Jamiyat

Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsina juda xavfli ekani haqidagi mish-mishlar asossiz – Otabekov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Nurmat Otabekov ayrimlarning vaktsinalarni zararli deyishiga hech qanday asosli fikri yoʻqligi va ularning gap-soʻzlari quruq safsatadan boshqa narsa emasligini aytdi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonga olib kelinayotgan koronavirusga qarshi vaktsinalar inson organizmi uchun zararli ekani, ayniqsa, Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsina juda xavfliligi toʻgʻrisida turli xabarlar tarqalmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov bu xabarlarni rad etdi.
Shprits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Jamiyat
Koronavirusga qarshi har 6 oyda emlanish lozim - infektsionist
Uning soʻzlariga koʻra, aksariyat mamlakatlar qatori Oʻzbekistonda ham aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari boshlangach, ijtimoiy tarmoqlar hamda aholi orasida turli asossiz va hech qanday mantiq va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan mish-mish va yolgʻon xabarlar tarqalishi avj olgan.
Ayniqsa, Oʻzbekistondagi emlash tadbirlarida mutlaqo ishtirok etmagan va mamlakatga olib kelingan vaktsinalar haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlmagan ayrim vatandoshlarning chet elda turib, xalq orasida vaktsinaga nisbatan ishonchsizlik uygʻotib, inson organizmiga taʼsirlari haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatmoqda.
“Aslida bunday odamlarning vaktsinalarni zararli deyishiga hech qanday asosli fikri yoʻq va ularning gap-soʻzlari quruq safsatadan boshqa narsa emas. Boisi, ular ushbu vaktsinalarni ishlab chiqarish va sinov jarayonlarida, qolaversa, yurtimizdagi emlash tadbirlarida ishtirok etmagan”, - dedi Otabekov.
U Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan “ZF-UZ-VAC 2001” vaktsinasining 3 dozasi bilan emlangan fuqaro sifatida mamlakatga olib kelinayotgan barcha vaktsinalar qatorida ushbu vositaning ham sifati va samaradorligi mutaxassislar tomonidan toʻliq isbotlanganini bildirdi.
“Qolaversa, sogʻlom fikr bilan oʻylasak, bugun vaktsinadan boshqa ushbu kasallikni yenga oladigan birorta ham samarali vosita koʻrinmayapti. Yaʼni kasallarni roʻyxatga olish, bemorlarni shifoxonalarga yotqizish va davolash bilangina bu xastalikni yenga olmaymiz. “COVID-19” infektsiyasini oldini olish uchun esa jamoaviy immunitet kerak. Jamoaviy immunitet faqat ikki yoʻl – ommaviy kasallanish va emlanish bilangina shakllanadi”, - deya taʼkidladi mutaxassis.
Maʼlumki, bugun dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatori Oʻzbekistonda ham 18 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarni “COVID-19”ga qarshi ommaviy emlash uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ayni paytga qadar mamlakatga 7,4 million doza vaktsina olib kelindi. 3,5 million nafardan ortiq fuqaro esa kovidga qarshi emlandi.
“Shunday ekan, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasligimiz, aksincha barchamiz davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz lozim. Zero, bu oʻzimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun juda muhim”, - deya xulosa qildi Otabekov.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Siyosat
Mirziyoyev administratsiyasi xodimlari COVIDga qarshi emlanganmi - Sherzod Asadov javobi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala