Toliblar tojik-afg‘on chegarasini nazorat qilmoqda: endi nima bo‘ladi?

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Obuna bo‘lish
Tolibon* Afg‘oniston ichida yirik shaharlarni qamal qilmoqda, 30dan ortiq qumanlarni va afg‘on-tojik chegarasining eng muhim o‘tish qismini egallab oldi. Ushbu vaziyat MO hududiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida harbiy analitik mulohazalari.
Afg‘onistondan chet el qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishga 2 hafta qolganda Tolibon* tojik-afg‘on chegarasining muhim savdo-bojxona o‘tish qismi - "Sherxan-Bandar"ni egallab oldi. Markaziy Osiyo hududiga terrorchilik xavfi ta’sir qilish xavfi sezilarli oshdi.
Tolibon* harakati jangarilari 22-iyun kuni Afg‘oniston va Tojikiston chegarasining asosiy o‘tish qismi - "Sherxan-Bandar" nazorat punktini va uning yonidagi aholi punktini egallab oldi. Afg‘on harbiylarining bir qismi chegara orqali Tojikiston hududga o‘tib yashirinishdi.
Nazorat punkti orqali o‘tish cheklangan. Asosiy jangovar harkatlar Tolibon* qamal qilgan Qunduz shahri atrofida bo‘lib o‘tmoqda. Bir vaqtning o‘zida jangarilar Bog‘lon, Hirot, Qunduz va Faryob viloyatlaridan 30dan ortiq tumanlarni egallab olishdi va bugungi kunda Islom respublikasining to‘rtdagn uch qismini nazorat qilmoqda. Tolibon to‘liq g‘alabaning yaqinligini his qilmoqda.
Tadjikskie pogranichniki na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
Qobul hukumati taslim bo‘lish ehtimoli juda yuqori. Hukumati qo‘shinlari va politsiya o‘z vazifalarini uddalay olishmayapti. Prezident Ashraf G‘ani o‘tgan haftada mudofaa, ichki ishlar vazirlarini qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ini almashtirishiga to‘g‘ri keldi. Bu ilojsizlikdan qilingan ishga o‘xshaydi. Afg‘on deputatlari aytishiga qaraganda hukumat malakatdagi vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotgan va Afg‘onistonda Tolibonga qarshi kurash uchun jamoat fronti tashkil qilish taklif qilindi. Vaziyat tobora halokatli tus olib borar ekan, Toxar, Bog‘lon, Jauzjan, Sari-Pul, Farob, Qunduz, Balx, Parvon, Qandagar va Bagdis viloyatlarida ko‘ngilliar otradlaridan “xalq lashkarlari” tashkil qilinmoqda. NATO tomonidan o‘qitilgan va qurollangan hukumat armiyasi yenga olmagan jangarilarga qarshi yaxshi qurollanmagan ko‘ngillilar nima qila olishi mumkin?
Toliblar tomonidan egallab olingan "Sherxan-Bandar" o‘tish-nazorat punkti – Tojkiston va Afg‘oniston savdosi uchun – juda muhim joy edi. U orqali Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga yo‘naltirilayotgan tovarlarning aksariyati olib o‘tilar edi. Bu bilan Tolibon istasa-istamasa Afg‘oniston tashqarisida xalqaro munosabatlarga ta’sir qilmoqda. Tojikiston chegaralarni mustahkamlab, o‘z hududida o‘n minglab afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor.

Markaziy Osiyo vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda

AQSh Harbiy kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi (javobgarlik hududiga Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo kiradi) xabariga ko‘ra, 10-iyulga qadar amerikalik harbiylarni Afg‘onistondan olib chiqish 50%ga yakunlanadi.
BMTning Afg‘onistondagi vakili Debora Layons haligacha afg‘onlararo urushni tinchlik yo‘li bilan hal qilib bo‘lishiga ishonmoqda. Lekin tolibonning viloyat markazlarini “qamal qilish” va ularga hujum qilishga tayyorlik taktikasi— xorijiy qo‘shinlar olib chiqilganidan so‘ng voqealar eng qaqshatgich ssenariy bo‘yicha rivojlanishiga shubha qoldirmayapti. Qo‘shni davlatlar kuch va mablag‘larini ushbu xavflarni bartaraf etishga sarflashga majbur.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Dushanbeda 22-iyun kuni bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik hamkasabalari bilan Afg‘onistonga doir xavfsizlik masalalarini, va unga KXShT va ShHT doirasida hamkorlik rejalarini muhokama qildi. Biroz oldin Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu uchrashgan edi.
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi
Uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston va Rossiya mudofaa muassasalari 2021-2025 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik rejasini imzolashgan edi.
Muzokaralarda ishtiork etgan tomonlarning vakolat darajasi – afg‘on muammosi jiddiy ekanidan va Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaning MDH hududida terrorchilikning har qanday shaklini cheklashga kirishishga tayyor ekanidan darak beradi.
Rossiya Afg‘onistonda vaziyat har qanday rivojlanishiga tayor, jumladan fuqaro urushining yangi bosqichi boshlanshiga va terrorchi guruhlarning shimoliy hududlarga intervensiya qilishga urinishiga ham. KXShT o‘z a’zolarining mudofaa imkoniyatlarini oshirish uchun barchi kerakli ishlarni amalga oshiradi. Undan tashqari, Afg‘oniston bilan chegaradosh barcha davlatlar, Jumladan Pokiston va Eron a’zo bo‘lgan ShHT tashkilotini ham ushbu muzokaralarga jalb qilish kerak.
Rossiya mudofaa vaziri Shoygu 23-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Xalqaro xavfsizlik anjumanida, Islomobod va Tehron bilan hamkorlik qilmasdan “afg‘on tuguni”ni yechishning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Deja-vyu

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Moxammad Xanif Atmar 22-iyun kuni BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida “Ikki haftadan so‘ng xorijiy qo‘shinlar chiqariladi va xalqaro hamjamiyat Doxada imzolangan shartnomaning birorta ham bo‘limini bajarmaganini ko‘radi”, - degan edi. Aslida bu ko‘pchillik uchun sir emas.
Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Tojikistonda Afg‘oniston bilan chegaraga oid favqulodda yig‘ilish o‘tkazildi
Pentagon va NATO Afg‘onistonda vaziyat allaqachon qo‘ldan boy bergan va o‘zlarining shosha-pisha qochib qolishayotganini “qulay izohlar” bilan ifodalashmoqda. Ayrim doiralarda AQShqo‘shinlarining olib chiqilishi G‘arbning geosiyosis raqibi bo‘lgan – ayrim Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya uchun tuzoqqa aylanadi – kabi fikrlar juda ommaviy. Eslatib o‘tamiz Afg‘oniston - Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Pokiston, Xitoy, Eron, va Hindiston bilan chegaradosh. Ushbu mamlakatlarning barchasi radikal islom hukm surayotgan Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgani sababli, xavfsizlikni tushish ehtimoli bor. Vashingtonga aynan shu kerak. Lekin bir vaqtning o‘zida Pentagon Markaziy Osiyo hududida “zahira aerodrom” qidirayotgani, AQSh uchun Afg‘onistonni tark etish bu - majburiy chora ekanidan darak beradi.
Amerikaga xayrixoh bo‘lgan, Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Associated Press agentligiga 21-iyun kuni bergan intervyusida AQSh va NATO Afg‘onistonda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma’lum qildi: “Xalqaro hamjamiyat bu yerga 20-yil oldin ekstremizmga qarshi kurash va barqarorlikni ta’minlash maqsadida kelgan edi. Lekin hozir ekstremizm bu yerda – cho‘qqisiga chiqqan, koalitsiya kuchlari esa mamlakatni “sharmandalik va halokat” ichida qoldirib ketishmoqda.
20yillik jangovar harakatlar davomida Tolibon* AQShni tinchlikka majburladi. Ehtimol yaqin vaqt ichidan toliblar Afg‘onistondan tashqarida ham hukumronlik qilishni istab qolar. Ma’lumot uchun, ular “Islomiy davlat” loyihasidan voz kechishmayapti. Afg‘onistonda boshq xil buzg‘unchi kuchlar ham bor – “Al-Qoida "*, ID* va yana 30ga yaqin terrorchi guruhlar.
Eslatib o‘tamiz, tolibon Afg‘onistonda hukumatni 1996-yilda jang bilan qo‘lga kiritgan va shundan so‘ng mamlakatda qattiqqo‘l shariat qonunlarini joriy etgan edi. Qatl qilish, qo‘l oyog‘ini kesish va boshqa jazolar omma oldida amalga oshirish joriy etilgan edi. Shuningdek kino, televideniyeni ta’qiqlash, erkaklarga soqol qo‘yish, ayollarga paranji kiyish va boshqalar.
Bivshie boyeviki Talibana nesut svoe orujie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2020
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda
Undan tashqari, tolibon Al-Qoida yetakchisini o‘z himoyasiga olgan edi. Oradan besh yil o‘tib AQSh va NATO ularni siqib chiqardi.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin aytishiga ko‘ra, Al-Qoida Afg‘onistonga o‘z ta’sirini NATO qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng 2-yil o‘tib tiklab olishi mumkin. Shundan so‘ng u AQSh va uning ittifoqchilariga xavf tug‘dira boshlaydi. Ana shunda afg‘on tarixining so‘nggi 25-yilligi yana qayta takrorlanishi mumkin. “Xalifat”ning siyosiy iqtisodiy va jangovar mustahkamligi uchun qo‘shni davlatlarning yangi kuch va resurslari kerak bo‘lishi mumkin.
* - Rosssiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0