Rekord qo‘ydi: AQSh inflyatsiyasi jahon iqtisodiga tahdid solmoqda

© REUTERS / ERIN SCOTTKapitoliy nakanune seremonii inauguratsii Djo Baydena
Kapitoliy nakanune seremonii inauguratsii Djo Baydena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Rivojlanayotgan davlatlar o‘z inflyatsiyasidan ko‘ra AQShdagi inflyatsiyadan ko‘proq xavotir olishi kerak - Deutsche Bank.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Bunday inflyatsiya AQShda 2008yilgi moliyaviy inqirozdan buyon bo‘lmagan edi. Lekin Federal Rezerv monetar siyosatni qattiqlashtirishdan voz kechmoqda. Deutsche Bank xulosasiga ko‘ra, bu vaqti kechiktirilgan bomba bo‘lib, u butun dunyo iqtisodiga xavf solmoqda.

Inflyatsii tezlashuvi

May oyida AQShda inflyatsiya yillik 5% miqdoriga yetdi, iste’mol narxlari bazaviy indeksi esa o‘tgan yilga nisbatan 3,8 %ga oshdi. Bu 1992-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatgich bo‘ldi. Hamma narsaning narxi oshdi – avtomobillar, texnika, mebel, aviabiletlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa tovarlar.
Jahon banki iqtisodchilari aytishiga ko‘ra, inflyatsiyaning yillik maqsadli ko‘rsatgichini rejalashtirish (targetlash) bilan shug‘ullanuvchi aksariyat davlatlar (jumladan Rossiya ham) xavotir olishiga o‘rin yo‘q: ko‘rsatgich belgilangan miqdor chegaralariga qaytadi.
Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2020
Yirik savdo: Rossiya AQSh davlat qarzidan voz kechdi
Lekin AQShda vaziyat boshqacha. Federal Rezerv tizimi bekorchilik qilmoqda. Mart oyida FRS rahbari Jerom Pauell inflyatsiya targetining vaqtincha 2%ga oshishida hech qanday muammo ko‘rmayotganini ma’lum qilgan edi.
Iste’mol narxlari oshishi sabablari ravshan – pandemiya boshidan buyon AQSh hukumati antiinqiroz choralariga ulkan mablag‘lar xarajat qilishgan edi – 6 trilliondan 9 trilliongacha. Bu mablag‘lar albatta – bosish mashinkasini to‘liq quvvatda ishga tushirish orqali olingan. Bayden hukumat boshiga kelganidan buyon iqtisodga yana 2 trillion pul tikildi. Bularning aksariyati – ulkan miqdordagi ijtimoiy yordam paketlaridir.

Ulkan qarz va kuchsiz dollar

Iqtisodni pul oqimi bosishi davlat qarzini o‘rtacha 25%ga oshirdi. Endi u 28 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Bu AQSh yillik YaIMining 130 %ini tashkil qiladi.
Mutaxassislar iqtisodga yangi pul uyumlarini quyish foyda bermasligi haqida ogohlantirishdi. Narxlar va budjet xarajatlari oshishi inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya esa xaridorlarni pul jamlamasdan ko‘proq va tezroq xarajat qilishga undaydi. Pandemiya davrida amerikalik iste’molchilar 1,6 trillionga yaqin mablag‘ jamlashdi. Endi esa ular ushbu mablag‘larni xarajat qilishni boshlaydi.
Yangi bosmadan chiqarilgan ulkan miqdordagi pullar – dollar kursining tushishiga olib keldi. 2020-yil davomida Yevroga nisbatan dollar kursi 0,8934dan 0,8149gacha tushdi — deyarli 9%. 2021-yil davomida yana 5-7 %ga tushishi mumkin.
Boshqa faktor – Budjetga bosimning oshishi. 2020-yilda budjet defitsiti 16,1%ni tashkil qildi ($ 3,1 trln.) bu 1945 yidan buyon eng yuqori ko‘rsatgich. 76-yil oldin hukumat keng ko‘lamli harbiy operatsiyalar uchun mablag‘ ajratgan edi.

Pufak shishib ketdi

Shunday bo‘lsa-da, Fedrezerv “iqtisodiy maqsadlarda, xususan mehnat bozori tiklanguniga qadar sezilarli progress ko‘rmagunicha” asosiy foiz stavkasini oshirishni yoki kamayirishni rejalashtirmagan.
Bunday o‘ziga ishonish va harakatsizlik boshqa mutaxassislardaturli savollar uyg‘otmoqda.
“Aniq kurash rejasi kerak. Soliq-budjet siyosatini belgilovchi shaxslar, ularning siyosati kimga ta’sir qilishini bilishlari kerak. Narxlar oshishi bugungi kunda 87% amerikaliklarni tashvishga solmoqda. Janob Pauell inflyatsiyaning keskin oshishini tan olishi va bu muammoni vaqtincha deb hisoblashni to‘xtatishi kerak”, - dedi senator Rik Skott.
V Primorye zafiksirovali seni na maslo, saxar i makaroni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2021
O‘zbekistonda 2020-yilda inflyatsiya - 11,1 %ni tashkil qildi
Iqtisodchilar Fedrezerv ko‘chmas mulk bozorida ham paydo bo‘lgan ulkan global pufakni ham tan olishmayapti. Ular foiz stavkasini o‘ta past darajada va oyliy balansni 120 mlrd. Dollar miqdorida saqlab turishda davom etmoqda. Bu tarixiy maksimumlar ko‘rsatgichlar bilan – FRS bozorni yanada “qizdirib” yuborishi mumkin.
“Bu bilan Fedrezerv inflyatsiyani kerakli miqdorga keltirish uchun, pul-kredit siyosatida oxir-oqibat yanada keskin choralar qabul qilishni muqarrar qilmoqda”, - deydi Amerika tadbirkorlik instituti tahlilchisi Desmond Laxman.

Kuchsizlar zarar ko‘radi

Oxir-oqibat bu nafaqat amerikaliklarga, balkim butun dunyoga ham tahdid soladi, deb ogohlantirishmoqda Deutsche Bank mutaxassislari.
AQShda inflyatsiyani mensimaslik – global iqtisod ostiga sekin ishga tushadigan bomba qo‘ygandek. Buning oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin, ayniqsa jamiyatning eng kam ta’minlangan qatlamlari uchun”, - dedi bank iqtisodchichi Devid Folkerts-Landau.
Germaniyalik mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, inflyatsiya yaqin yillar ichida davom etib, 2023-yilda ehtimoliy inqirozga olib kelishi mumkin.
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Jahon banki O‘zbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
Ekspertlar aytishiga qaraganda, global miqyosdan bundan birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlar zarar ko‘rishi mumkin. Yetakchi iqtisodlarda pulning qadrsizlanishi investorlarni foiz stavkalari kutildmalarini oshirishga undaydi. Bu davlat obligatsiyalardan olinadigan daromadlarni oshiradi va oqibatda rivojlanayotgan davlatlar uchun bunday qarzlarni tobora qimmatlashib boradi.
Xullas, global tiklanish bosqichi rivojlanayotgan bozorlar uchun xavfga aylanishi mumkin. Xususan, Janubiy Afrika va Braziliyada qarz olish narxi xavfli darajaga yaqin. U davlatlarda davlat moliyaviy holat shundoq ham mustahkam emas.
“Ushbu davlatlar AQShdagi inflyatsiyadan o‘zlarining inflyatsiyasidan ko‘ra ko‘proq xavotir olishlari kerak”, - deyishadi S&P Global Ratings mutaxassislari.
Badavlat davlatlar pandemiya davrida juda past foiz stavkalarida qarzlar olishgan edi. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlar esa – olmagan.
Xususan Misr bu yil o‘z YaIMining 38% teng qarzlarni qayta moliyalashi va 12,1 %ga teng foizlar to‘lashi kerak. Gana uchun esa – Foiz yanada yuqori— 15 %. Braziliyada ham ana shunday muammolar. U yerda MB yanvardan buyon asosiy foiz stavkalarini oshirgan edi.
Capital Economics mutaxassisi Uilyama Djekson aytishiga ko‘ra, Braziliya — inflyatsiya va daromadlar oshishi iqtisodiy barqarorlikka qanday xavf solishi mumkinligiga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
Predsedatel Sentralnogo banka RF Elvira Nabiullina na press-konferensii po itogam soveta direktorov po denejno-kreditnoy politike Banka Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Odamlarga shunchaki pul tarqatsa nima bo‘ladi? – Rossiya MB rahbari javob berdi
“Bu davlat xarajatlarini kamaytirish va MB tomonidan asosiy stavkani oshirishga majburladi”, - deydi analitik.
Vaziyatning yagona ijobiy tomoni - Braziliya, Janubiy Afrika va Hindiston asosan ichki kreditorlardan qarz olganidir. Bu kapitalning xorijga oqib ketishini oldini oladi.
Rossiya bu borada ancha barqaror: federal qarz beruvichilar orasida nerezidentlar juda kam. MB xabariga ko‘ra, may oyida — 10%, aprelda— 19,7%. Davlat qarzlarini beruvchilar orasida 80% ortig‘i mahalliy investorlar — birinich navbatda banklar va pensiya fondlari. Nerezidentlar esa — bu yirik milliy banklarning xorijiy sho‘’balaridir. Bunday maqom ularni ham sanksion ham inflyatsion xavflardan himoya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0