Analitika

Milliardlab yevroni koʻkka sovurish. Oktyabrgacha “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishadimi

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Fotobankka oʻtishStroitelstvo gazoprovoda "Severnыy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Irina Badmayeva. “Shimoliy oqim-2” atrofidagi qizgʻin bahslashuv tinmayapti. Davlat departamenti Yevropaga sanktsiyalar bilan tahdid etishda davom etmoqda. Gʻarbda Rossiya yoqilgʻisiga boʻlgan talabni anglashsada, Germaniyada boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan saylovlar loyiha istiqboliga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Demak, ishni yakunlashga shoshmaslik darkor. Qizil tasma qachon kesilishini RIA Novosti oʻrgandi.

Bundestag saylovlariga qadar ulgurmoq zarur

Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev gaz quvuri 26 sentyabrgacha qurib bitkazilishini maʼlum qildi. “Agar ob-havo yaxshi boʻlsa, tezroq yakunlaymiz”, - deya qoʻshimcha qildi u. Yuz kilometr joyga quvur yotqizish qolgan.
Saylovlardan soʻng Bundestagdagi kuchli oʻrinlarni yashillar egallashi mumkin, ular esa, yumshoq qilib aytganda, bu loyihasini qoʻllab-quvvatlashmaydi. 3 may kuni Germaniyaning tabiatni muhofaza qilish nohukumat tashkiloti (NABU) Gamburg maʼmuriy sudiga daʼvo arizasini kiritdi. Ekologlar “Shimoliy oqim-2” Boltiq dengiziga zarar yetkazadi deb hisoblashmoqda.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SSHA sanktsiyami v otvet na popыtku ostanovit Severnыy potok - 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dunyoda
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Qolaversa, Rossiya quvuriga hayrixoh Angela Merkel tez orada kantsler lavozimini tark etadi. Hukumat tepasiga kim kelishi noayon. Loyihaga katta pul tikilgan axir.
“Hozir shu masala turibdiki, oʻn milliard yevroni koʻkka sovurishni istaymizmi. Qarorni Yevropa qabul qilishi kerak”, - deydi Sergey Nechayev.
YEIda fikrlar allaqachon ikkiga boʻlingan. Quvurlar Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya suv hududlari orqali oʻtadi. Birinchi uch mamlakat qurilishga tezda rozilik berdi. Faqat Kopengagen qarshilik qildi, lekin natija yon berdi. Ammo Chexiya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Ruminiya, Xorvatiya qatʼiy qarshi. Ukraina haqida gapirmasa ham boʻladi. Hech kim tranziter maqomidan mahrum boʻlishni istamaydi.
Soʻz oʻrnida, Varshava “Gazprom” bilan shartnoma tugagandan keyin 2022 yildan boshlab Rossiya yoqilgʻisiz kun koʻrishga tayyorligini bildirdi. Polyaklar Shimoliy dengizda yotqizilayotgan “Baltic Pipe”ga umid qilishmoqda. Qolgani – amerikaliklar yevropaliklarga quyib berishga shay boʻlgan okean ortidagi suyultirilgan tabiiy gaz.

Sanktsiyalarga qaramasdan

SHO-2 ning ikki ipining umumiy quvvati – yiliga 55 milliard kubometr. Uzunligi – 1234 kilometr.
Qurilishni 2019 yil dekabrida toʻxtatib qoʻyishgan edi. Shveytsariyaning “Allseas” quvur yotqizuvchisi Amerika sanktsiyalar tufayli loyihadan chiqdi. Bir yil oʻtib ish qayta tiklandi. Biroq Vashington ishning beliga tepishda davom etmoqda.
AQShning 2021 yilgi mudofaa byudjeti yana cheklovlarni kengaytirdi. Davlat departamenti Yevropa kompaniyalarini qoʻrqitmoqda. Bu yil fevraliga kelib SHO-2 ni YEIdan boʻlgan 18 ishtirokchi tark etdi.
Ammo Yevropada energetika xavfsizligi uchun loyihaning muhimligini anglashadi. Kreml ham hamkorlar SHO-2 ni yakunlash niyatida izchil ekanini taʼkidlamoqda.
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Kolumnistlar
Hammasi Moskvaning “oʻzini tutishiga” bogʻliq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatadimi?
Germaniya hukumati buni bir necha marotaba tasdiqlagan, xususan, 4 may kuni GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Londonda “Yettilik” TIV rahbarlari yigʻilishida. Gap shundaki, GFR koʻmir va atom energetikasidan voz kechmoqda. Qayta tiklanadigan manbalarga bezarar oʻtish uchun mamlakatga koʻproq gaz darkor.
Bir necha kun oʻtib, 11 may kuni, “Germaniya uchun muqobil” partiyasi hamraisi Tino Krupalla eslatdi: “Suveren davlat sifatida biz koʻplab mamlakatlar bilan ish munosabatlarini davom ettirishimiz shart”. Va dediki, gaz quvuri qurilishi yakunlanishi ham GFr, ham Rossiya uchun foydali.
“AQSH buni qanchalik xohlaganiga qaramay bir zumlik siyosiy daʼvolar bilan iqtisodiy uzoq muddatli samarali hamkorlikni buzib boʻlmaydi. Shaxsiy hech narsa yoʻq, faqat biznes”, - deb hisoblaydi Maksim Chernyayev, RUDN iqtisodiy fakulteti dotsenti.
Lekin qizil tasmani sentyabr oxirida kesishlariga shubha qilish uchun jiddiy sabablar bor.
“Toʻsiqlar nafaqat yuridik va siyosiy – ish surʼati yuqori emas. 19 apreldan 10 maygacha 3,1 kilometr yotqizishdi. 1 apreldan 19 aprelgacha – 8,6. Bundan kelib chiqadiki, 40 kunda – 11,7 kilometr, yoki oʻrtacha kuniga 0,3 km. Bunda 11 oy kerak boʻladi”, - deya fikr yuritadi TeleTrade axborot tahliliy markazi iqtisodchisi Mark Goyxman.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Ammo loyihani toʻxtatib boʻlmaslikni, aftidan, hatto uning ashaddiy dushmanlari anglashgan (jilla qursa tan berishgan). Hech boʻlmaganda yangi sanktsiyalarga chap berish uchun firma filiallari orqali harakat qilish mumkin. Albatta, bu koʻp vaqtni talab qiladi, aytishadi-ku, sekin yursang, uzoqqa borasan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala