Siyosat

Mirziyoyev tuman hokimlarini yer ajratish vakolatidan toʻliq mahrum qildi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Yer sohasidagi munosabatlarni tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Yerga boʻlgan huquq turlarini 6 tadan 3 taga qisqartirish koʻzda tutilmoqda. Shu bilan birga yer sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.
TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev yer munosabatlarini tubdan takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Keyingi yillarda mamlakatda yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali yer ajratish tartibining ochiqligi va shaffofligi ortib bormoqda, sohada byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilmoqda.
Biroq, yer resurslarini talon-toroj qilish, oʻzboshimchalik bilan egallash va noqonuniy sotish holatlari hali ham kuzatilmoqda. Noqishloq va qishloq xoʻjaligi yerlarini ajratish tartibi barcha uchun bir xil va shaffof emas.
Posevnaya risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Jamiyat
Ehtiyojmand aholiga davlat hisobidan yer ajratiladi
Davlat rahbari bu boradagi kamchiliklarni keskin tanqid qilib, yerni bozor aktiviga aylantirish, uning iqtisodiy qiymatini belgilash va moliyaviy oborotga kiritish boʻyicha ishlarni jadallashtirish, yer ajratish va undan foydalanish sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
"Bugungi kun tartibidagi masala juda murakkab. Bu sohada qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻz ijobiy natijasini topmayapti. Yer – xalqni boqayotgan mulk. Yerimizga boʻlgan munosabatni mutlaqo oʻzgartirishimiz kerak", - deb taʼkidladi Prezident.
Yigʻilishda yer sohasidagi qonunchilik boʻyicha mavjud ahvol va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida ishlab chiqilgan takliflar koʻrib chiqildi.
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Hodisalar
Gurlanda yer maydonini 50 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga olindi
Xususan, yerni xususiy sektorga mulk va ijara huquqi, davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish tartibi joriy etiladi.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan yer ajratish kabi bozor iqtisodiyoti talablariga mos boʻlmagan amaliyotlarni tugatish va yerga boʻlgan huquq turlarini 6 tadan 3 taga qisqartirish koʻzda tutilmoqda.
Noqishloq yerlarni xususiy sektorga faqat auktsion orqali sotish tartibi kiritiladi. Noqishloq yerlar Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga xususiy mulk qilib, xususiylashtirish mumkin boʻlmagan yerlar esa ijara huquqi asosida sotiladi.
Hokim qarori bilan nodavlat sektorga yer ajratish hamda yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyoti bekor qilinadi.
Stado korov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2020
Jamiyat
Qoraqalpogʻistonda chorvachilik uchun auktsionsiz yer berilishi mumkin
Qishloq xoʻjaligi yerlarini faqat ijara huquqi asosida ajratish tartibi kiritiladi. Bunday yerlar fuqaro va tashkilotlarga (chet elliklardan tashqari) ochiq tanlov asosida beriladi. Ochiq tanlovga ariza qabul qilish, talabgor haqidagi maʼlumotlarni toʻplash va baholash elektron shaklda amalga oshiriladi.
Viloyat va tuman hokimlarining qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish vakolati Vazirlar Mahkamasiga va prezidentga oʻtkaziladi.
Yigʻilishda yer ajratilishi va undan foydalanilishi ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati toʻliq bekor qilinadi. Viloyat hokimining yer munosabatlariga doir barcha qarorlari adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Shu bilan birga yer sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.
Davlat rahbari sohada qonun ustuvorligini taʼminlash shart ekaniga yana bir bor urgʻu berib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala