Siyosat

Saidov BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari oʻrinbosari Jilian Triggs bilan uchrashdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishSiriyskiye bejentsы
Siriyskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bogʻliq masalalarni hal etishda amaliy koʻmak berishga tayyorligini tasdiqladi.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi Jenevada BMT Bosh kotibining oʻrinbosari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.
"7 iyul kuni Jenevada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi bilan BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissarining oʻrinbosari Jilian Triggs oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi bilan BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
Afganskiye voyennыe, pereshedshiye granitsu s Tadjikistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Video
Tojikiston afgʻon qochoqlarini qabul qilyapti – video
Muloqot ishtirokchilari Oʻzbekiston bilan BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladilar.
Keyingi yillarda BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi bilan oʻzaro munosabatlar ayniqsa faollashdi.
Xususan, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi tomonidan 2021 yil boʻyicha Qoʻshma ish rejasi ishlab chiqildi va ushbu reja muvaffaqiyat bilan bajarilmoqda.
Tadjiksko-afganskaya granitsa  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Bir yarim mingdan ortiq afgʻon harbiysi Tojikiston hududiga qochib oʻtdi
Mazkur hujjat doirasida birgalikda milliy va mintaqaviy miqyoslarda seminar va oʻquv treninglari oʻtkazildi. Shuningdek, fuqarosizlik va qochoqlar masalalariga oid xalqaro normativ-huquqiy amaliyotni milliy huquqni qoʻllash amaliyotiga tatbiq etish boʻyicha oʻqituvchilar uchun modullar ishlab chiqildi.
Jilian Triggs uchrashuv asnosida prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekistonda fuqarosizlikni kamaytirish sohasida muhim natijalarga erishilganini eʼtirof etdi.
Bundan tashqari u BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bogʻliq masalalarni, xususan, BMTning 1961 yilgi tegishli Konventsiyasining ratifikatsiya qilinishi orqali hal etishda amaliy koʻmak berishga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli bir qancha masalalar boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala