Jamiyat

Koronavirus Oʻzbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Fotobankka oʻtishVrachi vo vremya operatsii
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 102 163 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 102 163 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (5), Andijon viloyatida (7), Buxoro viloyatida (5), Jizzax viloyatida (4), Qashqadaryo viloyatida (19), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (22), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (3), Fargʻona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (4), Toshkent viloyatida (3), Toshkent shahrida (110) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 98 129 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 335 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 2 383 457 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 488 169 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 882 078 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 13 210 nafarni tashkil qildi.
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Rossiya
Rossiyada koronavirusga qarshi yangi dori ishlab chiqarish boshladi

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 699 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 173,5 milliondan oshdi, 3,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,4 mln), Hindistonda (28,9 mln), Braziliyada (16,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala