Migratsiya

Patent, RVP va VNJ: muhim oʻzgarishlar kutilmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Rossiya Davlat Dumasi yangi federal qonun loyihasini maʼqulladi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi "Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati toʻgʻrisida" federal qonun va "Rossiya Federatsiyasida davlat barmoq izlarini roʻyxatdan oʻtkazish (daktiloskopiya) toʻgʻrisida" federal qonunga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasini maʼqulladi.
Kojenov Vadim, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Migratsiya
Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya boʻldi – Kojenov
Hujjatga koʻra, migrantlarga patent elektron karta shaklida beriladi.
Kartada foto, barmoq izlari, fuqaroning familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan joyi, jinsi, fuqaroligi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan migrantlarga patent 5 ish kuni ichida beriladi.
Patentni “Gosuslugi” portali orqali rasmiylashtirish mumkin.
Mer Moskvы S. Sobyanin prinyal uchastiye v otkrыtii zdaniya migratsionnogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Migratsiya
Rossiya IIV migrantlar toʻgʻrisida farmon yuzasidan sharh berdi
Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi, Moldova Respublikasi va Ukraina fuqarolari kvotani hisobga olmasdan vaqtinchalik yashash ruxsatnoma (RVP) olishlari mumkin.
Yashash guvohnomasi (VNJ) ham biometrik maʼlumotlarni saqlash uchun elektron maʼlumot tashuvchi karta shaklida beriladi. Elektron karta 10 yil davomida amal qiladi.
Rossiya fuqaroligiga qabul qilinayotgan shaxslar daktiloskopiya roʻyxatidan oʻtadi.
Endi qonun loyihasi avval Federatsiya Kengashi, keyin RF prezidenti maqullanishi kerak. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala