Kolumnistlar

Qoʻshma manyovrlar: Rossiya va Oʻzbekiston spetsnazlari nimaga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishUcheniya soyedineniya spetsnaznacheniya
Ucheniya soyedineniya spetsnaznacheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Rossiya va Oʻzbekiston qurolli kuchlari maxsus boʻlinmalarining hamkorlikdagi aksilterror mashgʻulotlari anʼanaviy tus olgan va strategik Markaziy Osiyo yoʻnalishidagi umumiy xavfsizlik tahdidlariga mos ravishda javob qaytarish imkonini beradi.
Krasnoyarsk oʻlkasi janubidagi "Yergaki" oʻquv markazida 8-13 iyun kunlari Rossiya Markaziy harbiy okrugi va Oʻzbekiston Respbulikasi maxsus kuchlari boʻlinmalarining hamkorlikdagi taktik-maxsus mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.
Ikki mamlakat maxsus kuchlari boʻlinmalari Sayan togʻ tizmalaridagi murakkab togʻli oʻrmon marshrutini maxsus anjomlar yordamida yengib oʻtib, qidiruv hamda razvedkaga ishlarni olib bormoqdalar, shartli jinoiy uyushma tayanch lagerini egallab, yaradorlar evakuatsiyasi va dushman ortida oziq-ovqat topish usullarini mashq qilishmoqda. Razvedkachi ega boʻladigan turli modifikatsiyadagi texnik vositalar va lazer qurilmalarini ishlatishni oʻrganishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Sibir maxsus kuchlari brigadasining jangovar tayyorgarligida snayperlar ishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu sohada rossiyalik va oʻzbekistonlik mutaxassislar maxsus operatsiya kuchlari normativlari boʻyicha oʻq uzishni bajarish boʻyicha tajriba almashishlari mumkin. Poligonda sibirliklar 200 metr masofadan turib Rossiyada ishlab chiqarilgan SVD-S, SV-98 va "Vintorez" miltiqlaridan gugurt qutisini oʻqqa tutishmoqda.

Oʻzbekiston spetsnazlari NATO mamlakatlaridagi hamkasblari ishtirokida oʻtkazilgan nufuzli xorijiy musobaqalarda koʻplab marotaba gʻolib boʻlganlar.

RF va Oʻzbekiston Respublikasi spetsnaz boʻlinmalari hamkorligi geografiyasi tasodifiy emas. Rossiya Markaziy harbiy okrugi Markaziy-Osiyo strategik yoʻnalishida alohida oʻrin tutadi, oʻz tarkibida xorijiy obʼyektlarga ega – Tojikistondagi 201-harbiy baza va Qirgʻizistondagi birlashgan harbiy bazaga.
Okrug qoʻshinlari KXSHT va MDH mamlakatlari doʻstona armiyasi, jumladan Oʻzbekiston armiyasi bilan ham faol hamkorlik qilib keladilar.
Sal avval MHO qoʻmondoni Aleksandr Lapin yozgi mavsumda okrug qoʻshinlari va kuchlari ishtirokida Rossiya, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston hududida toʻqqizta hamkorlikdagi (xalqaro) mashgʻulotlar boʻlib oʻtishi haqida aytgan edi. Shular orasida "Tinchlik missiyasi-2021" aksilterror mashgʻulotlari bosh maqomga ega boʻladi.
Sotrudnichestvo RF i Uz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Infografika
Oʻzbekiston va Rossiya: vaqt sinovidan oʻtgan doʻstlik

Afgʻon omili

Noqonuniy qurollangan uyushmalar (terroristik guruhlar) dala lagerlari yoʻq qilinishi mavzusi, "dushman orqasida" spetsnaz mashgʻulotlari - Markaziy Osiyo yoʻnalishida voqealarning ehtimoliy rivojlanishini aks ettiradi. Avvalroq, 2020 yil dekabr oyida Termiz poligonida Rossiya va Oʻzbekiston spetsnaz boʻlinmalarining (200 ga yaqin harbiy xizmatchilar) qoʻshma taktik va maxsus mashgʻulotlari boʻlib oʻtgan edi. Bu singari tadbirlar ikki mamlakat qurolli kuchlari oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni amaliy mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha tajriba almashish uchun oʻtkaziladi. Eslatib oʻtaman, Oʻzbekiston maxsus kuchlari Rossiyaning "Yergaki" markazida 2017 yildan beri rejali asosda mashq qilib kelishadi. Toshkent KXSHTga kirmaydi, ammo shunday boʻlsada, Moskva bilan harbiy-siyosiy yaqinlashuv zarurati va tendentsiyasi ayondir.
Boyevoye primeneniye rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Siyosat
SHHT: maxsus xizmatlar 2 yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini maʼqullashdi
Qoʻshni Afgʻoniston mintaqada va dunyoda diniy va terroristik taʼsirini kengaytirishga intilayotgan jihodchilar uchun qulay maydon boʻlib qolmoqda. Mamlakatning aksar provintsiyalari (viloyatlari)da ogʻir janglar davom etmoqda, ular mamlakat tashqarisiga chiqib ketishi xavfi mavjud. AQSH va NATO qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketishi bilan (bugungi kunda qoʻshinlarning 50 foizi olib chiqilgan), Rossiya va Oʻzbekiston harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi mashgʻulotlari ahamiyati ortib bormoqda - bu umumiy xavfsizlik tahdidlariga birgalikda javob berish uchun muhim. 28 aprel kuni Oʻzbekiston va Rossiya birinchi marta mamlakatlar oʻrtasida 2021–2025 yillarga moʻljallangan harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturini imzolagani bejiz emas. 22-24 iyun kunlari Moskvada oʻtkaziladigan xalqaro xavfsizlik boʻyicha IX anjumanda Oʻzbekiston harbiy idora vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

"Al-Qoida"*, "Islom davlati"*, "Tolibon"* va boshqa koʻpsonli terroristik uyushmalar bugungi kunda Afgʻonistonning aksariyat provintsiyalarini egallab olishgan. Ular integrallashib, allaqanday "Islom amirligi"ni tashkil qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Jangarilar faolligi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya janubi tomon kuchayishi mumkin. Mana shunday xavotirli fonda Rossiya-Oʻzbekiston qoʻshma harbiy manevrlari soni ortishi, shu jumladan Shimolda maxsus operatsiyalar mashgʻulotlari oʻtkazilishi kutilgan voqeadir.
Takticheskiye ucheniya i strelbы na poligone Kattakurgan v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2019
Jamiyat
Oʻzbekistondagi eng katta poligonda dala-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
Dengiz sathidan 1350 m balandlikda joylashgan Gʻarbiy Sayan etagidagi "Yergaki" harbiy-sport oʻquv markazida spetsnaz tayyorgarligi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Desant tashlash uchun vertlyot maydonchasi jihozlangan, qoyatoshli poligon, sport majmuasi, uygʻunlashtirilgan biatlon majmuasi, oʻquv xonalari, tuz xonasi va reabilitatsiya uychalari mavjud. Shulardan soʻnggisi - dabdaba uchun emas, balki zaruratdan jihozlangan.
Razvedkachilar guruhlari kesib oʻtiladigan territoriyalarda toʻliq anjomlangan holda, bronejiletlarda, qurol va boyepripaslar, kuzatuv va razvedka vositalari, minalash va portlatish vositalari, yegulik va suv solingan ryukzaklarni ortgan holda sutkalab davom etadigan oʻtishlarni amalga oshiradilar.
Oʻta yaxshi jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik, emotsional bardoshlilik, zakovat, aʼlo darajadagi koʻrish va eshitish qobiliyati, aniq nishonga oʻq uza bilish – bor kuch bilan mashq qilish va kuchni toʻgʻri tiklash jarayonlarini talab qiladi. Bir yil ichida "Yergaki" markazida 1000dan ziyod spetsnaz kuchlari oʻz jangovar qobiliyatlarini yanada mukammalashtirib olish imkoniyatiga egadir. Bu yerda yaqin va uzoq qoʻshni davlatlar ishtirokida xalqaro harbiy va sport musobaqalari oʻtkaziladi.

Obʼyektiv reallik

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi harbiy-siyosiy hamkorlik mintaqaviy barqarorlikni saqlashning eng muhim omilidir. Rossiya Federatsiyasi harbiy sohada Oʻzbekistonning asosiy ittifoqchisi va milliy qurolli kuchlar uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Sovmestnыe ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystviye-2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Siyosat
Rossiya va Oʻzbekiston harbiy sohada hamkorlikni kuchaytiradi - dastur tayyor
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida harbiy-texnik hamkorlik sohasida 12 ta shartnomani amalga oshirish ishlari davom etmoqda, ular boʻyicha Toshkent yangi radiolokatsiya majmualari, Su-30SM qiruvchi samolyotlari va Mi-35M zarba vertolyotlarini oladi. Yirik shartnoma katta partiyada Rossiyaning K53949 "Tayfun" bronetransportini yetkazib berilishini taʼminlaydi. Oʻzbekiston RFdan qurol-yarogʻ va texnikani Rossiya ichki narxlarida oladi (2016 yildan beri KXSHT zonasidan tashqarida boʻlgan MDHdagi yagona davlat bunday imtiyozga ega).
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
Suveren Oʻzbekistonning harbiy doktrinasi mudofaa xarakteriga ega. Toshkent harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalardan masofa saqlab keladi. Qonun Oʻzbekiston armiyasining chet eldagi jangovar harakatlarda ishtirok etishi va Oʻzbekiston hududida chet el harbiy bazalari joylashtirilishi taqiqlaydi. Shunga qaramay, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yagona mudofaa makonidan tashqarida qolishi mumkin emas.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi harbiy-siyosiy yaqinlashuv 2017 yilda "Harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi" bitim tuzilgandan soʻng faollashgan edi. Qoʻshinlarning hamkorlikdagi manyovrlari qayta tiklandi. Soʻngra, 2018 yilda Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirlari Toshkentda havo kengligidan oʻzaro foydalanish toʻgʻrisida bitim imzoladilar. Umumiy tarix, geografiya va tahdidlar Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.

* – RF va qator boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terroristik uyushmalar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala