Turizm

Oʻzbekistonda rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
Otkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Jizzax va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi.
Devushka na kablukax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Jamiyat
“Stixiya” festivalida mehmonlar yalangʻoch holda raqsga tushdimi? Turizm vazirligi javobi
Rekreatsion koʻllar hududida 2021–2025 yillarda turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi.
Rekreatsion koʻllar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Rekreatsion koʻllar hududiga kirish nuqtasida axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida rekreatsion koʻllar hududida qutqatuv brigadasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan kontseptsiyani amalga oshirish orqali har biri 5 yillik davrni oʻz ichiga olgan 3 bosqichli quyidagi natijalarga erishiladi:
Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Siyosat
Aziz Abduhakimov nomzodi turizm va sport vaziri lavozimiga maʼqullandi
- Birinchi bosqichda, jami 204 oʻrinli 6 ta joylashtirish vositasi, shuningdek, hududda ekoturistik obʼyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi;
- Ikkinchi bosqichda, Aydarkoʻl atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sogʻlomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
- Uchinchi bosqichda, 300 oʻrinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 oʻringa moʻljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Rekreatsion koʻllar hududi va unga olib boruvchi 271 km yoʻllar taʼmirlanib, qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala