"Ruslar buni uddalashdi" jumlasi hazilnamo memga aylangandi. Ammo eng qizigʻi, Rossiyaga qarshi tashviqot jahon koʻlamida Rossiya foydasiga ishlay boshlagandi — agar ruslar shunchalar, Gʻarb aytayotgani singari, qudratli ekan, u holda ular bilan ishlash va, hatto, doʻst tutinish kerak, deya fikrlay boshladilar.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2016
Siyosat
Lavrov: Gʻarb har borada Rossiyani ayblashga urinyapti
Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika koʻz oʻngida Rossiya qoʻshimcha reklamaga ega boʻldi va bu reklama bizning sayyoraning turli regionlariga qaytishimizda juda muhim rol tutdi.
Putin bilan qoʻrqitishni istashgandi, natijada esa Putinning obroʻyi zamonaning eng qudratli siyosatchisi darajasida mustahkamlanishiga hissa qoʻshishdi. Shu bois, keyingi bosqichda, Rossiyani boʻlar-boʻlmasga turtkilay boshlashni odat qildilar, biz bunga koʻnikkanmiz, biz uchun bu yangilik emas, ammo javob qaytarish zarur.
Bu derjava uchun qaygʻurganimiz uchun emas, garchi bayroq obroʻyini himoyalash kerak, albatta, bu tabiiy, ammo biz hozirda bizga boʻlgan bosimning yangi shakliga duch kelganmiz.
Vid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storonы parka Zaryadye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2019
Analitika
Rossiyada Gʻarbni nega yaxshi koʻrishmaydi?
Bunda ichki va tashqi siyosiy omillar chambarchas bogʻliq boʻladi, yaʼni ichki ishlarimizga aralashish va milliy manfaatlarimizga qasddan mensimaslik deb atash mumkin. Navalniy va Ukraina bilan bogʻliq voqealarning oʻzaro bogʻliqligi buning eng aniq dalilidir.

Navalniy tufayli eʼlon qilingan sanktsiyalar va "Shimoliy oqim 2"ni toʻxtatib qoʻyish bilan bogʻliq tahdidlar (boshida zaharlangani, keyin esa hibsga olingani uchun), Ukrainaga "ruslarning bostirib kirishi tahdidi" atrofida jazavani kuchaytirish, va buning uchun hozirdanoq Rossiyaga bahoni belgilab qoʻyish, yaʼni qizil chiziqlarni tortish zarurati — bularning barchasini Gʻarb bizga "yangi rasmiyatchilik" tarzida oʻtkazmoqchi boʻlyapti.
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Siyosat
Bemor AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanadi — Putin Navalnыy haqida
Ammo Rossiya unga taklif qilingan oʻyin qoidalariga rozi boʻlmaydi - na bizning ichki ishlarimizga aralashuv, na "Ukrainani Rossiyadan qutqaramiz" mavzusi bizga mutlaqo maʼqul emas. Yaʼni biz Gʻarb bilan oʻynamaymiz (uning Atlantika qismi bilan), chunki bu qoidalardan bilyapmizki, ular bizga zarar yetkazish uchun bahona sifatida kerakligini tushunamiz.
Tashviqot, siyosiy, iqtisodiy - va eng muhimi, geosiyosiy tomondan yetkaziladigan zarar uchun bahona sifatida.
Yaʼni Gʻarb bizdan tashabbusni tortib olmoqchi, bizni Navalniy, Ukraina tufayli cheksiz oʻzini oqlashlar bilan chalgʻitmoqchi. Ammo shu bilan birga ushbu ikkala mavzu ham Putin aytgan qizil chiziqlardan tashqarida. Gʻarb buni juda yaxshi tushunadi, lekin yana bir bor turtib koʻrishga urinmoqda.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida
Mabodo ish berib qolsa-chi? Yoʻq, yaxshisi provokatsiya qilmagan maʼqul, toki keyinchalik uzoq vaqtdan buyon koʻrmagan pushaymon alamini taʼtib koʻrmaslik uchun. Putinning bu soʻzlari barchaga birdek taalluqli — Ukraina frontidagi provokatsiyalarga ham, bizning milliy manfaatlarimiz bor boshqa nuqtadagi provokatsiyalarga ham. Ular koʻpmi? Albatta: Rossiya — global derjava, global hukmronlik oʻrnatish ambitsiyalariga ega derjava maʼnosidamas (bu koʻproq AQShga tegishli), balki global manfaatlarga ega mamlakatdir. Ular faqatgina sobiq ittifoq maydonida emas — Suriyada ham, Vyetnamda ham, Serbiyada ham, Misrda va Angolada ham bor. Eng muhimi, ular Moskva va Pekinga koʻra yangi dunyo tartibotini shakllantirishda yanada faol va muvofiqlashtirilgan holda shugʻullanishmoqda.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Bu ishda bizga qizil chiziqlar tortish befoyda — biz bunga yoʻl qoʻymaymiz, qolaversa, "rassomlarning" kuchi ham yetmagay. Lekin har bir alohida holatda qizil chiziq qayerdan tortilishini oʻzimiz hal qilishimiz haqidagi gaplar manmanlik boʻlib qolmayaptimi? Yaʼni Gʻarbga bizni "jilovlashga" ruxsat bermagan holda, unga mumkin boʻlgan - mumkin boʻlmagan holat boʻyicha oʻz fikrimizni uqtirishga tayyor ekanmizda? Yoʻq, zinhor bu manmanlik emas — chunki gap oʻzga hududlarga, oʻzga milliy manfaatlar zonasiga ekspansiya haqida bormayapti. Gap bu yerda oʻzinikini yoki Gʻarb bizdan olib qoʻyishga uringan va urinayotgan narsalarni himoyalash va qaytarish haqida borayotgani yoʻq. Bu haqda ularga nimanidir oydinlashtirish va tushuntirishning hojati ham yoʻq, chunki mushuk kimning goʻshtini paqqos tushirganini yaxshi biladi. Toʻgʻrirogʻi - paqqos tushirishga urinayotganini.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala