Migratsiya

Moskvada vaktsina olishga navbat ortib ketdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya ot COVID-19
Vaktsinatsiya ot COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Moskvada soʻnggi sutkada COVID-19ga qarshi emlanish uchun navbat toʻrt barobarga ortdi
TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Moskvada soʻnggi sutkada koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanish uchun navbatga yozilganlar soni toʻrt barobarga ortdi. Bu qariyb 42 mingga yaqin kishidir, deb xabar qildi jurnalistlarga juma kuni Moskva meri Sergey Sobyaninning ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha yordamchisi Anastasiya Rakova.
Rakova moskvaliklar vaktsinalash jarayonini ortga surmay, yaqin kunlarga emlanishga roʻyxatga turishayotganiga alohida eʼtibor qaratgan.
Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Migratsiya
Moskvada migrantlarni “Sputnik Layt” bilan emlash boshlanadi – Sobyanin
"Bu moskvaliklar holat jiddiyligini tushunishayotganidan darak beradi, ular tezroq vaktsina olishni istamoqdalar. Yuz bergan inqirozli vaziyatda bu juda muhim", - deb aytgan mer oʻrinbosari.

Bu orada Rossiya poytaxtida migrantlarni emlash ishlari start olishi arafasida

Moskvada iyul oyi boshida migrantlarni vaktsinalash ishlari boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin oʻz blogida maʼlum qilgan.
Uning soʻzlariga koʻra, COVID-19ga qarshi vaktsina sifatida "Sputnik Layt" preparati ishlatilishi ehtimoli yuqori.
Meditsinskiy rabotnik derjit v rukax ampulu s rossiyskim preparatom ot koronavirusnoy infektsii Gam-Kovid-Vak (Sputnik V) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Dunyoda
“Sputnik V” vaktsinasi bilan emlangan chet el fuqarolari Ukrainaga kiritilmaydi
"Oʻtgan yilda eng birinchi navbatda Rossiya fuqarolarini vaktsina bilan taʼminlash qarori qabul qilingandi. Cheklovlar ham faqat shu bilan bogʻliq edi. Hozirda "Sputnik Layt" vaktsinasini ishlab chiqarish ishlari boshlab yuborilgan. Umuman olganda, bu klassik "Sputnik" vaktsinasining birinchi komponentidir. Migrantlarni emlash uchun shu preparatdan foydalanishga ruxsat olsak kerak. Bizning hisob-kitob boʻyicha emlash iyul boshida, ehtimol, undan sal ertaroq ham boshlanishi mumkin", — deb yozgan Sobyanin oʻz blogida.
RF IIV maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilning dekabr oyida Rossiyadagi migrantlar soni 6 million kishidan koʻproqni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala