Jamiyat

Karantin va vaktsina: Rossiyada xorijlik talabalar oʻqishi qanday tashkil qilinadi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishStudentы
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Rossiya xorijiy talabalar oʻz vatanida olgan har qanday vaktsinani tan oladi, emlanmagan talabalarga esa - darhol vaktsina olish taklif qilinadi.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Mariya Naumenko. Pandemiya sharoitida Rossiyada xorijiy talabalar qanday oʻqitiladi, masofaviy taʼlim saqlanib qoladimi, Rossiyaga kirib kelish uchun qanday vaktsina bilan emlash talab qilinadi –Sputnik maqolasida ushbu savollarga javoblar bilan tanishing.
Rossiya xorijiy talabalar oʻz vatanida olgan har qanday vaktsinani tan oladi. Undan tashqari xorijiy talabalar Rossiyaga kirib kelgan zahotiyoq ularni vaktsinalash tashkil qilinadi. Tibbiy yoki boshqa sabablarga koʻra, emlashning imkoni boʻlmagan talabalar uchun alohida oʻquv rejasi ishlab chiqariladi. Bu haqida “Rossotrudnichestvo” va “Jamoatchilik palatasi” vakillari "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida boʻlib oʻtgan onlayn matbuot anjumanida hikoya qilib berishdi.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Rossiya
Rossiyada xorijlik talabalar hayoti yengillashtiriladi
Rossiya OTMlari kovidga qarshi har qanday vaktsina bilan emlangan talabalarni qabul qilishga tayyor, dedi “Rossotrudnichestvo” rahbari oʻrinbosari Pavel Shevtsov.
“Preparatlar borasida, OTMlarda umumiy yondashuv boʻladi. Oʻylashimcha, biz barcha vaktsinalarni qabul qilamiz”, - dedi Shevtsov.
Shevtsov aytishiga koʻra, ayni damda Rossotrudnichestvo Rossiya Taʼlim vazirligi bilan birgalikda xorijiy talabalar mamlakatga kirishiga ruxsat olish uchun Hukumat komissiyasini qoniqtiradigan yondashuv ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
“Buning ichiga ham vaktsinatsiya ham karantin choralari koʻrib chiqilmoqda. Universitetlar xorijiy talabalar uchun karantinni oʻtash qulay boʻlgan maxsus binolar ajratishga ham tayyor. Aksariyat talabalarni mamlakatga kiritish uchun konsensus topiladi deb umid qilaman”,- deydi Shevtsov.
Aksariyat oliygohlar vaktsina olishdan voz kechgan talabalarni shaxsiy reja boʻyicha onlayn oʻquv jarayoniga oʻtkazadi, deydi Jamoatchilik palatasi vakili MGIMOning boshqaruv va siyosat fakulteti dekani Genri Sardaryan.
“Antitanachalari va emlashdan voz kechish uchun tibbiy sababi boʻlmagan, yaʼni shunchaki vaktsina olishni istamaydigan talabalar kunduzgi boʻlim darslariga kiritilmaydi. Ular uchun nafaqat masofaviy taʼlim shakli, balkim individual ish rejasi kiritiladi. Bu ularga alohida talablar qoʻyadi degani”, - dedi Sardaryan.
MGIMO vakilining soʻzlariga koʻra, talabalar va xodimlarni emlash – koʻngilli asosdan qolmoqda, leksin busiz odatiy hayot tarziga qaytishning imkoni yoʻq.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiya
Turar joy, yoʻl, stipendiya – xorijlik talabalar uchun Rossiya grantlari
Aksariyat OTMlarda bir talabada kasallik aniqlansa, butun guruh akademik taʼtilga chiqish tartibi belgilangan. “Oʻquv-mashgʻulotlari esa ikki haftaga tezlik bilan masofaviy shaklga oʻtkaziladi”.
“Kunduzga va masofaviy oʻquv shakllari orasida bunday “sakrashlar” taʼlim samaradorligi pasaymasligi uchun qilinmoqda, lekin kunduzgi formatga koʻra bunday oʻqishning samaradorligi past alabatta”, - deydi Sardaryan.
Jamoatchilik palatasi aksariyat OTMlar orasida oʻtkazga soʻrovga koʻra, aksariyat xorijiy talabalarni kunduzgi taʼlim darslariga kirishga ruxsat berish tarafdori. Anketa soʻrovlarida MGIMO, Iqtisodiyot Oliy maktabi, Ural Federal universiteti, Boltiq federal universiteti, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti, Moliya universiteti va MDU ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala