Turizm

Turizmni birgalikda rivojlantiraylik - Qozogʻiston va Qirgʻiziston takliflari

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran v Kokande
Vstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran v Kokande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turkiy tilli davlatlar orasida birgalikda sayyohlik dasturlari va umumiy turistik xarita tuzish – Qozogʻiston va Qirgʻiziston takliflari.
TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Bugun Qoʻqonda boʻlib oʻtayotgan turkiy tilli davlatlarning turizm vazirlari kengashida Qozogʻiston va Qirgʻiziston turizm sohasi vazirlari birgalikda turistik yoʻnalishlarni rivojlantirish va turizmni targʻib etishni taklif qilishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Xususan Qozogʻiston madaniyat va sport vaziri A. Raimqulova “Buyuk Ipak yoʻli” yoʻnalishi boʻyicha birgalikda turistik mahsulotlar ishlab chiqish, hamkorlikning asosiy yoʻnalishi boʻlishi mumkinligini alohida aytib oʻtdi.
1.
Xususan, Oʻzbekiston bilan birgalikda ishlab chiqilgan, “Olma – Ota – Taraz – Chimkent – Turkiston – Toshken – Samarqand – Buxoro – Xiva” turistik yoʻnalishi misol qilib koʻrsatildi.
2.
Undan tashqari, ikki davlat turoperatorlarini birgalikda ishlash uchun faol jalb qilish;
3.
Shuningdek, turkiy tilli davlatlar orasida “Yashil koridorni” kengaytirish va vizasiz davlatlar sonini oshirish;
4.
YUNESKO va YEIning qoʻshma loyihasi “Afgʻoniston, Markaziy Osiyo va Eronda Ipak Yoʻli meʼrosi” loyihasida faol ishtirok etishga taklif qildi.
Vstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi
Qirgʻiziston iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari S.M. Rыsaliyev щz navbatida quyidagilarni taklif etdi:
Turk dunyosining turistik xaritasini tuzish va unda turkiy tilli davlatlarning badavlat madaniy meʼrosini aks ettirish;
Qirgʻiz brendi – “Umumjahon koʻchmanchilar oʻyinlari” potentsialidan turkiy tilli davlatlarda turizmni rivojlantirish uchun foydalanish. 2022 yilda Turkiyada boʻlb oʻtadigan 4-Koʻchmanchilar oʻyinlari turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiradi;
Oʻzbekistonning, ziyorat turizmi tashabbusini qoʻllab-quvvatlash, birgalikda qoʻshma dasturlar ishlab chiqish;
Buyuk Ipak yoʻli boʻylab turizmni rivojlantirish. Qirgʻiziston hududida Oʻsh, Uzgen, Jalol-Obod, Toʻqmoq, Bishkek, Talas va boshqa tarixiy shaharlar ushbu yoʻl boʻyida boʻlgan;
Turkiy tilli davlatlar hududida yangi temir yoʻllar qurish, jumladan "Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy" temir yoʻlini;
Turkiy tilli davlatlar orasida turli transport aloqalarini rivojlantirish, yoʻl boʻyi infratuzilma obʼyektlarini qurish;
Dvorets Xudoyar xana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
Qoʻqon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Maʼlumot uchun, Qoʻqonda 23-24 iyun kunlari “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm sohasi vazirlari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala