Kolumnistlar

AQSH, Rossiya va Yevropa Ukrainaga qarshi birlashdi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Fotobankka oʻtishFlagi SSHA i Ukrainы
Flagi SSHA i Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Kecha kechqurun Jo Bayden oʻzining ukrainalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbat qilishni oʻziga ep koʻrdi.
Soʻnggi paytlarda Vladimir Zelenskiy Oq uy xoʻjayini bilan muloqot qilish ilinjida qanchalik kamsitilishlarga bormadi deysiz – Baydenning Vladimir Putin bilan uchrashuviga qadar.
Amerika tomonining izohlariga qaraganda, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlash haqida ogʻiz ochilmagan. Kiyev uchun oʻsha oʻta muhim va ogʻriqli mavzu boʻyicha, koʻrinishidan, oldingi siljish roʻy bermagan.
“Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishini avval boshdan turli yoʻllar bilan toʻxtatishga uringan Ukrainani loyiha oʻz yakuniga yetayotgani haqidagi yangilik chetlamay oʻtishi mumkin emas edi.
Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Kolumnistlar
"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi soʻnggi jang boshlandi
Kiyev butun Gʻarbni yanada keskinroq sanktsiya kiritishga toʻxtovsiz chaqirgandi va gaz quvuri ukrain gaz-transport tizimi (keyingi oʻrinlarda UGTT) borligini yoʻqqa chiqarishi va mamlakatni har yillik bir necha milliardlik foydadan mahrum qilishini bildirgandi. Hozir ham sanktsiyalarni davom ettirish kerakligini takrorlamoqda.
Bu yerda haqiqat qayerda ekani va siyosiy manipulyatsiya nimaligini anglashga urinib koʻramiz.
UGTT 2014 yilgi davlat toʻntarilishidan va keyingi soʻnggi voqealardan buyon muntazam oʻzining ahamiyati va qiymatini yoʻqotganidan boshlash kerak.
"Gazprom" va "Naftogaz" 2019 yil dekabr oxirida tuzgan bitimga koʻra, Rossiya oʻtgan yil ichida 65 milliard kubometr gaz oʻtkazib olishi kerak edi, 2001 yildan 2024 yilgacha esa yiliga 40 milliarddan.
Ukraina oʻshanda unga shartnomada “toʻla yoki olib oʻt” majburiy bandini yozisha muvaffaq boʻlganini gʻalaba sifatida katta shodiyona bilan nishonlagandi. U “Gazprom” agar jismoniy jihatdan kamroq olib oʻtgan taqdirda ham toʻliq tranzit uchun pul toʻlashga majburligini nazarda tutadi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Kolumnistlar
Kiyev AQShdan “Shimoliy oqim-2” boʻyicha sanktsiyalarni qaytarishni talab qilmoqda
Shundoq ham boʻldi.
2020 yilda Ukraina hududi orqali jami 55,5 milliard kubometr gaz olib oʻtildi. Bu soʻnggi 30 yildagi mutlaq antirekord. Taqqoslash uchun: 2009 yilda Ukraina orqali Yevroittifoqiga 120 milliard kubometr gaz oʻtgan.
Yaʼni quvvati 140 milliard boʻlgan UGTTning uchdan ikki gaz quvuri va kompressor quvvati bugungi kunda bekor yotibdi. Ammo bunday murakkab qa uzun texnik obʼyektni uzoq vaqt toʻxtatib qoʻyib boʻlmaydi, u doimiy xizmat koʻrsatish, reja asosidagi ogohlantirish ishlari va pul kiritishlarni talab qiladi.
Va bu yerda ikkinchi qismga oʻtamiz.
2014 yili “Naftogaz” rahbari Andrey Kobolev UGTTni 25-25 milliard dollarga baholagan edi. Kiyev oʻsha payt bor kuchi bilan Yevropaning profil kompaniyalari ulushiga kirishni tiqishtirgan edi. Qiziqish bildirgan tomonlar sifatida Polshaning PGNiG, Shveytsariyaning AOT Energy, Italiyaning Snam S.p.A. va Slovakiyaning Eustream a.s. kompaniyalari tilga olingan. Biroq Kiyev hukumati bu yerda ham hammani aldashga urindi.
Yevropalik oʻyinchilar amalda UGTTni xarid qilishga va Rossiya gazi ishonchligi masalasini abadiy yopishga tayyor edilar, ammo Kiyev taklifni 49 foiz bilan chegaralab, aktsiyaning nazorat paketlarini sotishdan bosh tortdi. Natijada xaridorlarning umuman yoʻqligi sabab barcha tenderlar muvaffaqiyatsizlikk yuz tutdi.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Vaqt oʻtib borardi, va bu UGTTga qarshi ish tutardi. 2018 yilda oʻsha Kololev milliy gaz-transport tizimi narxini 14 milliard dollarga baholadi. 2019 yilda esa tranzitni uzaytirish masalasi koʻndalik turganda “Ukrtransgaz” kompaniyasni boʻlish natijasida paydo boʻlgan va faqat tranzit uchun javob beradigan operatorning narxi jami 1,45 milliardni tashkil etdi.
Bu raqamlard osmondan olingani yoʻq, Kiyev audit oʻtkazish va baholash uchun Britaniyaning Ernst & Young konsalting kompaniyasini maxsusan taklif qildi.
Kiyev hozirgi vaziyat va keyingi istiqbollarni tushunmaydi deb oʻylash kerak emas. Vladimir Putinning gaz quvurining bir qismi qurib bitkazilgani haqida bayonoti payda boʻlishidan bir kun oldin Ukraina prezidenti HBO axborot giganti tarkibiga kiruvchi Axios nashri jurnalistiga intervyu berdi.
Unda Vladimir Zelenskiy AQSH Moskvaga sanktsiya bosimidan voz kechgani, UGTTga sarmoya kiritmagani va buning natijasida Ukraina xavfsizligi va manfaatlariga tahdid borligidan hasrat qildi.
Qolaversa, janob Zelenskiy u va undan oldingi rahbarlar Ukrainani kiritgan chuqurlikni anglab, NATOdan zudlik Ukrainani oʻz tarkibiga qabul qilishni deyarli talab qildi.
Zelenskiyning chiqishini uning diplomatik organlari qanchalik chiroyli qilib yetkazishlariga qaramasdan, bu Rossiyaga qarshi ziddiyatda muvaffaqiyatsizlikni toʻliq tan olish edi. Koʻcha tilida aytadigan boʻlsak, gʻarb hamkorlari Ukrainani “kidat” qilishdi.
Vladimir Zelenskiy keyin nimalar boʻlishi haqida ogʻiz ochmayapti.
Ukraina yetakchisining sukuti tushunarli: u ikkinchi muddatga qayta saylanishni istaydi.
Voqealar zanjiri
Kiyevdagi davlat toʻntarilishi, Ukraina prezidenti inaguratsiya marosimidagi AQSH energetika vaziri, barcha darajadagi amerikalik maslahatchilar, yevropalik oʻyinchilarning ukrain tranzitiga yoʻlatilmasligi, UGTTning sekinlik bilan qadrsizlanishi, Jo Bayden Rossiya yashin tezligida qurib bitkazayotgan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiya kiritishdan bosh tortmoqda.
Oʻn oltinchi iyun kuni Jenevada Rossiya va AQSH prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda Ukraina va Yevropaga gaz yetkazib berish mavzusiga toʻxtalishlarida hech qanday shubha yoʻq. Oʻzimizga taxmin qilishga imkon beramiz, Baydenning sanktsiyaviy qatʼiysizligi bu, ehtimol, muloqot qilishga taklif.
Agar AQSH Ukrainani tranzit sxemasidan oʻchirsa va bevosita yetkazib berishni nazorat qilsa, bu tarzda Vashington nafaqat toʻgʻridan-toʻgʻri Yevropa Ittifoqi siyosatiga taʼsir koʻrsata oladi, balki yana yaxshigina pul ishlab ham ololadi.
Bu, albatta, faraz xolos, biroq shunga oʻxshash sxema barchaga foydali. Yevropa bozoriga chiqish uchun oldidagi gʻovlar olinadigan Rossiyaga. Groningen yopilishi ortidan oʻz fabrika va qozonlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash oʻta zarur boʻlgan Yevropa Ittifoqiga.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v otkrыtii pamyatnika imperatoru Aleksandru III - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Dunyoda
AQSH shaxdam qadamlar bilan SSSR yoʻlidan ketmoqda - Putin
Qoʻshma Shtatlarga ham, ular umuman olganda loyihaga qarshi chiqa olmagan boʻlsalar-da, lekin diplomatik topqirlik tufayli amerikaliklar yaxshigina moliyaviy va geosiyosiy dividentlarni olishlari mumkin.
Bu strategiya amalga oshirilgan taqdirda yagona yutqazgan tomon Ukraina boʻladi. Boz ustiga bu uning oʻylab qilingan tarixiy tanlovi edi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala