Kolumnistlar

Afgʻonistonda tolibon kuchaymoqda – AQShning bunga nima aloqasi bor?

© AFP / HOANG DINH NAMBoyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
AQSH qoʻshinlarini olib chiqish bilan bir vaqtda tolibon qoʻlida amerikada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali qurol-aslaha soni keskin oshmoqda.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Soʻnggi bir necha kun ichida Tolibon* yuzlab harbiy texnika va tonnalab qurol-aslahani qoʻlga kiritdi. Natijada AQSH tolibonga nafaqat yutqazdi, balkim jangari guruhlarni qurol-aslaha bilan jihozlash amaliyotini davom etayotganini koʻrish mumkin.
AQSH va NATO qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etar ekan, Tolibon* amerikada ishlab chiqilgan yuqori texnologiyali zamonaviy qurol aslaha bilan oʻz jangovar qudratini oshirmoqda.
NATO qoʻshinlarini Afgʻonistondan toʻliq olib chiqish Avgust oyiga belgilangan boʻlsa-da, ular qoʻqqiqsdan iyulda Afgʻonistonni tark etishi ham mumkin. Gʻarbiy qoʻshinlar soni kamayishi bilan bir vaqtda tolibon faolligi oshmoqda, afgʻon hukumati qoʻshinlarining imkoniyatlari esa tobora cheklanmoqda. NATO standartlari asosida yaratilgan Afgʻoniston milliy harbiy kuchlari jangovar qobiliyatini yoʻqotishi va tarqab ketishi kuzatilmoqda.
Tadjikskiye pogranichniki na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Dunyoda
Tojikiston Afgʻoniston bilan chegarani qoʻriqlashni kuchaytirdi
Tolibon esa, kun ora oʻljalar sonini oshirmoqda. Ular ikki hafta ichida hukumat qoʻshinlariga tegishli boʻlgan 715ta “Xammer”lar va boshqa harbiy texnikani egallab olishdi. Ushbu maʼlumotlar tolibonga yuzlab harbiy texniki topshirayotgan afgʻon harbiylari aks etgan fotosuratlar bilan tasdiqlanadi.
Aynan shunday voqealar biroz oldin Iroqda sodir boʻlgan edi, faqat u yerda tolibon rolini ID* ijro etgandi.
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya orasida ikki va koʻp tomonlama muzokaralarning faollashuviga olib keldi. Dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston shimolidagi vaziyatni telefon orqali muhokama qilishdi. Biroz oldin ana shunday suhbat Tojikiston rahbari bilan ham boʻlib oʻtgan edi. Rossiya Tojikistonni ham ikki tomonlama ham KXSHT doirasida qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Tojikiston 5 iyul kuni janubiy chegaralarni mustahkamlash maqsadida 20 ming harbiylarni mobilizatsiya qildi. Eron va Pokiston ham Afgʻonistondagi vaziyat borasida oʻz xavotirlarini bildirishdi.
"Bagram" yashirin operatsiyasi
Amerikaliklar tark etganidan soʻng Afgʻoniston taqdiri qanday boʻlishi, juda nomaʼlum masala boʻlib qolmoqda. AQSH Afgʻonistonda qoldirib ketayotgan qurol-yarogʻ zahirasi Janubiy va Markaziy Osiyoda notinchlik tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin. Amerika tomonidan tayinlangan Afgʻoniston hukumati qulasa ham tolibon tinchlikni taʼminlay olmasligi aniq. Chunki ularga alohida hududlarda xalq koʻngilli kuchlari qarshilik koʻrsatishda davom etadi.
Kamilov obsudil so spetspredstavitelem SSHA resheniye afganskogo konflikta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Siyosat
Kamilov AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan muzokara oʻtkazdi
Undan tashqari, Islomiy davlat* terrorchi guruhi Tolibonga qarshi jangga kirishishi mumkin. Ushbu tashkilot ham Afgʻonistonning shimoliy hududlarida uzoq vaqtdan buyon tomir otgan.
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani, Vashingtonga 25 iyun kuni boʻlib oʻtgan tashrifi davomida amerikalik ittifoqdoshlarini hech boʻlmasa sentyabrgacha Bagram aviabazaisdan turib afgʻon qoʻshinlariga yordam berib turishlarini oʻtinib soʻragan edi.
AQSH va NATO aviatsiyasi tolibon bilan kurashda afgʻon harbiylariga jiddiy yordam berib turgan edi. Lekin AQSH askarlari Bagramni kutilmaganda 2 iyul kuni tark etishdi. Bu haqida hech kim, hatto mahaliy hukumat vakillari ham ogohlantirishsiz qoldi. Shundan soʻng oʻnlab mahalliy marodyorlar AQSH harbiy bazasiga kirib, qoʻliga ilingan narsalarni olib chiqib ketishdi. Keyin esa afgʻon harbiylari bazaga yetib kelishdi.
Bagram harbiy bazasi soʻnggi 20 yil davomida AQSH harbiy havo kuchlarining operatsion markazi vazifasini bajarib kelayotgan edi. Bu yerda 77 kv.km. hududda 100 mingga yaqin amerikalik askarlar va aviatsiya boʻlinmalari joylashtirilgan edi. Bagram aerodromining uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 4km boʻlib u har qanday samolyotlarni qabul qilish imkonini beradi. Harbiy baza hududida 110dan ortiq bino inshootlar qurilgan boʻlib harbiylar qulayligi uchun barcha kerakli infratuzilma yaratilgan.
Ayni damda Bagamda qoʻmondonlik qilayotgan afgʻon zobiti Mir-Assadulla Koxistani aytishiga koʻra, amerikaliklar harbiy bazani tark etish vaqti haqida ogohlantirishmagan, hech qanday xayrlashuv marosimlari oʻtkazilmagan. Faqat tunda harbiy bazada chiroqlar birdan oʻchirilgan va AQShning eng soʻnggi harbiy-transport samolyoti C-17A Globemaster bazani tark etgan.
Amerikalik uchuvchisiz apparatlar tolibon pozitsiyalariga eng soʻnggi zarbani 25 iyun kuni bergan. Oʻshanda 35 nafar tolibon jangarilari yoʻq qilingan edi. Amerikalilar ketganidan soʻng Tolibon* AQSH va NATO kuchlaridan xavotir olmasdan hukumat qoʻshinlariga hujum qilishi mumkin. Bugungi qadar ular 34 provintsiyada hukumat qoʻshinlari pozitsiyalariga hujum qilib, Qobul atrofidagi halqani siqib kelishmoqda. Faqat bir kun ichida, (1 iyul) Badaxshon va Baglanda 23 nafar afgʻon askaralari va xalq koʻngilli kuchlari vakillari yoʻq qilindi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani iyulda Toshkentga keladi
Tolibon oʻz qoʻli ostidagi hududlar kengayayotganini ochiq oydin xabar qilmoqda va OAVda keltirilayotgan hukumat bilan sulh tuzish haqidagi xabarlarni inkor etib kelmoqda. Amerika va Britaniyaning Qatar va Kiprdan turib tolibonga zarba berish toʻgʻrisidagi deklaratsiyalari, unchalik ishonchli tuyulmaydi, chunki uzoq masofadan turib olib borilayotgan urushda “vaqt va masofa” doimo tolibon tarafida boʻladi. AIRdan qoʻshinlarni olib chiqishdan oldin Pentagon Qatardagi Al-Udeyd aviabazasida V-52 bombardimonchi samolyotlarini hamda Fors koʻrfazida “Eyzenxauyer” aviatashuvchisini joylashtirgan edi, lekin u yerdan Afgʻonistongacha 4 soat parvoz qilish kerak.
Pentagonning “ufq orti” rejalari
AQSH Tolibonning buzgʻunchi rejalari va ID*ning “Xuroson boʻlinmasi” Afgʻoniston uchun jiddiy xavf tugʻdirayotganidan juda yaxshi xabardor. Shu bilan birga, Amerika harbiy qoʻmondonligi Afgʻoniston hukumatini *ufq ortidan* turib qoʻllab-quvvatlashda davom etishini maʼlum qilmoqda. Pentagon rejasiga koʻra, AQSH “yaqinroqdan joy topmaguniga qadar” MQ-9 Reaper zarba beruvchi dronlar missiyasi Fors koʻrfazidan boshlanib turadi.
Amerika mudofaa vaziri Lloyd Djeyms Ostin Oʻzbekiston va Tojikistan mudofaa vazirlari bilan uchrashuvlaridan xulosa qilganda, ushbu “yaqin joy” ushbu ikki davlat hududidan biri boʻlishi mumkin. Qozogʻistonda boʻlish ehtimoli juda kam, lekin bu davlatga ham AQSH rasmiylarining tashriflari soni oshgan.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Dunyoda
Rossiya KXSHT boʻyicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov
Amerika aviabazasi Oʻzbekiston yoki Tojikiston hududida joylashtirilgan taqdirda, KXSHTning bunga munosabatini hisobga olmaganda ham, ushbu obʼyektlar darhol tolibon nishoniga aylanadi va ularning hujumi uchun asos yaratadi.
Shunday qilib, Pentagon rejalarini amalga oshirish – afgʻon urushini toʻgʻridan-toʻgʻri Markaziy Osiyoga koʻchirishni anglatadi. Bu esa tinch aholi uchun misli koʻrilmagan azoblar-uqubatlar, Rossiya va KXSHT qoʻshinlarini tolibon, ID va Al-Qoida bilan janglarga jalb etishga olib keladi. Umuman olganda, Vashingtonni mahalliy aholi muammolari hech qachon qiziqtirmagan.
Eslatib oʻtamiz, demokratik Afgʻoniston 1970 yillardan hududning eng iqtisodiy rivojlangan davlatlaridan biri edi. Gʻarb qoʻllab-quvvatlashi, Pokistonning buzgʻunchi taʼsiri hamda arab islom radikal harakatlari 1979 yildan boshlab uzuluksiz fuqaro urushiga va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yemirilishiga olib keldi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi guruhlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala