Iqtisod

Mirziyoyev davlat xaridlari tizimiga oid qarorni imzoladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishOplata JKX
Oplata JKX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Oʻzbekistonda davlat xaridlari tizimi takomillashtiriladi.
TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2020
Iqtisod
Mirziyoyev: balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib boʻlmaydi
2021 yil 5 iyuldan tegishli (24 ta) korporativ buyurtmachilar:
- davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlar va davlat xaridlari natijalari toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portali hamda OAVda joylashtiradi;
- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati BHMning 25 ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritadi.
- Shuningdek, mazkur korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Hukumat qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.
Ekran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Iqtisod
Yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi – asosiy oʻzgarishlar
Qarorga koʻra:
- yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi;
- ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi.
Karor bilan Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala